Dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalari yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (53-son)
30.01.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida serhosil va yuqori daromad beradigan qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, moddiy-texnik resurslarni tizimli yetkazib berish orqali ichki isteʼmol va eksport uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish hamda qishloq aholisining moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining takliflarini inobatga olib, quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida bahorgi (ertaki) qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida bahorgi (ertaki) ekinlardan yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida takroriy (oʻrtaki) qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida takroriy (oʻrtaki) ekinlardan yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishning prognoz koʻrsatkichlari 5-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun talab etiladigan urugʻlik, mineral oʻgʻit va yoqilgʻi-moylash materiallari hajmlari va mablagʻlar hisob-kitobi 6-ilovaga muvofiq;
2020-yilda har bir dehqon xoʻjaligida va tomorqa yer uchastkasida yuqori daromad beradigan eksportbop qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish, moddiy-texnik resurslarni yetkazib berish va yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 7-ilovaga muvofiq;
“Tomorqa xizmati” tadbirkorlik subyektlarining reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalari yer uchastkalarida 2020-yil hosili uchun toʻqsonbosti usulida, ekiladigan bahorgi va takroriy qishloq xoʻjaligi ekinlarini mavsum davomida ajratilgan suv limitlari doirasida suvga boʻlgan talabidan kelib chiqib, oʻz vaqtida suv bilan toʻliq taʼminlasin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari — tuman sektorlari va mahalla fuqarolar yigʻinlari kesimida, tuman hokimlari — dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kesimida har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoiti, suv taʼminotini inobatga olgan holda, “bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va mahsulot yetishtirish prognoz koʻrsatkichlarini oʻn kun muddatda tasdiqlasin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi:
tashqi bozor talablari asosida mahallalarning eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirilishini;
“Tomorqa xizmati” tadbirkorlik subyektlariga mahallalarni biriktirgan holda ular tomonidan dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida urugʻlar, koʻchatlar va boshqa zarur moddiy resurslarni belgilangan tartibda yetkazib berilishini;
dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini “Tomorqa xizmati” tadbirkorlik subyektlari tomonidan belgilangan tartibda sotib olish va ularning eksport qilinishini tashkil etsin.
5. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan fermer va dehqon xoʻjaliklariga, tomorqa yer egalariga va “Tomorqa xizmati” MChJlariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish hamda sugʻorish quduqlari qazish ishlari uchun mablagʻ ajratish taklifi 9-ilovaga muvofiq maʼqullasin.
6. Quyidagilar:
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari — ushbu qarorga 1 va 3-ilovalarga muvofiq dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi ekinlari toʻliq ekilishi uchun masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari — 2020-yilda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ushbu qarorga 5-ilovaga muvofiq realizatsiya qilishda, xususan, eksport qilishda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga amaliy yordam koʻrsatsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda 2020-yil hosili uchun bahorgi (ertaki) va takroriy (oʻrtaki) ekinlar ekilishi davrida dehqon xoʻjaliklari yerlaridan foydalanish holatining uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) orqali tanlanma monitoringini tashkil etsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazlarida, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi “Tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi” hamda boshqa ixtisoslashtirilgan kasbga oʻqitish muassasalarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi ikki oy muddatda dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yerlarini rivojlantirish asosida qishloq aholisining daromadlarini oshirish uchun Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan Jahon banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari, zayomlari va grantlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
10. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishning ilgʻor tajribalari va iqtisodiy samaradorligini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-yanvar,
53-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 53-son qaroriga 1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida bahorgi (ertaki) qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish
KOʻRSATKIChLARI
