Jizzax viloyatida davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2019-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari haqida (17-son)
10.01.2019
Jizzax viloyati hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 186-modda) (keyingi oʻrinlarda Nizom deb yuritiladi) ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari bilan kelishilgan 2018-yil 13-dekabrdagi MM-3-0/1422-son, AX/08-01-32/3964 va 2936/02-17-1-son davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini inobatga olgan holda viloyatdagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2019-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalarini tasdiqlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1193 y. 9-son, 320-modda) 6-moddasiga muvofiq qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Xususiylashtirilgin korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining davlat koʻchmas mulklari boʻyicha kelishilgan ijara toʻlovlarining eng kam stavkalarining hisob-kitoblari 2018-yil 13-dekabrdagi MM-3-0/142-son, AX/08-01-32/3964 va 2936/02-17-1-son xatlari bilan belgilanganligi inobatga olinsin.
2. Jizzax viloyatida Davlat koʻchmas mulkidan 2019-yilda foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari 1-ilovaga va ijara toʻlovi stavkalariga qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsentlar 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Bino va inshootlarga biriktirilgan, shuningdek alohida ajratilgan maydonlarda (asfaltlangan yoki betonlashtirilgan xududlarda) radio, uyali va peydjing aloqa antennalari oʻrnatilganda foydalaniladigan maydon uchun ijara haqi toʻlovlari hisoblanishi tartibi 3-ilovaga* ijara toʻlovining eng kam stavkalari 25 foizga kamaytirilishi belgilangan uzoq va borish qiyin boʻlgan aholi punktlari roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2 — 4--ilovalar berilmaydi.
4. Davlat mulkini balansda saqlovchilarning mansabdor shaxslari:
yil choragida kamida bir marta oʻzining tasarrufida boʻlgan davlat mulkini xatlovdan oʻtkazishlari;
foydalanilmayotgan davlat mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning markazga oʻz vaqtida, toʻliq, shuningdek ijaraga berilayotgan mol-mulkning tiklanish qiymati toʻgʻrisidagi taqdim etilayotgan axborotning ishonchliligi;
davlat mulkini ijara shartnomasi tuzmasdan ijaraga berish, ijara shartnomasida ijaraga berilgan mulkning parametrlari va sonini ataylab notoʻgʻri qayd etilganligi, buning natijasida ijara toʻlovining yashirilishiga olib kelganligi uchun bevosita qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Jizzax viloyat xududiy boshqarmasi xuzuridagi Jizzax viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasi (D. Xalikov)ga:
davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish va ijaraga berish;
ijaraga berilayotgan davlat mulkini va uni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarni hisobga olish va monitoringini olib borish;
ijaraga beriladigan davlat mulki boʻyicha maʼlumotlar baʼzasini shakllantirish va yuritish;
ijara obyektlaridan maqsadli foydalanishini, ularning saqlanishini, shuningdek ijara toʻlovini oʻz vaqtida toʻliq toʻlanishini nazorat qilish;
ijaraga beriladigan davlat mulkini har choraklik asosda xatlovdan oʻtkazish;
foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlarni va ijaraga berilayotgan davlat mulki roʻyxatini davriy nashrlarda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasining veb-saytlarida joylashtirish;
viloyat xududida foydalanilmayotgan, boʻsh turgan binolar va inshootlarni aniqlab, samarali foydalanishini taʼminlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan tartibda ijaraga berish vazifalari yuklatilsin.
6. Viloyat Davlat soliq boshqarmasi (A. Ishnazarov), barcha tumanlar (shahar) hokimliklari, xududlarda ijara munosabatlarini tartibga solish, ijaraga berilayotgan davlat mulkini hisobotini toʻgʻri yuritish va budjetga qoʻshimcha mablagʻlarni jalb qilish maqsadida davlat mulkini balansda saqlovchilar tomonidan ijaraga berish samaradorligini oshirish va tashkillashtirishda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Jizzax viloyat xududiy boshqarmasi xuzuridagi Jizzax viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasi bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻysinlar.
7. Viloyat xududida 2019-yilda davlat mulki boʻlgan binolar va xonalarda joylashgan budjet tashkilotlari uchun ijara toʻlovining nol stavkasi belgilansin.
