Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita hayʼati aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisida (37-son)
23.01.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 946-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita toʻgʻrisida nizomga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita hayʼati aʼzolarining soni 7 (yetti) kishidan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning hayʼati quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
1. Axmedov Abdugapur Tuychibayevich — Rais 2. Komilov Muzaffar Murotovich — Raisning birinchi oʻrinbosari 3. Eshnayev Dilshod Muxitdinovich — Rais oʻrinbosari — Diniy-ijtimoiy jarayonlarni oʻrganish axborot-tahlil markazi direktori Rais oʻrinbosari 4. Gʻulomova Dilbar Muxamedxanovna — Rais oʻrinbosari 5. Sharipov Sobitjon Nasimovich — Diniy-ijtimoiy jarayonlarni oʻrganish axborot-tahlil markazi direktori oʻrinbosari 6. Agzamov Axror Abzalovich — Tashkiliy-nazorat va tahlil boʻlimi boshligʻi 7. Xakimov Muxiddin Fazliddinovich — Diiiy-maʼrifiy tashkilotlar va diniy soha xodimlari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita Hayʼati aʼzolari toʻgʻrisida” 2004-yil 3-iyundagi 255-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-yanvar,
37-son