(gektar) T/R Hududlar nomi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari soni Jami ekin maydoni Shundan: Shu jumladan: Shu jumladan: 2020-yil hosili uchun avgust-sentyabr piyozi va sarimsoq piyoz ekinlari Ertaki ekiladigan maydon Jami sabzavot shundan: Jami poliz shundan: Kartoshka Dukkakli ekinlar shundan: Moyli ekinlar shundan: Sholi Boshqa ekinlar pomidor bodring piyoz sarimsoq piyoz sabzi karam gul karam brokolli osh lavlagi bulgʻor qalampir achchiq qalampir baqlajon koʻkatlar salat rukkola va aysberg rediska qovun tarvuz qovoq mosh loviya noʻxot eryongʻoq fasol soya kungaboqar kunjut a b 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 273 802 31 218,4 3 799,8 27 418,6 14 257,8 3 992,3 1 425,8 1 140,6 99,8 998,1 1 140,6 114,1 1 283,2 1 211,9 1 069,3 1 069,3 712,8 3 015,9 452,3 7,6 2 556,0 4 387,0 1 919,2 767,7 1 151,5 685,4 239,9 445,5 137 3 016 2. Andijon 477 374 24 540,0 12 999,9 11 540,1 6 000,6 720,0 600,1 480,1 42,0 420,0 480,1 90,0 24,0 48,0 540,1 510,1 450,0 900,1 300,0 396,0 1 269,4 190,4 152,3 926,7 2 770,0 807,7 169,6 315,0 96,9 226,2 692 3. Buxoro 287 542 39 479,7 4 800,0 34 679,7 16 099,7 6 000,0 1 000,0 2 500,0 2 000,0 1 000,0 300,0 300,0 100,0 500,0 200,0 200,0 1 799,9 99,9 99,9 999,9 649,9 250,0 100,0 4 000,0 2 000,0 435,0 710,0 650,0 5,0 200,0 100,0 20,0 50,0 30,0 11 480 4. Jizzax 178 609 20 281,8 2 600,0 17 681,8 10 324,4 3 119,7 1 448,4 1 431,6 124,3 1 243,0 744,3 102,3 113,3 131,6 176,4 140,7 152,6 1 135,7 111,5 149,0 1 405,7 379,5 463,9 562,3 2 487,0 2 354,1 50,8 727,9 1 193,5 21,3 360,6 1 111 5. Qashqadaryo 462 606 55 964,0 10 800,0 45 164,0 13 335,0 1 990,0 1 865,0 1 230,0 715,0 2 140,0 665,0 40,0 355,0 710,0 535,0 650,0 1 580,0 860,0 7 620,0 1 300,0 3 910,0 2 410,0 3 550,0 6 285,0 800,0 800,0 3 525,0 485,0 675,0 1 620,0 1 395,0 225,0 12 754 6. Navoiy 136 237 11 529,1 7 000,3 4 528,8 2 501,3 578,4 514,5 354,7 357,8 73,5 26,9 47,4 64,1 40,5 55,4 330,8 57,3 518,4 215,3 231,8 71,3 833,0 369,1 163,6 183,7 21,8 307 7. Namangan 372 365 19 896,3 9 000,1 10 896,2 7 082,3 918,8 794,5 577,2 374,4 439,0 506,5 80,9 156,5 295,7 767,6 466,4 224,9 1 068,9 157,4 253,6 114,0 30,5 38,0 45,5 2 956,0 102,0 53,0 29,0 8,0 12,0 4,0 4,0 12 626 8. Samarqand 538 540 61 838,6 15 000,0 46 838,6 24 356,3 3 385,6 2 435,6 2 119,0 1 778,0 1 948,5 121,7 2 192,1 2 070,3 1 826,7 4 871,3 1 607,5 3 747,1 508,7 406,9 2 831,5 8 899,0 3 278,6 491,8 1 147,5 622,9 1 016,4 6 558 9. Surxondaryo 406 582 48 938,9 22 500,0 26 438,9 14 142,1 5 996,3 1 113,6 2 905,2 1 068,0 708,0 212,0 97,0 384,0 201,0 109,0 152,0 1 000,0 54,0 142,0 2 925,7 1 704,5 486,1 735,1 4 230,0 1 850,8 637,0 587,8 501,0 125,0 381,9 272,0 109,9 2 908 10. Sirdaryo 117 428 12 748,8 3 800,0 8 948,8 4 654,3 558,5 465,4 372,3 358,4 372,3 69,7 18,6 37,2 419,2 395,6 349,0 698,2 232,7 307,2 984,0 147,6 118,1 718,3 1 432,0 625,4 337,4 75,0 37,6 175,4 223,8 6,7 181,3 35,8 1 029 11. Toshkent 451 926 27 966,8 11 934,9 16 031,9 9 494,5 1 528,6 1 208,2 1 080,4 476,7 978,2 768,2 200,3 23,4 87,1 863,7 275,9 633,4 781,8 126,8 461,8 706,0 189,0 371,5 145,5 3 024,0 1 064,7 141,3 237,3 339,2 84,8 262,1 30,5 30,5 1 712 12. Fargʻona 584 264 41 037,5 17 999,6 23 037,9 16 060,0 1 927,2 1 606,0 1 284,8 112,4 1 124,2 1 284,8 240,9 64,2 128,4 1 445,4 1 365,1 1 204,5 2 409,1 803,0 1 060,0 481,4 72,2 57,7 351,5 3 686,0 1 322,3 241,9 628,9 451,5 483,7 17,2 466,5 1 005 13. Xorazm 261 652 36 558,5 2 599,9 33 958,6 10 730,9 1 695,0 1 780,0 1 858,0 1 136,0 708,0 56,0 429,0 345,0 256,0 321,9 1 609,6 214,5 321,9 1 767,7 477,3 583,3 707,1 3 015,0 566,4 268,2 298,2 19,8 19,8 17 859 Jami: 4 548 927 431 998,4 124 834,5 307 163,9 149 039,2 32 410,4 16 257,1 17 333,9 1 944,6 14 040,7 10 399,8 1 419,0 797,0 2 279,2 9 507,8 7 576,5 7 289,7 19 254,7 2 099,8 6 429,0 25 555,2 6 317,2 7 077,2 12 160,8 45 269,0 22 545,3 3 582,9 7 203,4 7 120,1 1 146,7 3 492,2 3 549,1 43,9 2 659,0 846,2 149 61 057
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 53-son qaroriga 2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida bahorgi (ertaki) ekinlardan yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining prognoz
KOʻRSATKIChLARI
tonna T/R Hududlar nomi Jami yetishtiriladigan yalpi hosil Shundan: Shundan: Toʻqsonbosti sabzavot ekinlaridan Ertaki ekinlardan shu jumladan: shu jumladan: Jami sabzavot shundan: Jami poliz shundan: Kartoshka Dukkakli ekinlar shundan: Moyli ekinlar shundan: Sholi Boshka ekinlar pomidor bodring piyoz sarimsoq piyoz sabzi karam gul karam brokolli osh lavlagi bulgar qalampir achchiq qalampir baqlajon koʻkatlar salat rukkola va aysberg rediska qovun tarvuz qovoq mosh loviya noʻxot eryongʻoq fasol soya kungaboqar kunjut a b 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 413 404 56 744 356 660 183 923 59 884 17 109 20 530 998 12 975 17 109 2 282 11 548 7 271 16 039 7 485 10 693 45 240 6 785 115 38 340 78 966 1 918 767 1 151 685 240 445 685 45 243 2. Andijon 399 759 177 060 222 699 115 192 17 465 14 124 11 902 630 9 858 11 304 1 806 457 1 090 12 338 6 121 10 439 7 201 2 310 8 147 24 753 3 274 2 839 18 640 65 589 1 921 403 750 230 538 15 244 3. Buxoro 605 337 83 082 522 255 295 097 120 000 18 000 60 000 0 36 000 22 000 6 600 4 500 1 800 6 000 2 000 3 200 12 600 799 1 598 20 499 12 999 5 500 2 000 88 000 3 675 870 1 420 975 10 400 185 50 75 60 114 799 4. Jizzax 334 365 44 037 290 328 191 813 62 394 26 072 38 655 1 367 22 378 17 120 1 842 1 813 3 685 2 117 1 689 2 442 6 814 892 2 533 25 669 6 832 9 278 9 559 57 206 4 534 98 1 404 2 303 41 688 11 106 5. Qashqadaryo 884 989 206 337 678 652 241 045 49 750 37 300 30 750 7 150 42 800 13 300 800 7 455 8 520 5 350 9 750 12 640 15 480 167 640 28 600 86 020 53 020 85 200 10 807 1 600 1 600 5 287 970 1 350 1 781 1 534 247 172 179 6. Navoiy 148 993 71 124 77 869 44 069 11 569 9 261 8 512 6 440 1 618 484 949 769 405 887 2 315 860 10 831 4 306 5 099 1 426 19 172 727 327 367 33 3 070 7. Namangan 296 679 106 216 190 463 110 649 18 377 14 301 13 853 3 744 7 911 11 145 1 781 2 348 6 506 9 211 4 664 3 599 7 482 1 416 4 311 2 356 610 836 910 70 944 200 106 58 12 24 6 6 48 6 260 8. Samarqand 1 147 834 216 689 931 145 461 924 94 797 51 149 57 214 46 229 48 713 2 557 35 074 20 703 45 669 34 099 25 720 75 757 10 174 8 953 56 630 231 391 4 690 737 1 721 809 0 1 423 157 383 9. Surxondaryo 905 408 353 983 551 