8. Jizzax viloyati hokimining 2018-yil 31-yanvardagi 84-son “Viloyatda Davlat koʻchmas mulkidan 2018-yilda foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari toʻgʻrisida”gi qarori 2019-yil 1-yanvaridan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qaror rasman eʼlon qilinganidan keyin kuchga kiradi.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari U. Egamov zimmasiga yuklatilsin.
Viloyat hokimi E. SALIYEV
Jizzax sh.,
2019-yil 10-yanvar,
17-son
Viloyat hokimining 2019-yil 19-yanvardagi 17-sonli qaroriga 1-ILOVA
Jizzax viloyatidagi 2019-yilda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2019-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari (Jizzax shahri)
T/r Faoliyat turi kodi Ijaraga olingan maydonda amalga oshiriladigan faoliyat turi 2019-yilda belgilangan eng kam yillik taʼrif 1 kv.m/sum Sanoat 1. 11 200 Yoqilgʻi sanoati 5 600 2. 13100 Kimyo sanoati 5 600 3. 13 300 Neft-kimyo sanoati 5 600 4. 14 100 Mashinasozlik 5 600 5. 14 200 Dastgohsozlik va asbobsozlik sanoati 5 600 6. 14 300 Hisoblash texnikasi vositalari sanoati 5 600 7. 14 400 Traktor va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi 4 600 8. 14 500 Qurilish, yoʻl va kommunal mashinasozligi 4 600 9. 14 600 Yengil va oziq-ovqat sanoati, mashinasozligi va maishiy uskunalar ishlayu chiqarish 4 600 10. 14 710 Santexnika, gaz uskuna va buyumlarni ishlab chiqarish 5 600 11. 14 800 Metallkonstruksiya buyumlari sanoati 5 600 12. 14 900 Mashina va uskunalarni taʼmirlash 5 600 13. 14 780 Mashinasozlikning boshqa sohalari 5 600 Yengil sanoat 14. 17 100 Toʻqimachilik sanoati 5 600 15. 17 200 Tikuv maxsulotlari sanoati* 5 600 16. 17 300 Koʻnchilik, moʻyna va poyabzal sanoati 5 600 17. Mebel ishlab chiqarish, plastik rom va eshiklar 16 800 18. 17 900 Yengil sanoatning boshqa ishlab chiqarish sohalari 5 600 Oʻrmonchilik, yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻozi sanoati 19. 15 100 Oʻrmon tayyorlov sanoati 5 600 20. 15200 Yogʻochni qayta ishlash sanoati 5 600 21. 15 300 Sellyuloza-qogʻoz sanoati 5 600 22. 16 100 Qurilish materiallari sanoati 5 600 Oziq-ovqat sanoati 23. 18 100 Qandolat maxsulotlari sanoati (baliq, goʻsht, yogʻ-moy sanoati bundan mustasno) 5 600 24. 18 200 Goʻsht-sut sanoati 5 600 25. 18 300 Baliq maxsulotlari sanoati 5 600 26. 19 210 Don va un maxsuloti ishlab chiqarish sanoati 5 600 27. 19 220 Omuxta yem sanoati 4 600 28. 19 700 Oziq-ovqat sanoatning boshqa tarmoqlari 5 600 Sanoatning boshqa tarmoqlari 29. 19 300 Tibbiyot sanoati 5 600 30. 19 400 Poligrafiya sanoati 15 700 31. 19 740 Matodan boʻlgan buyumlarni kimyoviy tozalash, boʻyash, ularni yuvish-ishlov berish * 6 800 32. 19 900 Sanoatda xoʻjalik boshqaruvi 15 700 Qishloq xoʻjaligi 33. 21 100 Oʻsimlikshunoslik (shu jumladan issiqxona xoʻjaligi) 1 ga 2 239 600 34. 21 200 Chorvachilik va parrandachilik 2 700 35. 21 300 Baliqchilik (shu jumladan, koʻchatxona) 1 ga 2 239 600 36. Asalarichilik 1 ga 1 456 000 37. 22 200 Veterinariya xizmatlari 5 600 38. 22 300 Qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlar 5 600 39. 30 000 Oʻrmon xoʻjaligi (shu jumladan, bogʻlar) 1 ga 2 239 600 Transport va aloqa 40. 51 111 Umumfoydalanishdagi yer usti temir yoʻl transporti 5 600 41. 51 121 Transport infrastrukturasi (avtopark, taksopark, avtomobillar toʻxtash joylari, garajlar) 5 600 42. 51 121 Transport infrastrukturasi (jarima maydonchasi) 1 400 43. Avtomobillarni yuvish shohabchasi 18 000 44. Avtomobillarga yoqilgʻi qoʻyish shaxobchalari 18 000 45. 