Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-4567-son)
17.01.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublikada tutzorlarni kengaytirish, tutchilikda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini qoʻllash hamda agrotexnika tadbirlarini samarali oʻtkazilishini ragʻbatlantirish, innovatsion gʻoyalar, ilmiy ishlanmalar va ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish orqali pillachilik tarmogʻi ozuqa bazasini koʻpaytirish, eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, shuningdek, pillachilik tarmogʻida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2020-yilda yangi tutzorlar barpo etish uchun pillachilik tarmogʻi tashkilotlariga oʻrnatilgan tartibda koʻp yillik ijara shartnomasi asosida ajratiladigan qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan yer maydonlarining hududlar kesimidagi roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
2020 — 2024-yillarda respublika hududlarida meliorativ obyektlar atrofida va qishloq xoʻjaligi yerlarida hosildorlikni koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan shamol va suv eroziyalaridan himoyalash uchun ihota tutzorlarini barpo etish prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
2020 — 2025-yillarda ipak qurti parvarishlash va tirik pilla xomashyosi yetishtirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq yangi intensiv tutzorlar barpo etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2020-yil 1-fevraldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan:
pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etgan holda yangidan tashkil etilgan tutzorlarning har bir gektariga 8 million soʻmgacha;
maydoni 10 gektar va undan ziyod gektardagi tutzorlarga suv chiqarish uchun burgʻilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming soʻmdan, ammo 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining tegishli dalolatnomasiga asosan subsidiya taqdim etiladi.
Bunda budjet mablagʻlarini oluvchilar bilan tuziladigan import shartnomalarini majburiy ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish talabi pillachilik va tutchilik tashkilotlari tomonidan suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish, suv chiqarish uchun burgʻulangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurish boʻyicha ishlar doirasida tuziladigan import shartnomalariga tatbiq etilmaydi.
Mazkur bandda koʻrsatilgan subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha xarajatlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan qoplanishi belgilab qoʻyilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda tomchilatib sugʻorish tizimlarini joriy etish, suv chiqarish uchun burgʻulangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2020-yil 1-sentabrga qadar suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning tutzorlarni tashkil etishga, suv va moddiy resurslar (elektr energiyasi, mineral oʻgʻitlar va boshqalar) iqtisod qilinishiga taʼsirini mustaqil konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda oʻrgansin va 2020-yil 15-sentabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarni joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan takliflar kiritsin;
yangidan tashkil etiladigan tutzorlarga suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish maqsadga muvofiq deb topilganda 2021-yildan boshlab Moliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda zarur mablagʻlarni koʻzda tutib borilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning 3-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan mustaqil konsalting kompaniyalarini jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasidan qoplansin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan birgalikda pillachilik tashkilotlari tomonidan tutzorlar barpo etilishini monitoring qiladi va mavjud muammolarni hal etishda amaliy yordam koʻrsatadi;
oʻtkazilgan monitoring natijalari har yili bir marta xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan muhokama qilinadi va muhokama natijalariga koʻra pillachilik tashkilotlari oʻzlariga ajratilgan yer maydonlarida bir yil davomida tutzorlar tashkil qilmagan taqdirda ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi “Respublikada pillachilik tarmogʻini jadal rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4047-son qaroriga muvofiq taqdim qilingan yer soligʻi boʻyicha imtiyozlarning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlariga asosan yer maydonlaridan samarasiz foydalanayotgan pillachilik tashkilotlariga yer soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllashni toʻxtatish chorasini koʻrsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi hududiy “Agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatlariga tegishli boʻlgan tutzorlarni tajriba sinov tariqasida aholiga oilaviy pudrat asosida 1 gektardan 3 gektargacha taqsimlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:
a) bir oy muddatda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi hududiy “Agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatlariga tegishli boʻlgan tutzorlarni aholiga oilaviy pudrat asosida taqsimlash tartibini quyidagi mexanizmlarni hisobga olgan holda ishlab chiqib, tasdiqlasin:
pillachilik tashkilotlari tomonidan aholiga tutzorlarni yangilash uchun tut koʻchatlari va pilla mavsumlarida ipak qurti urugʻini bepul tarqatish;
aholiga tutzorning but saqlanishi, tut bargi hosildorligini oshirish, yetishtirilgan pilla hajmi boʻyicha talab qoʻyilishi;
aholi tomonidan yetishtirilgan pilla hosilini sotishdan tashqari tutzorlar orasiga qoʻshimcha ekinlar ekish orqali olinadigan daromadlarni ularning oʻzlarida qoldirish;
b) 2020-yil 1-aprelga qadar tajriba sinov tariqasida 4-ilovaga muvofiq hududlardagi tutzorlarni aholiga oilaviy pudrat asosida biriktirib berilishini taʼminlasin va 2020-yil 1-noyabrga qadar tajriba sinov natijalariga asosan respublikaning qolgan hududlaridagi mavjud tutzorlarni aholiga oilaviy pudrat asosida taqsimlash boʻyicha taklif ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar:
respublikadagi mavjud tutzorlar xatlovdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
xatlov natijasida aniqlangan eskirgan, yaroqsiz tutzorlarni yangilash dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
oʻzboshimchalik bilan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun berib yuborilgan tutzorlar boʻyicha maʼlumotlarni tegishli organlarga, shu jumladan prokuratura organlariga qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda chora koʻrish uchun taqdim etsin;
b) 2020-yil yakuniga qadar pillachilik tarmogʻi tashkilotlariga ajratiladigan yerlarda kamida 5 ming gektar tutzor tashkil qilish va ularda tomchilatib sugʻorish tizimlarini joriy etish chorasini koʻrsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2020-yil 1-aprelga qadar hududlarda pillachilik tarmogʻini rivojlantirish maqsadida oʻrnatilgan tartibda xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kredit va grant mablagʻlarini jalb qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda ishsiz aholini ipak qurti boqish va agrotexnik tadbirlar oʻtkazishni oʻrgatishga moʻljallangan oʻquv kurslarini tashkil etsin hamda pilla boqishdan olinadigan daromadlar boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borsin.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda:
tizimli ravishda hududlarda yangi tutzorlar barpo etish, eskirgan tutzorlarni yangilash, pilla yetishtirish mavsumlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish boʻyicha hududiy dasturlarning ishlab chiqilishi, ijro etilishi va monitoringini taʼminlasin;
har hafta tumanlar sektorlari rahbarlari, tegishli davlat organlarining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda pillachilik tarmogʻidagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida pillachilik tashkilotlari bilan uchrashuvlarni, pilla yetishtirish mavsumlarida esa kasanachilar xonadonlariga borishni tashkil etsin;
pillachilik tarmogʻini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish, shuningdek, hududlarda mavjud muammolarni hal etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi va “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda grant mablagʻlari hisobidan:
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tasarrufidagi naslli ipak qurti urugʻi yetishtiruvchi muassasalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularni moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash;
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi huzurida pilla va ipak sifatini aniqlash boʻyicha ixtisoslashgan zamonaviy laboratoriya tashkil qilish choralarini koʻrsin.
13. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda respublikada tayyorlanayotgan tut urugʻlari sifat koʻrsatkichlarini nazorat qilish hamda tutchilikka ixtisoslashgan xoʻjaliklar tomonidan kafolatlangan tut koʻchatlarini sotish tizimini yoʻlga qoʻysin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent davlat agrar universitetining ipakchilik va tutchilik yoʻnalishida kadrlarni tayyorlash sohasiga oid hamkorligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha taklifi maʼqullansin.
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda:
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutida ipakchilik va tutchilik mutaxassisliklari boʻyicha talabalarga mashgʻulotlar oʻtkazish uchun zarur oʻquv korpusi ajratilishini, uning taʼmirlanishini, zamonaviy oʻquv va ilmiy-laboratoriya uskunalari, mebel, inventarlar bilan jihozlanishini taʼminlasin;
Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa ilgʻor xorijiy davlatlardagi ipakchilik va tutchilikka ixtisoslashgan taʼlim va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda ulardagi malakali professor-oʻqituvchilar va mutaxassislarni oʻquv jarayoni va malaka oshirish kurslariga jalb etish choralarini koʻrsin.
