Oʻzbekiston Respublikasida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4592-son)
10.02.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
2019 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida aholiga qulay va sifatli birlamchi tibbiy-sanitariya, tez tibbiy yordam hamda ixtisoslashtirilgan yordam koʻrsatishda qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, gematologik, onkogematologik va boshqa davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish, ushbu kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish va ularni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish bugungi kunda aholi salomatligini muhofaza qilishning dolzarb masalalaridan biri boʻlib qolmoqda.
Aholiga gematologik yordam koʻrsatishni yangi bosqichga koʻtarish, kasalliklarning oldini olish va erta aniqlash tizimini yanada rivojlantirish, sohaga ilgʻor tashxis usullarini joriy etish va gematologik kasalliklarni davolashda transplantatsiya usulini rivojlantirish, gematologiya va transfuziologiya xizmatlarining moddiy-texnik bazasi hamda kadrlar salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan shaxslarni davolashni moliyaviy tomondan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish maqsadida:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
gematologik kasalliklarga tashxis qoʻyish uchun tibbiyot muassasalarining laboratoriyalarini reagentlar bilan taʼminlanganlik darajasini 7,5 barobarga oshirish;
respublika va hududiy tibbiyot muassasalarining gematologik kasalliklarini davolash uchun zarur boʻlgan dori vositalari bilan taʼminlanganlik darajasini 2020-yilda 6 barobarga va keyingi yillarda bosqichma-bosqich oshirib borish;
miyeloma va limfoma kasalligiga chalingan bemorlarda autologik oʻzak hujayralari transplantatsiyasini oʻtkazish;
transfuziologiya (qon bilan ishlash) xizmati moddiy-texnika bazasini yaxshilash, qon komponentlari va preparatlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda xavfsizligini taʼminlash, aholi oʻrtasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish.
Dasturga muvofiq gematologiya xizmatini rivojlantirish uchun 546,5 mlrd soʻm va 70,7 mln AQSH dollari ajratilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Gematologiya va transfuziologiya xizmatlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab va keyingi besh oʻquv yili davomida “Gematologiya va transfuziologiya” mutaxassisligi yoʻnalishi boʻyicha magistratura va klinik ordinaturada kadrlarni davlat grantlari asosida tayyorlash;
hududiy tibbiyot muassasalarining gematolog va laborant shifokorlarini asosiy ish joylarida oylik maoshi saqlab qolgan holda respublikaning yetakchi tibbiyot muassasalarida stajirovka oʻtishi va malaka oshirishini tashkil etish;
gematologiya yoʻnalishi boʻyicha kadrlarni xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalarning klinik ordinatura (rezidentura), magistratura va doktorantura bosqichlarida tayyorlash.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining:
Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti negizida Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz);
Buxoro, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari kattalar va bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan oʻrin-joylar sonini oshirish hisobiga gematologiya boʻlimlarining kattalar va bolalar uchun moʻljallangan oʻrin-joylarini mos ravishda 20 — 30 taga yetkazish hamda Toshkent shahridagi tegishli tibbiyot muassasasida 20 — 30 oʻrinli kattalar boʻlimini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
a) Markaz:
Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutining barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot tashkilotlarining gematologiya boʻlimlari faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qiladi;
b) 2020-yil 1-apreldan boshlab Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining faoliyatini yuritish bilan bogʻliq amaldagi tartib tatbiq etiladi.