51 520 Aholi buyurtmasi boʻyicha yuk tashish xizmatlari va boshqa transport-ekspeditsiyalar xizmatlari 10 100 46. 52 100 Pochta aloqasi 5 600 47. 52 200 Kuryerlik aloqasi 11 200 48. 52 300 Elektr-sim tarmoqlari aloqasi 11 200 49. 52 300 Elektro, radio, uyali va peydjing aloqasi (antenna machta uskunalari bilan ularni tortib turuvchi simlari qotirma qoziqlari tomonlari oʻlchamlari (parametri) bilan) 47 100 Qurilish 50. 60000 Qurilish 5 600 51. 66 000 Loyihalashtirish, loyiha-tadqiqot muassasalari 5 600 52. Plastik rom va eshiklar 33 000 Savdo va umumiy ovqatlanish 53. 71 100 Ulgurji savdo 15 700 54. 71 300 Tovarlar savdosi bilan shugʻullanuvchi (xizmatlar) partiyalar, ulgurji bozor 40 300 55. Chakana savdo 15 700 56. 71 200 Umumiy ovqatlanish* 15 700 57. 71 400 Yarim tayyor yegulik maxsulotlarini tayyorlash va sotish 24 600 58. 71 500 Kitob doʻkonlari* 2 200 59. 80 000 Madaniy-maishiy va kundalik xoʻjalik ahamiyatga ega buyumlarni ijaraga berish 15 700 60. 82 000 Xalq isteʼmol mollari oldi-sotdisi boʻyicha vositachilik xizmatlari 24 600 61. 82 100 Material texnik taʼminot va sotish 15 700 62. 83 000 Axborot-hisoblash xizmatlar 15 700 63. 84 300 Internet tarmogʻi va kompyuter xizmatlarini koʻrsatish 15 700 64. 84 500 Koʻchmas mulk bilan vositachilik xizmatlari 15 700 65. 85 000 Reklama, vakillik xizmati 15 700 66. 87 100 Marketing tadqiqot, tijorat faoliyati sohasidagi konsultatsiya, moliya va boshqaruv 15 700 67. 87 300 Geologiya va resurslar qidiruvi, geodeziya va gidrometrologiya xizmati 28 000 68. 90 100 Tahririyat va nashriyot xizmatlari 9 000 69. 90 220 Metall parchalari va boshqa chiqindilarni yigʻish boʻyicha tayyorlash korxonalari 9 000 70. 90 300 Uy-joy kommunal xoʻjaligi 9 000 71. 90 300 Mehmonxona xizmatlari 17 900 72. Yotoqxona 14 000 73. 90 300 Aholi uchun noishlab chiqarish maishiy xizmatlari 9 000 74. 90 300 Sartaroshxonalar, fotosalonlar, moda atelyelari, poyabzal taʼmirlash ustaxonalari 13 500 75. 90 300 Lombardlar 20 300 76. 90 300 Hammom 27 000 77. Sauna va basseynlar 53 800 Sogʻliqni saqlash, jismoniy madaniyat va ijtimoiy taʼminot 78. 91510 Sogʻliqni saqlash* 11 200 79. 91 600 Sayyohlik va dam olish* 11 200 80. Fitobar 7 800 81. 91 911 Koʻngilochar madaniy markazlar (bilyard, oʻyin avtomatlari, oʻyoinxonalar va boshqalar) 17 900 82. 91 700 Jismoniy madaniyat va sport* 5 600 83. 9 000 84. 71 212 Dorixona muassasalari**, optika va tibbiyot uskunalarini sotish doʻkonlari 18 900 85. Sotsial dorixonalar 8 000 Taʼlim 86 92 100 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash (oʻquv kurslarini koʻshgan holda)* 9 000 87. 92 200 Ishchilar va boshqa ishlovchilarni tayyorlash hamda malakasini oshirish* 7 000 88. 92 310 Umumtaʼlim bolalar maktablari (nodavlat umumtaʼlim muassasalari uchun)* 4 600 89. Taʼlim muassasalaridagi umumiy ovqatlanish shahobchalari (oshxona, zal va yordamchi binolar)* 5 600 90. 92 400 Maktabgacha �arbiya (nodavlat taʼlim muassasalari uchun) 4 000 91. 93 000 Madaniyat va sanʼat* 15 700 92. 93 132 Koʻrgazmalar 12 100 93. 93 145 Maktabdan tashqari taʼlim* 4 600 94. 93 160 Dam olish va istirohat bogʻlari* 11 200 95. 93 170 Botanik bogʻlar va zooparklar* 11 200 96. 93 180 Tahririyat, televedeniya va radio 11 200 97. 93 620 Kinostudiya, ovoz yozish s�udiyalari 17 900 98. 95 000 Ilm-fan xizmatlari 6 800 99. Avtomaktab 10 000 Moliya-kredit faoliyati 100. 96 000 Moliyaviy, kredit (auditorlik va sugʻurta xizmatlari bundan mustasno), malaka taʼminoti 15 700 101. 