Respublika mintaqalarida naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari va kassa rejalari bajarilishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish va ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (315-son)
12.09.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasini pasaytirishning belgilangan koʻrsatkichlari va kassa rejalari bajarilmaganligi uchun rahbar xodimlarga jarima solish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 2-iyuldagi 230-son qarori bilan tasdiqlangan “Respublika mintaqalarida naqd pul mablagʻlari emissiyasi darajasini pasaytirish prognozlari va kassa rejalari bajarilishi uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish va ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 5-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga hamda ularning tegishli oʻrinbosarlariga — Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi tomonidan;”.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 12 centyabr,
315-son