425 345 904 167 896 17 818 81 347 24 564 18 408 3 816 1 843 8 832 2 412 1 308 3 496 10 500 540 3 124 59 972 35 796 10 208 13 968 105 760 3 773 1 146 1 175 1 252 200 1 116 952 164 34 900 10. Sirdaryo 190 045 50 345 139 700 72 099 11 171 8 377 8 936 6 093 8 190 1 535 279 669 5 031 3 956 5 584 4 887 1 861 5 530 19 927 2 954 2 598 14 375 35 807 1 213 676 112 75 350 361 17 272 72 10 293 11. Toshkent 503 733 194 707 309 026 184 887 38 855 24 165 32 742 5 243 20 038 18 283 2 404 281 1 459 12 700 3 244 10 337 5 473 888 8 775 15 533 4 158 8 174 3 201 75 621 2 027 254 427 610 212 524 137 137 30 821 12. Fargʻona 627 342 273 196 354 146 246 186 38 545 28 909 30 836 1 124 20 236 28 266 3 613 963 256 17 345 13 651 19 272 16 863 7 227 19 080 9 745 1 444 1 271 7 030 84 784 2 643 483 1 257 903 743 43 700 10 045 13. Xorazm 384 713 43 298 341 415 194 129 37 290 32 039 50 163 20 448 15 183 1 007 12 011 4 139 3 072 5 150 9 657 1 073 2 897 32 279 8 591 11 667 12 021 60 304 1 090 516 574 37 37 53 576 Jami: 6 842 601 1 876 818 4 965 783 2 686 917 727 993 298 624 445 440 20 256 275 970 230 639 25 688 12 484 49 551 127 204 73 434 135 864 138 016 17 006 108 748 510 201 126 523 152 558 231 120 1 058 744 39 218 6 161 12 551 11 546 2 584 6 376 5 051 110 3 953 988 733 664 919
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 53-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida takroriy (oʻrtaki) qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish
KOʻRSATKIChLARI
gektar T/R Hududlar nomi Takroriy ekiladigan maydon Shu jumladan: Shu jumladan: Jami sabzavot shundan: Jami poliz shundan: Kartoshka Dukkakli ekinlar shundan: Moyli ekinlar shundan: Sholi Ozuqa ekinlar Boshka ekinlar pomidor bodring sabzi karam osh lavlagi bulgʻor qalampir achchiq qalampir baqlajon koʻkatlar qovun tarvuz qovoq mosh loviya noʻxot eryongʻoq fasol soya kungaboqar kunjut a b 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 11 539,8 3 462,0 519,3 415,4 311,6 207,7 138,5 311,6 380,8 207,7 969,4 1 038,5 124,6 114,2 799,7 1 384,8 1 384,8 4 269,7 2. Andijon 18 737,4 6 932,6 1 317,3 1 039,9 623,9 415,9 277,3 623,9 554,6 415,9 1 663,9 936,8 796,3 140,5 2 810,7 4 684,5 2 108,0 1 639,6 936,9 749,5 749,5 1 686,4 936,9 3. Buxoro 11 399,5 7 556,6 1 107,1 559,9 3 079,9 660,0 299,9 720,0 409,9 269,9 450,0 739,9 200,0 100,0 439,9 1 070,3 832,9 450,0 293,0 89,9 18,0 18,0 720,0 461,8 4. Jizzax 8 508,3 4 382,0 610,9 604,9 793,7 528,3 201,9 160,1 127,7 480,2 874,3 118,5 32,0 39,1 47,4 653,8 947,9 103,3 508,8 99,3 236,5 555,8 1 850,3 5. Qashqadaryo 13 426,0 3 536,2 625,0 600,0 645,2 190,0 134,0 130,0 76,0 150,0 986,0 1 501,0 71,0 875,0 555,0 733,0 570,0 150,0 150,0 150,0 120,0 195,0 135,0 60,0 6 890,8 6. Navoiy 7 000,0 4 084,1 626,0 1 054,8 1 370,1 359,2 13,1 234,2 426,7 416,9 166,8 187,6 62,5 329,8 296,5 79,1 165,4 52,0 1 023,8 848,9 7. Namangan 13 156,9 7 205,0 843,0 829,7 1 015,8 821,2 434,1 724,7 647,5 689,0 1 200,0 54,0 29,0 22,0 3,0 1 902,8 2 030,0 1 134,0 696,0 22,0 178,0 1 048,0 524,1 393,0 8. Samarqand 15 300,0 6 480,0 972,0 777,6 583,2 388,8 259,2 583,2 712,8 388,8 1 814,4 459,0 459,0 1 323,0 4 284,0 1 413,7 1 542,3 1 328,0 1 224,0 1 530,0 9. Surxondaryo 19 300,7 10 545,6 751,7 601,3 2 634,1 2 721,8 200,5 450,9 551,1 300,7 2 333,5 1 503,3 180,3 165,4 1 157,6 807,0 3 500,5 841,9 1 496,6 420,9 741,1 605,8 534,5 71,3 1 503,4 835,1 10. Sirdaryo 7 356,8 2 044,0 331,9 265,7 29,9 132,8 88,5 199,1 243,4 132,8 619,9 664,0 79,6 73,0 511,4 1 032,7 2 066,2 371,9 661,3 227,2 185,9 619,9 295,2 26,6 236,2 32,4 664,3 590,4 11. Toshkent 12 052,3 6 268,8 1 527,2 1 029,7 907,0 535,6 176,5 680,7 106,0 557,5 748,6 475,8 57,7 139,5 278,6 1 095,8 969,6 90,3 287,2 278,7 11,8 301,6 1 712,1 1 530,2 12. Fargʻona 28 680,3 10 004,8 1 500,7 1 200,6 900,4 600,3 400,2 900,4 1 100,5 600,3 2 801,4 2 401,1 288,1 264,1 1 848,9 3 201,6 5 976,2 1 344,6 2 390,5 2 241,1 949,7 96,0 853,7 4 695,6 1 451,3 13. Xorazm 22 244,2 4 974,0 1 229,0 986,0 1 512,0 513,0 120,0 614,0 215,0 112,0 103,0 11 345,2 4 853,0 857,0 Jami: 188 702,2 77 475,7 11 961,1 9 965,5 14 406,8 8 074,6 2 610,6 5 497,7 4 910,3 4 547,0 15 502,1 10 308,8 2 025,4 2 120,4 6 163,0 16 345,3 26 373,3 8 198,8 9 933,7 819,8 1 015,9 6 405,1 2 813,2 140,6 2 508,9 163,7 12 393,2 27 438,1 15 554,6
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 53-son qaroriga 4-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida takroriy (oʻrtaki) ekinlardan yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining prognoz
KOʻRSATKIChLARI
tonna T/R Hududlar nomi Takroriy ekinlardan yetishtiriladigan mahsulot Shu jumladan: Shu jumladan: Jami sabzavot shundan: Jami poliz shundan: Kartoshka Dukkakli ekinlar shundan: Moyli ekinlar shundan: Sholi Ozuqa ekinlar Boshka ekinlar pomidor bodring sabzi karam osh lavlagi bulgʻor qalampir achchiq qalampir baqlajon koʻkatlar qovun tarvuz qovoq mosh loviya noʻxot eryongʻoq fasol soya kungaboqar kunjut a b 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 153 543 46 802 10 386 4 984 6 231 3 115 2 770 5 608 3 808 3 115 6 785 15 576 1 868 1 713 11 995 20 772 27 696 42 697 2. Andijon 267 203 123 467 28 286 21 563 12 886 8 626 5 557 12 514 10 604 8 456 14 975 15 552 12 742 2 810 55 468 10 247 4 609 3 588 2 050 1 499 1 499 42 508 18 462 3. Buxoro 205 395 143 687 22 143 10 079 64 679 14 520 6 298 14 400 4 099 4 319 3 150 14 999 4 000 2 200 8 799 21 407 1 620 900 586 134 45 45 14 400 9 237 4. Jizzax 126 493 72 334 12 219 8 772 17 461 11 624 4 039 3 362 1 533 7 204 6 120 2 353 544 861 948 13 077 2 637 154 1 526 248 709 8 337 27 755 5. Qashqadaryo 247 227 60 507 15 625 12 000 12 904 3 800 2 680 2 600 760 2 250 7 888 