Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1458-5-son)
05.02.2020
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 5-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1458-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-son “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2005-yil 25-fevraldagi 59-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1458, 2005-yil 18-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 10-11-son, 86-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor D. SATTAROV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-yanvar,
4-son
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 4-son buyrugʻiga ILOVA
Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 18-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tez buziladigan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish barcha zarur hujjatlar (sinov bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari) taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida amalga oshiriladi.”.
2. 43-bandning birinchi xatboshisidan “sertifikat aslining egasi yoki sertifikatni bergan idora, yoxud notarial idora tomonidan imzo qoʻyib tasdiqlangan va muhrlangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 7-ilova mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga ILOVA
“Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga 7-ILOVA
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2020-y., 10/20/1458-5/0129-son)
