Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda pudrat savdolari (tendyerlar)ni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida (114-son)
28.02.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kapital qurilishda bozor oʻzaro munosabatlarini joriy etishni jadallashtirish, obyektlar qurilishi muddatlarini qisqartirish, sifatini yaxshilash va qiymatini pasaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi pudrat savdolarini tashkil etish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi respublika boshqarmasini va viloyat markazlaridagi uning filiallarini bir oy muddatda tashkil etsin.
Pudrat savdolari (tendyerlar)ni tashkil etish boʻyicha Respublika boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida savdolar oʻtkazish boʻyicha uslubiy rahbarlikni amalga oshirish va koʻrsatmalar berish yuklansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 28-fevral,
114-son