33 022 1 562 19 250 12 210 14 660 765 300 225 240 457 337 120 137 816 6. Navoiy 117 480 72 116 12 520 16 878 28 773 7 184 262 3 513 2 986 7 755 3 002 3 753 1 000 7 255 566 158 330 78 15 357 14 431 7. Namangan 183 282 120 409 16 860 14 934 20 316 18 066 9 116 15 218 6 475 11 024 8 400 1 124 580 484 60 38 056 4 049 2 268 1 392 33 356 5 240 10 474 3 930 8. Samarqand 189 426 97 589 23 328 14 775 12 830 7 776 5 184 10 498 2 851 5 832 14 515 8 262 8 262 29 107 8 567 2 827 3 084 2 656 18 360 27 541 9. Surxondaryo 322 950 232 597 21 047 10 825 73 755 76 210 4 010 9 019 6 614 6 615 24 502 29 255 3 788 3 473 21 994 18 562 6 448 1 094 2 694 1 178 1 482 2 012 1 870 142 24 054 10 022 10. Sirdaryo 88 866 28 321 6 639 4 252 654 2 656 1 771 3 584 2 434 1 992 4 339 13 635 1 434 1 460 10 741 21 687 4 015 743 1 322 340 371 1 239 838 66 708 64 13 286 7 084 11. Toshkent 219 790 123 041 38 182 20 594 18 141 13 391 3 707 13 614 1 060 8 363 5 989 9 517 1 154 2 790 5 573 26 300 1 804 180 574 418 29 603 30 819 28 309 12. Fargʻona 363 630 146 369 31 515 19 209 18 909 12 006 8 004 17 108 11 005 9 004 19 609 52 248 5 762 5 810 40 676 70 435 11 952 2 689 4 781 4 482 2 374 240 2 134 65 739 14 513 13. Xorazm 174 034 54 124 12 290 9 860 22 680 5 130 480 3 684 235 112 123 56 726 58 236 4 713 Jami: 2 659 319 1 321 363 251 040 168 725 310 219 184 104 53 136 107 787 51 243 72 167 122 942 203 298 36 436 44 604 122 258 336 786 52 905,0 15 734 20 300 1 228 2 422 13 221 7 225 351 6 548 326 61 966 467 082 208 694
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 53-son qaroriga 5-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishning prognoz
KOʻRSATKIChLARI
tonna T/R Hududlar nomi Jami ishlab chiqarish Shu jumladan ishlatilishi Oʻz isteʼmoli va ichki bozorga Eksportga* 1. QoraqalpogʻistonRespublikasi 566 947 547 097 19 850 2. Andijon 666 962 482 698 184 264 3. Buxoro 810 732 800 132 10 600 4. Jizzax 460 858 381 367 79 491 5. Qashqadaryo 1 132 216 928 970 203 246 6. Navoiy 266 473 220 087 46 386 7. Namangan 479 961 414 888 65 073 8. Samarqand 1 337 260 1 146 630 190 630 9. Surxondaryo 1 228 358 1 059 158 169 200 10. Sirdaryo 278 911 237 234 41 677 11. Toshkent 723 523 610 559 112 964 12. Fargʻona 990 972 757 684 233 288 13. Xorazm 558 747 479 870 78 877 Jami: 9 501 920 8 066 374 1 435 546
* Eksport toʻqsonbosti, ertaki va oʻrtaki ekinlar hosilidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 53-son qaroriga 6-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2020-yilda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun talab etiladigan urugʻlik, mineral oʻgʻit va yoqilgʻi-moylash materiallari hajmlari va mablagʻlari
HISOB-KITOBI
T/R Hududlar nomi Jami ekin yer maydoni, gektar* YoMM Mineral oʻgʻit (sof holda) shundan: (sof holda) Urugʻ Jami xarajatlar mln. soʻm azotli fosforli, (NPK) kaliyli miqdori tonna summasi mln.soʻm miqdori tonna summasi mln.soʻm miqdori (tonna) summasi (mln.soʻm) miqdori (tonna) summasi (mln. soʻm) miqdori (tonna) summasi (mln. soʻm) miqdori tonna summasi mln.soʻm a b 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 38 958,4 2 338 12 625 8 182 58 007 4 675 29 004 2 338 25 437 1 169 3 565 6 233 26 181 96 813 2. Andijon 30 277,5 1 816 9 810 6 357 45 067 3 633 22 539 1 816 19 758 908 2 769 4 844 20 347 75 224 3. Buxoro 46 079,2 2 764 14 930 10 044 70 620 5 816 36 082 2 764 30 072 1 464 4 465 230 23 040 108 590 4. Jizzax 26 190,1 523 2 828 5 654 39 848 3 274 20 312 1 568 17 060 812 2 477 6 024 30 543 73 219 5. Qashqadaryo 58 590,0 3 691 19 932 12 302 87 216 7 030 43 614 3 515 38 243 1 757 5 359 6 444 27 068 134 216 6. Navoiy 11 528,8 691 3 735 2 419 17 150 1 383 8 580 691 7 518 345 1 052 1 844 7 748 28 633 7. Namangan 24 053,1 1 458 7 873 5 083 35 960 2 916 18 091 1 438 15 645 729 2 223 3 888 16 330 60 163 8. Samarqand 62 138,6 3 728 20 133 13 048 92 503 7 456 46 257 3 728 40 561 1 864 5 685 9 942 41 758 154 394 9. Surxondaryo 45 739,6 2 588 13 978 9 283 66 158 5 177 32 118 2 748 29 898 1 358 4 142 6 903 28 992 109 128 10. Sirdaryo 16 305,6 978 5 285 3 416 24 191 1 956 12 135 971 10 564 489 1 491 1 083 4 550 34 026 11. Toshkent 28 084,2 1 123 6 066 5 932 42 049 3 400 21 094 1 690 18 387 842 2 568 3 451 14 152 62 267 12. Fargʻona 51 718,2 3 103 16 757 10 860 76 993 6 206 38 502 3 103 33 761 1 551 4 731 8 275 34 756 128 506 13. Xorazm 56 202,8 3 372 18 209 11 802 83 669 6 744 41 840 3 372 36 687 1 686 5 142 7 697 33 097 134 975 Jami: 495 866,1 28 173 152 161 104 382 739 432 59 666 370 168 29 742 323 593 14 974 45 671 66 858 308 562 1 200 155
* Avgust-sentyabr oylarida ekilgan piyoz va sarimsoq piyoz ekinlari uchun talab etiladigan moddiy-resurslar hisobga olinmagan.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 53-son qaroriga 7-ILOVA
2020-yilda har bir dehqon xoʻjaligida va tomorqa yer uchastkasida yuqori daromad beradigan eksportbop qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish, moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish va yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olishni tashkil etish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r Tadbir nomi Bajarish muddati Masʼul ijrochilar I. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklarining ekin maydonlariga eksportbop ekinlar ekish 1. Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalariga 2020-yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, mahsulotlarni yetishtirish va realizatsiya qilishning prognoz koʻrsatkichlari yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman (shahar)lar hokimlarining tegishli qarorlarini qabul qilish. 2020-yil 10 fevralgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi 2. Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida 2020-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni saqlash, qayta ishlash va eksport hajmlarini oshirish, ichki bozorlardagi narx-navoni barqarorligini saqlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tuman (shahar)larda monitoring Shtablari hamda Ishchi guruhlari tashkil etish. Ishchi guruh tomonidan ekish oylarida xonadonma-xonadon yurib tomorqa yer uchastkalari maydonlari, tuproq-iqlim sharoiti va suv taʼminotidan kelib chiqib ekin turlari, mevali daraxtlar turi va soni, chorva mollari va parrandalar soni, shuningdek, ularning yil davomida tomorqa yer uchastkasida (ertaki, oʻrtaki va toʻqsonbosti usulida) yetishtiriladigan mahsulot turlari va sotish hajmlari hamda issiqxona barpo etish, chorva mollari va parranda boqish holatlarini oʻrganib borish. 2020-yil 10-fevralgacha Mavsum davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davyergeodezkadastr qoʻmitasi, Tuman (shahar)lar sektor rahbarlari 3. Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarini shudgorlash, qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish, parvarishlash, oziqlantirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash, sugʻorish va boshqa agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazilishini tashkil etish va monitoring qilib borish. Mavsum davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ, Oʻzbekiston f�rmer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi 4. Imkoniyati cheklangan va kam taʼminlangan tomorqa yer egalari, shuningdek, ish bilan band boʻlmagan aholi roʻyxatini shakllantirish va ularni qoʻllab-quvatlash boʻyicha manzilli choralarni belgilash. Tomorqadan samarasiz foydalangan tomorqa yer egalari hamda ularga koʻmaklashuvchi tashabbuskor fermer xoʻjaliklarini aniqlash va koʻmaklashuvchi tashabbuskor fermer xoʻjaliklarini biriktirish. 2020-yil 15-fevral 2020-yil 1-mart Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi 5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va tuman (shahar) larda budjetning oshirib bajarilgan qismidan imkoniyati cheklangan va kam taʼminlangan tomorqa yer egalariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun moddiy resurslarni “Tomorqa xizmati” MChJlar orqali yetkazib berish. Shuningdek, ishsiz fuqarolarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun yengil konstruksiyali issiqxonlar oʻrnatish, urugʻliklar, koʻchatlar va sugʻorish jihozlarini xarid qidish uchun eng kam oylik ish xaqining 3 baravaridan 10 baravarigacha “Tomorqa xizmati” MChJlar orqali subsidiyalar ajratish. mavsum davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari va hududiy moliya boshqarmalari, “Tomorqa xizmati” MChJlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi 6. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va ularning hududiy boʻlinmalari rahbarlari va xodimlarining tomorqalarida ekilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari toʻgʻrisidagi maʼl�motlar hisob-kitobini yuritish hamda ekish yakuni boʻyicha Oʻzbekiton fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga umumlashtirish uchun taqdim etish. har chorak yakunida Vazirlik, idoralar va tashkilotlar, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi 7. Respublika boʻyicha dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalari yer uchastkalariga asosiy va takroriy ekinlar ekilishini taʼminlash. Agrotexnik tadbirlarini oʻtkazish ekinlarni oʻz vaqtida maydonlariga ekilishi, dehqon va aholi tomorqalaridan unumli foydalanish boʻyicha monitoring oʻrnatish. mavsum davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla v� oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi 8. Dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa yer uchastkalarida 2020-yilda mazkur qaror bilan belgilangan prognoz koʻrsatkichlardagi sabzavot, poliz, kartoshka, dukkakli va moyli ekinlar mahsulotlarini yetishtirishni monitoring qilib borish. mavsum davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi 9. Tomorqa yeridan samarasiz foydalanganligi uchun xonadon egasiga joriy yil uchun hisoblangan yer soligʻining uch barobari miqdorini qoʻllash amaliyotini qoʻllash. 2020-yil davomida Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, tuman (shahar)lar hokimlari, sektor rahbarlari Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi 10. Dehqon xoʻjaligi va 4 sotixdan kam boʻlmagan tomorqa yerida band boʻlgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam boʻlmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan taqdirda, sugʻurta badali toʻlagan yil mehnat stajiga kiritilishi toʻgʻrisida ijtimoiy roliklar tayyorlab, ommaviy ahborot vositalari orqali keng targʻibot va tashviqot ishlarini muntazam olib borish. 2020-yil davomida Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi II. “Tomorqa xizmati” MChJlar moddiy texnika bazasini mustahkamlash orqali tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish 11. “Tomorqa xizmati” MChJ orqali dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa yer egalariga asosiy hamda takroriy ekinlarni ekish uchun talab etiladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini shartnoma asosida yetkazib berish. mavsum davomida Urugʻchilikni rivojlantirish markazi, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi 12. Dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa yer uchastkalarida kafolatlangan hosil yetishtirish uchun zarur boʻlgan yonilgʻi-moylash mahsulotlari, kimyoviy vositalar hamda mineral oʻgʻitlarni belgilangan tartibda yetkazib beri?. mavsum davomida “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ “Tomorqa xizmati” MChJlar 13. Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida 2020-yilda yetishtiriladigan eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksportga chiqarish va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish. har chorak yakuni bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 14. Belgilangan tartibda reyestrga kiritilgan “Tomorqa xizmati” MChJlar tomonidan dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari hududiy kengashiga axborot berib borish. har chorak yakuni bilan “Tomorqa xizmati” MChJlar 15. Dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalarida ekinlar ekish, urugʻlik, koʻchat va boshqa zarur materiallar yetkazib berish, ixcham issiqxonalar qurish, suv taʼminoti ogʻir mahallalarda sugʻorish quduqlarini qazish uchun imtiyozli kreditlar ajratish. 2020-yil davomida Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Kengash huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi 16. Quva tumanidagi “Tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi” MChJga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy issiqxonalar tashkil qilish, intensiv bogʻlar barpo etish va infratuzilma obyektlarini rekonstruksiya qilish hamda “In-vintro” laboratoriyasi tashkil etish. 2020-yil 1-aprel Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi 17. Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Jomboy koʻchatchilikni rivojlantirish markazi” MChJda zamonaviy tomorqachilik markazi majmuasi tashkil etish uchun mablagʻ ajratish. Jomboy tumanidagi “Ulugʻbek” MMTPda foydalanilmayotgan mulklarini “Jomboy koʻchatchilikni rivojlantirish markazi” MChJ balansiga oʻtkazish va ulardan samarali foydalanish. “Jomboy koʻchatchilikni rivojlantirish markazi” MChJ tomonidan Xitoy xalq Respublikasidan motokultivator va minitraktorlar olib kelish va “Tomorqa xizmati” MChJlarga yetkazib berish. 2020-yil 1-iyul 2020-yil 15-fevral 2020-yil davomida Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Samarqand viloyati hokimligi Agrobank, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi 18. Yangiyoʻl tumanidagi “Yangiyoʻl markaziy tomorqa xizmati” MChJda zamonaviy tomorqachilik markazi majmuasi uchun oʻquv va ishlab chiqarish binosi qurish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. 2020-yil mart Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Toshkent viloyati hokimligi III. Aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlarni avtomatlashtirish va keng xalq ommasi orasida yoritib borish boʻyicha 19. Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish hamda ularni parvarishlashda agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish, bahorgi va takroriy ekinlar ekish mavsumida joylarda koʻrgazmali oʻquv seminarlari tashkil etish. 2020-yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi 20. “Agroonline” elektron bazasining ikkinchi bosqichiga oʻtish orqali dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa yer maydonlariga ekinlarni joylashtirish va ekish uchun talab etiladigan moddiy resurslar xisob-kitobi, yetishtiriladigan mahsulotlar miqdori hamda yerdan foydalanish holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritib borish. 2020-yil davomida Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi 21. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi veb-saytida onlayn maslahat rukni va hududlar kesimida dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalarida ekilgan ekin turlari va kutilayotgan hosil prognoz koʻrsatkichlari toʻgʻrisida maʼlumotlar portalini yaratish va ishga tushirish. 2020-yil davomida Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi 22. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi nashri boʻlgan “Fermer va tomorqachi” gazetasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va ushbu gazeta orqali tomorqachilikning ilgʻor tajribalarini keng yoritib borish. Kengash huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi taʼsischiligida matbaa nashriyot, qishloq xoʻjaligi sohasida erishilayotgan yutuqlarni keng ommaga yoritish uchun kino-videosyemka media faoliyati, hududlarda mavjud qishloq xoʻjaligi mahsulotlari toʻgʻrisida maʼlumotlar portalini yuritish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining elektron savdosi, kliring faoliyati bilan shugʻullanuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi korxona tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 2020-yil davomida 2020-yil 1-iyul Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Matbuot va axborot agentligi, “Fermer va tomorqachi” gazetasi, 23. Aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan ijtimoiy roliklar tayyorlash va ommaviy axborot vositalari orqali bepul targʻibot-tashviqot qilish. 2020-yil davomida Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi 24. Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini ilgʻor tajribalarini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish maqsadida, maxsus koʻrsatuvlar tashkil etish, shuningdek, davriy matbuot nashrlarida eʼlon qilish. 2020-yil davomida Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 25. Ilgʻor dehqon xoʻjaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalarini aniqlash va ularni “Mehnatkash dehqon”, “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlash. 2020-yil dekabr Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 53-son qaroriga 8-ILOVA
“Tomorqa xizmati” tadbirkorlik subyektlarining reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining (keyingi oʻrinlarda “Tomorqa xizmati” MChJlari deb ataladi) reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilab beradi.