5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Hududgaztaʼminot” AJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Toshkent shahar hokimligining “Hududgaztaʼminot” AJ Chilonzor tuman gaz taʼminoti filialining Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 5-mavze, 55 a-uyda joylashgan bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birga Markaz infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Markazga bepul oʻtkazib berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Toshkent shahar hokimligi ikki oy muddatda “Hududgaztaʼminot” AJ Chilonzor tuman gaz taʼminoti filialiga tegishli yer maydoni ajratilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
9. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
2024-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushadigan tamaki mahsulotlari uchun aksiz soligʻi yigʻim summasining 7 foizi;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
10. Belgilansinki:
a) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan tashxis qoʻyiladigan va davolanadigan onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
b) Jamgʻarma mablagʻlaridan:
onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun tegishli tibbiyot muassasalarini qurilish va taʼmirlash, ularga asbob-uskunalar, dori vositalari, tibbiy buyumlar, laboratoriya reaktivlari va boshqa sarflash vositalarini sotib olishda;
onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklar boʻyicha yuqori texnologiyali murakkab operatsiyalarni amalga oshirish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb qilishda;
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida ogʻir kasallikka chalingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning respublikada yoʻlga qoʻyilmagan jarrohlik amaliyotlari boʻyicha xorijiy davlatlardagi jarrohlik operatsiyalari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun;
onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarga respublika hududidagi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining yuqori texnologik tashxis va tibbiy yordam koʻrsatish xizmatlarini xarid qilish xarajatlarini qoplash uchun foydalaniladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Jamgʻarma toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda Jamgʻarma mablagʻlarini sarflashning aniq va shaffof tartibi, uning daromadlari va xarajatlari boʻyicha hisobot berish, oshkoralik va xolislikni taʼminlash masalalarini nazarda tutsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
Markazning tuzilmasi va ustavini;
respublika, viloyat va tuman (shahar) miqyosida koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar hajmi va turi boʻyicha gematologik tibbiy yordam koʻrsatish tartibini;
mutaxassislarning funksional vazifalarini hamda gematolog kabineti va boʻlimini jihozlash standartlarini tasdiqlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining har yilgi parametrlarini shakllantirishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
Jamgʻarmaga belgilangan miqdordagi mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Dasturda koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xalqaro hukumat moliyaviy tashkilotlarining imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlarini jalb qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov — mazkur qarorning oʻz vaqtida sifatli va toʻliq ijro etilishini taʼminlasin, unda koʻrsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun masʼul vazirlik, idoralar va tashkilotlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirsin, ularning bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini har chorakda qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov — mazkur qaror bilan belgilangan tegishli chora-tadbirlarni toʻliq hajmda moliyalashtirilishini taʼminlasin, ajratilayotgan budjet mablagʻlarining samarali foydalanishi ustidan nazorat oʻrnatilishini tashkil qilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov — aholiga gematologik yordam koʻrsatish sifatini yaxshilash, kasalliklar profilaktikasi, erta tashxis qoʻyish va davolash choralarini takomillashtirsin, Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlasin hamda mazkur qaror ijrosi boʻyicha har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari B.M. Nizamov — Markazga yangi bino qurish va mavjud binolarni rekonstruksiya qilish, gematologiya va transfuziologiya xizmatlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani belgilangan muddatlarda va toʻliq hajmda xarid qilish ishlarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin hamda sohaga xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grant mablagʻlarini keng jalb qilsin;
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A.D. Xadjayev — ushbu qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, press-konferensiyalar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-fevral,