84 400 Auditorlik xizmatlari 15 700 102. 96 100 Bank faoliyati 15 700 Boshqa faoliyat turlari 103. 96 200 Sugʻurta 15 700 104. 97 800 Sud va yuridik xizmati 13 500 105. 97 820 Hamkorlik va advokatlik, huquqshunoslik konsultatsiyalari 13 500 106. 98 000 Jamoatchilik birlashmalari 4 600 107. 80 200 Omborxona binolari 15 700 108. Mulkni Davlat muassasalariga idora sifatida ijaraga berish 6 800 109. Mulkni tijorat tashkilotlariga idora sifatida ijaraga berish 24 000 110. Arxiv 6 800 111. Yengil avtomobil va boshqa transport vositalarni taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish (jumladan vulkanizatsiya) 17 900 112. Laboratoriyalar 11 200 113. Toʻlovlar koʻrinishidagi xizmatlar (paynet) 45 000 114. Madaniy meros obyektlari bino va inshoatlarida savdo 24 600 115. Madaniy meros obyektlari bino va inshoatlarida umumiy ovqatlanish* 21 500 116. Aviakassalar (sh.j. temir yoʻl, transport va boshqalar) 24 600 117. Bankomat 224 400 118. Non va non mahsulotlari ishlab chiqarish 15 700
Izoh:
* Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.06.2009-yildagi 07/10-41-sonli majlis bayonining 11-bandiga muvofiq mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar KVPlar qoshida tashkil etilgan dorixona muassasalari uchun Davlat tasarrufidagi mulklardan ijara munosabatlarida foydalanish uchun nol qiymatdagi tarif stavkalari qoʻllaniladi.
** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.11.2012-yildagi 02/1-74 sonli topshirigʻiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi savdo boshqarmasi tarkibiga kiradigan yopiq shaharchalar hamda olis hududlardagi garnizonlar davlat tasarrufidagi mulklarga nisbatan nol qiymatdagi tarif stavkalari qoʻllaniladi.
*** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.07.2014-yildagi 02/107-2670-sonli topshirigʻiga asosan 2014-yil 1-avgustdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi,Qashqadaryo, Fargʻona, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri (jumladan Mirobod tumani)dagi “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati” kengashi, Oʻzbekiston Liberal Demokratik partiyalari, shu jumladan “XXI asr” ijtimoiy-iqtisodiy gazeta tahririyat uchun Partiya balansida boʻlgan Davlat tasarrufidagi mulklardan ijara munosabatlarida foydalanish boʻyicha nol qiymatdagi tarif stavkalari qoʻllaniladi.
**** Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2863-sonli qarorining 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 7-bandiga muvofiq sogʻliqni saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkidan foydalanganliklari uchun ijara toʻlovlari 20 foizga chegirilgan holda hisoblanadi.
***** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.10.2017-yildagi 834-sonli qaroriga asosan, foydalanilmayotgan shu jumladan erkin iqtisoldiy va kichik sanoat zonalari hududida joylashgan davlat mulki Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi aʼzosi boʻlgan yosh tadbirkorlarga Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining shahar hamda tuman kengashlarining iltimosiga koʻra 5 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ijara haqining “nol” stavkasi boʻyicha ijaraga beriladi.
****** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-avgustdagi № 609-20-sonli topshirigʻiga asosan Mudofaa vazirligi tasarrufidagi bino-inshootlar, asosiy vositalar va boshqa mol-mulklarni vazirlikning tizim tashkilotlariga ijara toʻlovining “nol” stavkasi asosida ijaraga beriladi.