Ushbu nizomda “Tomorqa xizmati” MChJlarga qoʻllaniladigan barcha qoidalar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tashkil etiladigan “Tomorqa xizmati” YTTlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
2. “Tomorqa xizmati” MChJlari — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, urugʻlar, koʻchatlar, taralar, texnika, chorva mollari, parranda, quyon, asalari uyasi, baliq, qishloq xoʻjalik texnikalari hamda ehtiyot qismlari, omuxta yem, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish uchun kimyoviy vositalar va asbob-uskunalar yetkazib berish, shuningdek, issiqxonalar qurib berish, yerlarni rekultivatsiya qilish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish, sugʻorish tizimini yaratish va yaxshilash, suv nasoslari oʻrnatish, artezian quduqlar qazish va tomchilatib sugʻorishni tashkil etish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalaridan xarid qilingan, shuningdek, oʻz maydonlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saralash, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, quritish, qadoqlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish hamda eksport qilish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt;
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tashkil etiladigan “Tomorqa xizmati” YTTlar — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, urugʻlar, koʻchatlar, taralar, texnika, chorva mollari, parranda, quyon, asalari uyasi, baliq, qishloq xoʻjalik texnikalari hamda ehtiyot qismlari, omuxta yem, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish uchun kimyoviy vositalar va asbob uskunalar yetkazib berish, shuningdek, issiqxonalar qurib berish, yerlarni rekultivatsiya qilish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan birga qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt;
“Tomorqa xizmati” tadbirkorlik subyektlari reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) — “Tomorqa xizmati” tadbirkorlik subyektlarining (YTT, MChJ) tizimlashtirilgan roʻyxati va ular haqidagi maʼlumotlardan iborat yagona maʼlumotlar bazasi.
3. Reyestrga Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga aʼzo boʻlgan “Tomorqa xizmati” MChJlari kiritiladi.
31. “Tomorqa xizmati” MChJlar reyestri yuritiladigan axborot dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasining tegishli axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilinadi.
4. Reyestrning shakli va mazmuni Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tomonidan tasdiqlanadi.
5. “Tomorqa xizmati” MChJni Reyestrga kiritish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Reyestrni shakllantirish tartibi
6. “Tomorqa xizmati” MChJlari reyestrini shakllantirish va yuritish Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari hududiy kengashlari (keyingi oʻrinlarda hududiy kengashi deb ataladi) tomonidan Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashlari (keyingi oʻrinlarda tuman kengashi deb ataladi) bilan birgalikda amalga oshiriladi.
“Tomorqa xizmati” MChJlarini Reyestrga kiritish va ularga reyestr raqamini berish hududiy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) Reyestrga kiritiladigan “Tomorqa xizmati” MChJlar boʻyicha elektron bazaga maʼlumotlar kelib tushishini nazorat qiladi, uslubiy va tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi, Reyestrga kiritilgan “Tomorqa xizmati” MChJlari hisobini yuritadi, ularning holati va salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tizimli ravishda tahlil qilib boradi.
7. Reyestrni shakllantirish va yuritish tuman kengashlari tomonidan taqdim etiladigan materiallar asosida hududiy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
8. Reyestrga kiritish yuzasidan ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan talablarga javob beradigan “Tomorqa xizmati” MChJlari tuman kengashiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza bilan quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
“Tomorqa xizmati” MChJning ustavi nusxasi;
“Tomorqa xizmati” MChJning asosiy vositalari (ishlab chiqarish bazasi, mashina va mexanizmlar) toʻgʻrisida maʼlumot, ularga boʻlgan mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari.
9. Hujjatlar “Tomorqa xizmati” MChJlari tomonidan oʻzi roʻyxatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha tegishli tuman kengashiga bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda tuman kengashining elektron pochta manziliga taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar “Tomorqa xizmati” MChJning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
10. Tuman kengashi Reyestrga kiritilishi zarur boʻlgan hujjatlarni, shuningdek, vakolatli davlat organlardan boshqa maʼlumotlarni mustaqil ravishda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzaro maʼlumot axborot almashinuvi orqali, shu jumladan, elektron shaklda oladi.
“Tomorqa xizmati” MChJlaridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Hujjatlar tuman kengashi xodimi tomonidan qabul qilinadi, nusxasi esa murojaat qiluvchiga ular qabul qilib olingan sanani koʻrsatgan holda yuboriladi (topshiriladi). Hujjatlar elektron shaklda taqdim etilgan taqdirda, murojaat qiluvchiga elektron aloqa vositalari orqali tegishli javob yuboriladi.
12. “Tomorqa xizmati” MChJ tomonidan taqdim hujjatlar toʻliq boʻlmagan va (yoki) “Tomorqa xizmati” MChJ ushbu Nizomga 3-ilovada belgilangan talablarga javob bermagan taqdirda tuman kengashi ushbu taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqishni rad etish huquqiga ega.
Taqdim etilgan hujjatlarni rad qilingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma “Tomorqa xizmati” MChJga ikki kun muddatda rad etishi sabablarini asoslantirgan holda yuboriladi (topshiriladi) hamda uning bir nusxasi hududiy kengashga maʼlumot uchun taqdim etiladi.
“Tomorqa xizmati” MChJ arizasini koʻrib chiqishni boshqa sabablarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Tuman kengashi tomonidan qaytarilgan hujjatlar “Tomorqa xizmati” MChJ koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda tuman kengashiga takroran taqdim etilishi mumkin.
14. “Tomorqa xizmati” MChJ tuman kengashi tomonidan arizani koʻrib chiqishni rad etilganligi yuzasidan hududiy kengashga shikoyat qilish huquqiga ega.
15. Tuman kengashi “Tomorqa xizmati” MChJ tomonidan taqdim etilgan hujjatlarini ikki ish kunida koʻrib chiqadi va ikki ish kunidan kechiktirmay Reyestrga kiritish masalasini hal etish uchun hududiy kengashga taqdim etadi.
16. Hududiy kengash Tuman kengashi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligini tekshiradi, zarur hollarda, statistika va soliq organlaridan tegishli maʼlumotlarni soʻrab oladi.
