Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent shahrida suv quvurlari va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (38-son)
27.01.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahrida aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarni sifatli ichimlik suv va kanalizatsiya xizmatlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilash, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda YETTB deb ataladi) bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida 2018-yil 8-oktabrda “Toshkent shahrida suv quvurlari va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 15 yil mobaynida qaytarish muddati bilan 30,0 mln AQSH dollari miqdorida qarz berish toʻgʻrisida qarz bitimi imzolanganligi;
b) loyihaning umumiy qiymati 37,2 mln AQSH dollarini, shu jumladan:
YETTB qarzi — 30,0 mln AQSH dollarini tashkil etishi;
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining hissasi — 7,2 mln AQSH dollarini, shu jumladan, soliq va bojxona imtiyozlari berish tarzida 5,6 mln AQSH dollarini va investitsiya davrida foizlar va vositachilik haqini qaytarish uchun Toshkent shahar “Suvsoz” DUKning oʻz mablagʻlari — 1,6 mln AQSH dollarini tashkil etishi;
v) loyihani amalga oshirish davri 7 yilni (2020 — 2026-yillar) tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ) loyiha amalga oshirilishi, YETTBning qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
2018-yildan boshlab hisoblangan foizlarni, vositachilik haqini toʻlash va YETTB qarzini qaytarish bilan bogʻliq harajatlar “Suvsoz” DUK mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
qarz umumiy summasining 1,0 foizi miqdorida YETTB qarzining biryoʻla vositachilik haqini toʻlash YETTBning qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Toshkent shahrida suv quvurlari va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Toshkent shahrida suv quvurlari va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekistan Respublikasi moliya vaziriga YETTB qarzini Oʻzbekiston Respublikasi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Toshkent shahar ichimlik suv taʼminoti” MCHJ va Toshkent shahar hokimligi oʻrtasida qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni (keyingi oʻrinlarda Qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim deb ataladi) imzolash vakolati berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va YETTB oʻrtasidagi qarz bitimi, Qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruv raisi va Toshkent shahar hokimi zimmasiga:
texnik-iqtisodiy asoslashning tasdiqlangan parametrlariga muvofiq loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlarni oʻtkazish;
YETTB qarzini Qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq YETTB qarzini qaytarish, u boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlash uchun “Suvsoz” DUK tomonidan mablagʻlar oʻz vaqtida jamlanib borilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
7. Toshkent shahar hokimligi belgilangan tartibda suv quvurlari va kanalizatsiya inshootlari qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari ajratilishini, shuningdek, yer uchastkalari ajratilishi natijasida kompensatsiya toʻlovlari toʻlanishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda har bir yil uchun asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda 2020-yil va keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlarini shakllantirishda ushbu loyiha doirasida ajratiladigan mablagʻlarni inobatga olsin.
9. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarini muvofiqlashtirish guruhiga loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish funksiyalari yuklansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 27-yanvar,
38-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-yanvardagi 38-son qaroriga 1-ILOVA
“Toshkent shahrida suv quvurlari va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY PARAMETRLARI
T/r Komponent nomi Oʻlchov birligi Hammasi* Moliyalashtirish manbasi, shu jumladan: YETTBning qarzi Oʻzbekiston Respublikasi hissasi 1. Loyihaning umumiy qiymati ming. AQSH doll. ekv. 37 222,33 30 000,00 7 222,33 2. Kapital qoʻyilmalar summasi, hammasi ming. AQSH doll. ekv. 31 622,33 30 000,00 1 622,33 shu jumladan: 2.1 Tovar va xizmatlar ming. AQSH doll. ekv. 25 600,00 25 600,00 2.2 Maslahat xizmatlari ming. AQSH doll. ekv. 2 400,00 2 400,00 shu jumladan: Loyihani boshqarishni moliyalashtirish va qurilish ustidan nazorat qilish boʻyicha maslahatchining xizmatlari ming. AQSH doll. ekv. 2 200,00 2 200,00 Loyihani muvofiqlashtirish guruhini (LMG) saqlash ming. AQSH doll. ekv. 200,00 200,00 2.3 Taqsimlanmagan mablagʻlar ming. AQSH doll. ekv. 1 700,00 1 700,00 2.4 Investitsiya davrida moliyaviy chiqimlar ming. AQSH doll. ekv. 1 922,33 300,00 1 622,33 3. Soliq va bojxona imtiyozlari ming. AQSH doll. ekv. 5 600,00 5 600,00
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilganidan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-yanvardagi 38-son qaroriga 2-ILOVA
“Toshkent shahrida suv quvurlari va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Qarz miqdori — 30,0 mln. AQSH doll. Qarz muddati — 15 yil* Imtiyozli davr — 4 yil Foiz stavkasi** — Oʻzgaruvchan foiz stavkasi (LIBOR USD 6 m + 1 %) Majburiyat uchun vositachilik haqi — 0,50_% (ming AQSH doll.) Yillar Toʻlanadigan foizlar Majburiyat uchun vositachilik haqi Asosiy qarzni qaytarish Jami qaytariladigan mablagʻ 07.12.2018 15.10.2019 0,0 130,0 130,0 15.04.2020 10,2 75,0 85,1 15.10.2020 46,8 70,4 117,2 15.04.2021 82,9 65,5 148,4 15.10.2021 216,4 49,2 265,6 15.04.2022 347,6 32,4 380,0 15.10.2022 479,7 16,3 1 363,6 1 859,7 15.04.2023 579,1 1 363,6 1 942,7 15.10.2023 554,5 1 363,6 1 918,2 15.04.2024 526,8 1 363,6 1 890,5 15.10.2024 499,1 1 363,6 1 862,7 15.04.2025 468,8 1 363,6 1 832,4 15.10.2025 443,6 1 363,6 1 807,3 15.04.2026 413,6 1 363,6 1 777,3 15.10.2026 388,2 1 363,6 1 751,8 15.04.2027 358,5 1 363,6 1 722,1 15.10.2027 332,7 1 363,6 1 696,4 15.04.2028 305,0 1 363,6 1 668,6 15.10.2028 277,3 1 363,6 1 640,9 15.04.2029 248,2 1 363,6 1 611,8 15.10.2029 221,8 1 363,6 1 585,5 15.04.2030 193,0 1 363,6 1 556,7 15.10.2030 166,4 1 363,6 1 530,0 15.04.2031 137,9 1 363,6 1 501,5 15.10.2031 110,9 1 363,6 1 474,5 15.04.2032 83,2 1 363,6 1 446,8 15.10.2032 55,5 1 363,6 1 419,1 15.04.2033 27,6 1 363,6 1 391,2 Jami 7 575,3 438,7 30 000,0 38 014,0
* Qarz berilishi muddati moliyaviy bitim imzolanishi sanasiga bogʻliq.
** Hisob-kitoblarni tayyorlash paytida AQSH dollari uchun LIBOR stavkasi 2,67% boʻlganligi inobatga olinib hisoblangan foiz stavkasi boʻlishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar hisobga olingan holda yiliga 4 foiz deb qabul qilingan.
