“Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2784-1-son)
10.02.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 10-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2784-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 14-apreldagi 01-02/15-23-son “Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2784, 2016-yil 10-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 19-son, 215-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 26-dekabr,
01-02/15-72-son