17. Hududiy kengash taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha uch ish kuni ichida “Tomorqa xizmati” MChJni Reyestrga kiritish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
18. “Tomorqa xizmati” MChJning taqdim etgan hujjatlari mazkur Nizom talablariga mos emasligi hududiy kengash tomonidan Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinishiga asos hisoblanadi.
19. Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan vaqtdan eʼtiboran uch ish kuni ichida hududiy kengash “Tomorqa xizmati” MChJga rad etish sabablari asoslantirilgan yozma bildirishnoma yuboradi.
20. Reyestrga kiritish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar “Tomorqa xizmati” MChJ tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar tuman kengashiga ushbu Nizomda belgilangan tartibda takroran koʻrib chiqish kiritilishi mumkin.
21. “Tomorqa xizmati” MChJlari tomonidan Reyestrga kiritish uchun taqdim qilingan hujjatlar qanday qaror qabul qilinishidan qatʼi nazar hududiy kengash arxivida oʻn yil davomida saqlanadi.
3-bob. Reyestrni yuritish tartibi
22. Reyestrda “Tomorqa xizmati” MChJ toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
“Tomorqa xizmati” MChJning nomi;
soliq toʻlovchining identifikatsion raqami;
korxonalarning umumiy tasniflanish kodi;
maʼmuriy-hududiy mansubligini aniqlash kodi;
“Tomorqa xizmati” MChJni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va ustavi nusxasi;
“Tomorqa xizmati” MChJ joylashgan joy;
ishlab turgan oʻz asosiy vositalari roʻyxati (ishlab chiqarish bazasi, mashina va mexanizmlarga boʻlgan mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari);
aloqa vositalari (telefon, faks, elektron pochta manzili).
23. Reyestr viloyat va tumanlar boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasi shaklida Kengashning rasmiy veb-saytida joylashtirish orqali yuritiladi.
24. “Tomorqa xizmati” MChJlarining Reyestri yilning har choragida yangilab boriladi.
25. Reyestrga kiritilgan maʼlumotlarda oʻzgarishlar boʻlgan taqdirda “Tomorqa xizmati” MChJlari toʻgʻrisida tuman kengashini oʻn kun muddat ichida xabardor etishi lozim.
26. Reyestrga kiritilgan maʼlumotlar ochiq hisoblanadi, “Tomorqa xizmati” MChJlarining moliyaviy koʻrsatkichlari bundan mustasno.
27. Reyestrning arxiv nusxasi qogʻoz variantda va yagona elektron variantda yakunlangan yilning 31-dekabr holatiga har yili 10-yanvarga qadar shakllantiriladi, hududiy kengash tomonidan tasdiqlanadi va oʻn yil davomida hududiy kengashning idoraviy arxivida elektron shaklda saqlanadi.
4-bob. “Tomorqa xizmati” MChJni reyestrdan chiqarish tartibi
28. “Tomorqa xizmati” MChJ quyidagi hollarda Reyestrdan chiqariladi:
tuman kengashiga Reyestrdan ixtiyoriy chiqish toʻgʻrisida ariza berilishi;
“Tomorqa xizmati” MChJlarining faoliyati tugatilishi;
mazkur Nizomning 37-bandida belgilangan talablar bajarilmasligi;
“Tomorqa xizmati” MChJlari tomonidan ushbu Nizomda belgilangan talablar buzilganda.
29. “Tomorqa xizmati” MChJlari Reyestrga kiritilgan kundan boshlab uzogʻi bilan ikki yil ichida mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan talablarga javob berishi lozim.
30. “Tomorqa xizmati” MChJ hududiy kengash qaroriga asosan Reyestrdan chiqariladi va bu toʻgʻrisida ikki kun ichida Reyestrga tegishli tuzatish kiritiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
31. “Tomorqa xizmati” MChJlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-son qarorida belgilangan foiz stavkasida Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kredit olish huquqiga ega.
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
“Tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
“Tomorqa xizmati” MChJlarini Reyestrga kiritish
SXEMASI
“Tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Reyestrga kiritish uchun “Tomorqa xizmati” tadbirkorlik subyektlariga qoʻyiladigan
TALABLAR
T/r Koʻrsatkichlar Talab 1. Motokultivator (motoblok) 2 dona 2. Traktor yoki mini traktor* 1 dona 3. Yuk saqlash omborxonasi (usti yopiq bostirma yoki koʻchma muzlatkich)* 50 tonna 4. Dori purkagichli uskuna 4 dona 5. Xonadonga xizmat koʻrsatish uchun shartnomalar har yili 500 xonadonga
* Bino va inshootlar, minitraktor ijara munosabatlari asosida foydalanilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 53-son qaroriga 9-ILOVA
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan fermer, dehqon xoʻjaliklariga, tomorqa yer egalariga va “Tomorqa xizmati” MChJlariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish hamda sugʻorish quduqlari qazish ishlariga mablagʻ ajratish
taklifi
mln soʻm № Hududlar nomi Jamgʻarmadan ajratiladigan mablagʻlar, jami* shundan: Ekin ekish, ixcham issiqxona qurish, parrandachilik, chorvachilik va boshqa yoʻnalishlar uchun Suv taʼminoti ogʻir joylarda sugʻorish quduqlari qazish uchun 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 3 980,8 3 500,0 480,8 2. Andijon 5 988,5 5 700,0 288,5 3. Buxoro 5 807,7 3 500,0 2 307,7 4. Jizzax 4 076,9 3 500,0 576,9 5. Qashqadaryo 6 530,8 4 800,0 1 730,8 6. Navoiy 4 461,8 3 500,0 961,8 7. Namangan 6 615,0 5 200,0 1 415,0 8. Samarqand 7 403,8 5 000,0 2 403,8 9. Sirdaryo 4 365,4 3 500,0 865,4 10. Surxondaryo 8 007,7 5 700,0 2 307,7 11. Toshkent 6 038,5 4 500,0 1 538,5 12. Fargʻona 6 565,4 5 700,0 865,4 13. Xorazm 5 557,4 4 500,0 1 057,4 Jami: 75 399,7 58 600,0 16 799,7
* Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining daromadlaridan kelib chiqib, ajratiladigan mablagʻlar koʻpaytirilishi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va viloyat hokimliklarining taklifiga asosan mazkur taqsimotga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