PQ-4592-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-fevraldagi PQ-4592-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha
chora-tadbirlar dasturi
T/rChora-tadbirlar nomlanishiAmalga oshirish shakliAmalga oshirish muddatiSummaMoliyalashtirish manbalariMasʼul ijrochilarI. Gematologiya xizmatini rivojlantirish1. Gematologiya xizmati faoliyatini yaxshilash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash1.Gematologik kasalliklarga tashxis qoʻyishning zamonaviy usullarini joriy etish maqsadida:Tashkiliy chora-tadbirlarOʻzbekiston Respublikasi Davlatbudjeti mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov),Moliya vazirligi (Ishmetov)Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash;2020-yil iyun1 612 mln soʻmzarur reagentlar va trombokonsentrat tayyorlash uchun bir marotaba ishlatiladigan sarflov materiallari bilan taʼminlash.2020 — 2024-yillar11 495 mln soʻmshundan:2020-yil1 883 mln soʻm2021-yil2 071 mln soʻm2022-yil2 278 mln soʻm2023-yil2 506 mln soʻm2024-yil2 757 mln soʻm2.Gematologik kasalliklar tashxisi uchun hududiy tibbiyot muassasalari laboratoriyalarini reagentlar bilan taʼminlash.Tashkiliy chora-tadbirlar2020 — 2024-yillar1 316 mln soʻm shundan:Mahalliy budjet mablagʻlariQoraqalpogʻiston RespublikasiVazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi (Ishmetov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)2020-yil215 mln soʻm2021-yil237 mln soʻm2022-yil261 mlnsoʻm2023-yil287 mln soʻm2024-yil316 mln soʻm3.Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini davolash va diagnostika uskunalari (sunʼiy nafas olish apparati, kardiomonitor, infuzomat va boshqalar) bilan jihozlash.Tashkiliy chora-tadbirlar2020-yil4 137 mln soʻmOʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasidaDavlat budjeti mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov),Moliya vazirligi (Ishmetov),Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)5.Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 300 nafar miyeloma yoki limfoma kasalligiga chalingan bemorlarda autologik oʻzak hujayralari transplantatsiyasi amaliyotini oʻtkazish.Tashkiliy chora-tadbirlar2020 — 2024-yillar26 812 mln soʻm shundan:Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov),Moliya vazirligi (Ishmetov)2020-yil4 392 mln soʻm2021-yil4 831 mln soʻm2022-yil5 314 mln soʻm2023-yil5 845 mln soʻm2024-yil6 430 mln soʻm2. Gematologik kasalliklariga chalingan bemorlarni davolash uchun tibbiyot muassasalarini dori vositalari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish6.Oʻtkir va surunkali gemoblastoz kasalligiga chalingan bemorlarni sitostatik, gemostatik, glyukokortikoid va yondosh terapiya uchun zarur boʻlgan dori vositalari bilan taʼminlash.Tashkiliy chora-tadbirlar2020-yil30 000 mln soʻmOnkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalinganshaxslarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari,Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov)2020 — 2024-yillar222 165 mln soʻm shundan:Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari2020-yil36 390 mln soʻm2021-yil40 029 mln soʻm2022-yil44 032 mln soʻm2023-yil48 435 mln soʻm2024-yil53 279 mln soʻm7.Aplastik anemiya va trombotsitopenik purpura kasalligiga chalingan bemorlarni immunodepresant va immunoglobulin dori vositalari bilan taʼminlash.Tashkiliy chora-tadbirlar2020 — 2024-yillar7 735 mln soʻm shundan:Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov)2020-yil1 267 mln soʻm2021-yil1 394 mln soʻm2022-yil1 533 mln soʻm2023-yil1 686 mln soʻm2024-yil1 855 mln soʻm8.Gemofiliya kasalligiga chalingan bemorlarni qon ivish omillari bilan taʼminlash.Tashkiliy chora-tadbirlar2020 — 2024-yillar203 339 mln soʻm shundan:Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov)2020-yil33306 mln soʻm2021-yil36 637 mln soʻm2022-yil40 301 mln soʻm2023-yil44 331 mln soʻm2024-yil48 764 mln soʻm9.Suyak koʻmigi depressiyasi va qon paydo boʻlishi buzilishi bilan kechuvchi qon kasalliklariga chalingan bemorlarni ferment va target dori vositalari bilan davolashni taʼminlash.Tashkiliy chora-tadbirlar2020 — 2024-yillar11 755 mln soʻm shundan:Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov)2020-yil1925 mln soʻm2021-yil2 118 mln soʻm2022-yil2 330 mln soʻm2023-yil2 563 mln soʻm2024-yil2 819 mln soʻm10.GIPAP xalqaro xayriya dasturi doirasida surunkali miyeloleykoz kasalligiga chalingan bemorlarni dori vositalari bilan taʼminlash.Tashkiliy chora-tadbirlar2020-yil26 448 ming AQSH doll.GIPAP xalqaro xayriya dasturi (Shveysariya)Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)2021-yil26 448 ming AQSH doll3. Gematologik kasalliklarni profilaktikasi, erta tashxis qoʻyish va davolash choralarini takomillashtirish11.Gematologiya xizmati faoliyatini tashkil etishning zamonaviy talablari va standartlaridan kelib chiqqan holda gematologiya boʻlimlari (xonalari) faoliyatini tartibga soluvchi idoraviy hujjatlarni, shu jumladan shtat normativlarini xatlovdan oʻtkazish va yangi tahrirda tasdiqlash.Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi2020-yil 1-aprel--Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov)12.Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida statsionar va ambulatoriya sharoitida gematologik kasalliklar turiga koʻra koʻrsatiladigan tibbiy yordam hajmini belgilash.Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi2020-yil 1-may--Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)13.Gematologik kasalliklarning keng qamrovli va shaffof onlayn reyestrini yaratish.Tashkiliy chora-tadbirlar2020-yil100 mln soʻmMarkazning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Moliya vazirligi (Ishmetov)2021-yil110 mln soʻm14.Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyotmarkazlarining onkogematologiya boʻlimlariga bemorlarni yoʻllanma bilan (ordersiz) bepul davolanishini joriy qilish.Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi2020-yil 1-may--Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)II. Transfuziologiya xizmatini rivojlantirish1. Transfuziologiya xizmatini rivojlantirish, qon komponentlari hamda preparatlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish16.Qon bilan ishlash muassasalarini donor qonini toʻplash, qayta ishlash va infeksiyalarga tekshirish uchun zarur sarf vositalari bilan taʼminlash (zarur tibbiy asbob-uskunalar sotib olingandan soʻng moliyalashtiriladi).Tashkiliy chora-tadbirlar2021 — 2024-yillar20 041 mln soʻmshundan:Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov),Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)2021-yil4 318 mln soʻm2022-yil4 750 mln soʻm2023-yil5 225 mln soʻm2024-yil5 748 mln soʻm18.Respublika qon quyish markazining yertoʻla qismi va uchinchi qavatini qon zaxiralari hajmini oshirish va zamonaviy standartlarga mos xolda saqlashni tashkil etish maqsadida kapital taʼmirlash.Tashkiliy chora-tadbirlar2020-yil avgust5 000 mln soʻmOʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)19.Qon va uning komponentlarini hamda preparatlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida GMP talablariga javob beradigan zavod qurish. Bunda:Tashkiliy chora-tadbirlarLoyiha-smeta hujjatlari asosida Xalqaro moliya institutlarining grant va kredit mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov),Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov),Moliya vazirligi (Ishmetov),Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev)loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish;2020-yil sentabrqurilish ishlarini amalga oshirish.2021 — 2023-yillar20.9 ta hududiy va 2 ta davolash muassasalarini (Toshkent tibbiyot akademiyasining Koʻp tarmoqli klinikasi va V. Voxidov nomidagi Xirurgiya RIIATM va uning filiali) qon quyish stansiyalarida lokal kompyuter tarmogʻini yaratish va oʻzaro bogʻlash, qon xizmati axborot tizimini amaliyotga joriy etish.Tashkiliy chora-tadbirlar2020-yil oktabr-Muassasalarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov),viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari21.Qon bilan ishlash muassasalarini kerakli kompyuter texnikasi, shtrix kodlarni oʻqish uchun skanerlar va yopishtiriluvchi etiketkalarni bosib chiqarish uchun maxsus termo printerlar bilan taʼminlash.Tashkiliy chora-tadbirlar2020-yil noyabr964 mln soʻmMuassasalarning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)2. Aholi orasida begʻaraz donorlik faoliyatini rivojlantirish22.Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi muassasalari va oʻquv yurtlarida hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqida begʻaraz donorlikni targʻibot qilish boʻyicha faollar (volontyorlar) harakatini tashkil qilish. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda begʻaraz donorlikni rivojlantirish” mavzusida konferensiya oʻtkazish.Tashkiliy chora-tadbirlar2020-yil iyun-Ijrochilar mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi(Madjidov),Mudofaa vazirligi(Qurbanov),Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi(Saʼdullayev)23.Yoshlar, oʻquv muassasalarining oʻquvchilari va kursantlari orasida hamda Oʻzbekiston “Qizil yarim oy” jamiyati markazlarida begʻaraz donorlik boʻyicha yoshlar harakati va klublarini tashkil qilish.Tashkiliy chora-tadbirlar2020-yil may-Ijrochilar mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi(Madjidov),Mudofaa vazirligi(Qurbanov),Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi(Saʼdullayev)24.Respublika aholisi orasida begʻaraz donorlikni targʻib qilishda oliy oʻquv yurtlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, harbiy qismlar boshliqlari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faol ishtirokini taʼminlash.Maktablarning yuqori sinf oʻquvchilari bilan begʻaraz donorlikni rivojlantirish boʻyicha tushuntirish ishlarini tashkil qilish va eng yaxshi plakatlar, eng yaxshi tashviqot guruhi konkurslarini tashkil qilish.Tashkiliy chora-tadbirlarDoimiy-Ijrochilar mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov),Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi(Saʼdullayev),tegishli vazirlik va idoralar,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarva Toshkent shahar hokimliklari25.Har yili 14-iyun — Butunjahon donorlar kunini nishonlash, faxriy donorlar va donorlikka targʻibot qilish boʻyicha faollarni ragʻbatlantirish. Tashkiliy chora-tadbirlarDoimiy-Ijrochilar mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), oliy taʼlim muassasalari rektorlari,Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi(Saʼdullayev),Oʻzbekiston “Qizil yarim Oy” jamiyati(kelishuv asosida), MTRK(Xadjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari26.Aholi orasida begʻaraz donorlik faoliyatini targʻib qilishga qaratilgan seminar va konferensiyalar, koʻrik tanlovlar, konsertlar va sport musobaqalarini tashkil qilish.Tashkiliy chora-tadbirlarDoimiy-Ijrochilar mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi (Inoyatov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Abduraxmonov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Ikramov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Poyonov),Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari27.Qon topshirish boʻyicha oʻtkazilgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, televizion va radio eshittirishlar turkumini tashkil etish orqali qon donorligi ahamiyatini omma eʼtiboriga yoyish. Tashkiliy chora-tadbirlarDoimiy--Sogʻliqni saqlash vazirligi(Shadmanov),MTRK(Xadjayev),tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish uchun jami xarajatlar — 546 581 mln soʻm va 70 771 ming AQSH dollarishundan:mln soʻmdaming AQSH dollaridaOʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari51 4091shu jumladan, mahalliy budjet mablagʻlari1 316-Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan shaxslarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish respublika jamgʻarmasi mablagʻlari30 000xalqaro tashkilotlar mablagʻlari-70 771
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-fevraldagi PQ-4592-son qaroriga 2-ILOVA
Gematologiya va transfuziologiya xizmatlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash boʻyicha
“Yoʻl xaritasi”
T/r Chora-tadbirlar nomlanishi Amalga oshirish mexanizmi Amalga oshirish muddati Moliyalashtirish manbalari Masʼul ijrochilar 1. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab va keyingi besh oʻquv yili davomida “Gematologiya va transfuziologiya” mutaxassisligi boʻyicha magistratura va klinik ordinaturada (rezidentura) kadrlarni davlat grantlari asosida tayyorlash. 1) Magistratura mutaxassisligi boʻyicha qabulni Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari asosida amalga oshirish. 2) Ordinatura (rezidentura) mutaxassisligi boʻyicha 2020/2021 oʻquv yilida hududiy davlat tibbiyot muassasalari uchun quyidagi maqsadli qabul koʻrsatkichlarini belgilash: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markaziga Toshkent shahri uchun 3 ta va Toshkent viloyati uchun 3 ta, jami 6 ta oʻrin; Toshkent tibbiyot akademiyasiga Surxondaryo viloyati uchun 3 ta va Jizzax viloyati uchun 2 ta, jami 5 ta oʻrin; Andijon davlat tibbiyot institutiga Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlari uchun 2 tadan, jami 6 ta oʻrin; Samarqand davlat tibbiyot institutiga Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari uchun 2 tadan, jami 4 ta oʻrin; Buxoro davlat tibbiyot institutiga Buxoro viloyati uchun 2 ta va Navoiy viloyati uchun 3 ta, jami 5 ta oʻrin; Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga Xorazm viloyati uchun 2 ta oʻrin; Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun 2 ta oʻrin. Izoh: ordinatura (rezidentura) mutaxassisligi boʻyicha keyingi oʻquv yillari uchun qabul koʻrsatkichlari hududiy tibbiyot muassasalarining ehtiyoji asosida belgilanadi. 2020/2021 oʻquv yili Oʻzbekiston Respublikasi budjet mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) 2. Sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻini uchun malakali gematologlarni tayyorlash. Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining ixtisoslashtirish kurslarida gematologlarni tayyorlash. Bunda: Mahalliy budjet mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2020-yilda 186 nafar gematologlarni hududiy sogʻliqni saqlash boshqaruv organlarining buyurtmasiga asosan mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga tayyorlash; 2020-yil keyingi yillarda hududiy davlat tibbiyot muassasalarining ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlash. ehtiyojga asosan 3. Hududiy tibbiyot muassasalari gematolog va laborant shifokorlari malakasini oshirish. Hududiy tibbiyot muassasalari va Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiy markazi oʻrtasida tasdiqlangan reja jadvali asosida malaka oshirish dasturlarini tashkil etish. Bunda, 2020 — 2024-yillar davomida har yili 26 nafar mutaxassislarni asosiy ish joylarida oylik maoshini saqlab qolgan holda Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiy markazida malakasini oshirish. 2020 — 2024-yillar Respublika ixtisoslashti-rilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiy markazining budjetdan tashqari mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) 4. Xorijiy davlatlarning yetakchi tibbiyot, taʼlim va ilmiy muassasalar�da malakali gematologlarni tayyorlash. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi koʻmagida gematologiya yoʻnalishi boʻyicha kadrlarni tanlov asosida xorijiy tibbiyot, taʼlim va ilmiy muassasalarning klinik ordinatura (rezidentura), magistratura va doktorantura bosqichlarida tayyorlash. 2020 — 2024-yillar “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (Bekmuradov) Davlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot kadrlarini yetakchi xorijiy tibbiyot va ilmiy muassasalarga markazlashtirilgan holda yuborish orqali ularning qisqa va uzoq muddatli malakasini oshirish. Bunda 2020-yilda (jami 27 nafar): 1) Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi shifokorlaridan: Germaniyaga — 2 nafar; Turkiyaga — 4 nafar; Belorussiyaga — 2 nafar; Rossiya Federatsiyasiga — 2 nafar. 2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat tibbiyot muassasalari shifokorlaridan: Rossiya Federatsiyasiga — 15 nafar; Belorussiyaga — 2 nafar shifokorlar yuboriladi. 2020-yil Sogʻliqni saqlash vazirligiga markazlashtirilgan tartibda har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) Keyingi yillarda davlat tibbiyot muassasalarining ehtiyojidan kelib chiqib belgilash. 2021 — 2024-yillar 5. Xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish. Gematologiya va transfuziologiya sohasida malakali xorijiy mutaxassislar ishtirokida: mahorat darslari hamda yuqori texnologiyali amaliyotlarni oʻtkazish; gematologik kasalliklarni erta aniqlash, tashxis qoʻyish, davolash va profilaktika usullari boʻyicha seminarlar, konferensiyalar, treninglar hamda vebinarlar oʻtkazish; oʻzaro ilmiy tadqiqotlar olib borish. Doimiy Sogʻliqni saqlash vazirligiga markazlashtirilgan tartibda har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, davlat tibbiyot tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) 6. Hududiy davlat tibbiyot muassasalari, shu jumladan birlamchi boʻgʻin shifokorlari faoliyatini tashkiliy-metodik muvofiqlashtirib borish. Belgilangan reja-jadvallariga asosan hududiy davlat tibbiyot muassasalarida joyiga chiqqan holda: aholining gematologik kasalliklari boʻyicha tibbiy savodxonligini oshirish; gematologik kasalliklarni erta aniqlash va ularni profilaktikasi boʻyicha tibbiyot xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish; gematologik kasalliklarning dispanser nazorati boʻyicha birlamchi boʻgʻin shifokorlariga maʼruzalar va mahorat darslari oʻtkazish; tasdiqlangan klinik davolash protokollar boʻyicha taʼlim beruvchi seminarlar va treninglar oʻtkazish. Doimiy - Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-fevraldagi PQ-4592-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi PQ-3071-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari — tibbiy xizmatlar koʻrsatishning tegishli ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlari boʻyicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlari roʻyxati quyidagi mazmundagi 17-band bilan toʻldirilsin:
“17. Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qarori bilan tasdiqlangan 2018 — 2021-yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash dasturining rus tilidagi matni “Ministerstvo zdravooxraneniya Respubliki Uzbekistan” boʻlimi 5-pozitsiyasining “Naimenovaniye nauchno-issledovatelskogo uchrejdeniya” ustunidagi “Nauchno-issledovatelskiy institut gematologii i perelivaniya krovi” soʻzlari “Respublikanskiy spetsializirovanniy nauchno-prakticheskiy meditsinskiy sentr gematologii” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4310-son qaroriga 5-ilovada:
a) “Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy va ilmiy tibbiyot markazlari, ularning filiallari” bloki quyidagi mazmundagi 18-band bilan toʻldirilsin:
“18. Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”;
b) “Ilmiy-tadqiqot institutlari (ITI)” blokida:
2-band chiqarib tashlansin;
3 — 8-bandlar tegishincha 2 — 7-bandlar deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-sentabrdagi PQ-4440-son qarori bilan tasdiqlangan 2019 — 2024-yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishni tashkil etish chora-tadbirlari dasturining 8-pozitsiyasi “Tadbirlarning nomi” ustunidagi “(Trenaksan)” soʻzi “(VIII, IX qon ivish omillari)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