15. Belgilab qoʻyilsinki, 2020-yil 1-fevraldan boshlab Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti rahbar xodimlarining ish haqi budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov — mazkur qaror ijrosini sifatli, toʻliq va oʻz vaqtida taʼminlasin, unda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har oyda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari — mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq hududlarda yangi tutzorlar barpo etish uchun “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tavsiyasiga asosan pillachilik tarmogʻi tashkilotlariga qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan yer maydonlarini ajratsin;
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi B.Q. Sharipov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari — tutzorlar tashkil qilish, ularda tomchilatib sugʻorish tizimlarini joriy etish, mavjud tutzorlarni aholiga oilaviy pudrat asosida taqsimlash va sifatli pilla yetishtirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi B.Q. Sharipov — respublika hududlarida meliorativ obyektlar atrofida va qishloq xoʻjaligi yerlarida shamol va suv eroziyalaridan himoyalash uchun ihota tutzorlarini barpo etish choralarini koʻrsin;
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.D. Xadjayev — mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, matbuot anjumanlari, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-yanvar,
PQ-4567-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi PQ-4567-son qaroriga 1-ILOVA
2020-yilda yangi tutzorlar barpo etish uchun pillachilik tarmogʻi tashkilotlariga oʻrnatilgan tartibda koʻp yillik ijara shartnomasi asosida ajratiladigan qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan yer maydonlarining hududlar kesimidagi
ROʻYXATI
T/r Hududlar nomi Yangi tutzorlar uchun ajratiladigan yer maydoni (gektar) 2020-yilda rekonstruksiya qilinadigan yaroqsiz tutzorlar maydoni (gektar) 2020-yil 1-choragida 2020-yil 4-choragida Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Toʻrtkoʻl tumani 62 188 36,3 2. Ellikqalʼa tumani 62 188 8,5 3. Amudaryo tumani 50 35 1,8 4. Beruniy tumani 25 150 18,2 5. Qonlikoʻl tumani 5 37 — 6. Kegeyli tumani 9 35 1,4 7. Nukus tumani 5 15 — 8. Taxiatosh tumani 5 15 12,1 9. Xoʻjayli tumani 13 15 1,8 10. Chimboy tumani 9 26 — 11. Shumanay tumani 5 46 — Jami 250 750 80,1 Andijon viloyati 1. Andijon tumani 12 38 37,4 2. Izboskan tumani 13 37 68,7 3. Marhamat tumani 27 73 26,6 4. Paxtaobod tumani 13 37 7,2 5. Baliqchi tumani 20 60 20,4 6. Boʻz tumani 19 56 27,4 7. Ulugʻnor tumani 19 56 10,4 8. Asaka tumani 13 37 73,8 9. Oltinkoʻl tumani 13 37 42,6 10. Xoʻjaobod tumani 12 38 2,7 11. Shahrixon tumani 13 37 29,2 12. Jalaquduq tumani 12 38 15,1 13. Qoʻrgʻontepa tumani 13 37 — 14. Buloqboshi tumani 18 52 7,8 Jami 217 633 369,3 Buxoro viloyati 1. Buxoro tumani 50 200 12,9 2. Gʻijduvon tumani 50 200 44,5 3. Peshku tumani 50 125 — 4. Romitan tumani 75 200 68,5 5. Shofirkon tumani 50 100 — 6. Jondor tumani 100 225 24,2 7. Olot tumani 50 200 15,4 8. Qorakoʻl tumani 75 250 45,1 9. Vobkent tumani 79 236 34,8 10. Kogon tumani 35 100 63,7 11. Qorovulbozor tumani 30 70 — Jami 644 1 906 309,1 Jizzax viloyati 1. Zafarobod tumani 60 78 42,9 2. Doʻstlik tumani — 113 36 3. Paxtakor tumani 25 75 22,8 4. Forish tumani 13 36 8 5. Baxmal tumani 25 75 18,5 6. Sh. Rashidov tumani 23 67 130,2 7. Yangiobod tumani — — 8,3 8. Zomin tumani 25 75 75,3 9. Zarbdor tumani 28 82 21,8 10. Arnasoy tumani 25 75 45,9 11. Gʻallaorol tumani 38 112 126,3 12. Mirzachoʻl tumani 38 112 38,1 Jami 300 900 574,1 Qashqadaryo viloyati 1. Gʻuzor tumani — — 148,3 2. Dehqonobod tumani — — 13,1 3. Qamashi tumani — — 106,1 4. Qarshi tumani — — 139,2 5. Koson tumani — — 143,8 6. Mirishkor tumani — — 83,5 7. Muborak tumani — — 50,9 8. Nishon tumani — — 107 9. Kasbi tumani — — 154 10. Kitob tumani 137 413 148,2 11. Chiroqchi tumani 200 600 122,6 12. Shahrisabz tumani 25 75 147,9 13. Yakkabogʻ tumani 200 600 160,9 Jami 562 1 688 1 525,5 Navoiy viloyati 1. Karmana tumani 35 — 18 2. Nurota tumani 15 — 4 3. Xatirchi tumani — 55 23,9 4. Qiziltepa tumani — 55 25,1 5. Konimex tumani — 10 1,2 6. Navbahor tumani — 30 24,8 Jami 50 150 97 Namangan viloyati 1. Mingbuloq tumani 25 75 11,5 2. Pop tumani 25 75 28 3. Chust tumani 24 75 20 4. Kosonsoy tumani — — 22 5. Yangiqoʻrgʻon tumani — — 40 6. Namangan tumani — — 15 7. Norin tumani 13 37,5 5 8. Uchqoʻrgʻon tumani 13 37,5 — 9. Toʻraqoʻrgʻon tumani — — 45 10. Uychi tumani — — 15 11. Chortoq tumani 50 150 9 Jami 150 450 210,5 Samarqand viloyati 1. Bulungʻur tumani 38 112 135,7 2. Urgut tumani 63 188 23,0 3. Nurobod tumani 12 36 18,0 4. Ishtixon tumani — — 13,0 5. Qoʻshrabot tumani — — 97,3 6. Paxtachi tumani 75 225 14,5 7. Kattaqoʻrgʻon tumani 63 188 33,4 8. Jomboy tumani — — 73 9. Payariq tumani 63 188 49,0 10. Samarqand tumani — — 10,2 11. Narpay tumani 74 225 152,5 12. Pastdargʻom tumani 74 224 65,2 13. Toyloq tumani — — — 14. Oqdaryo tumani — — — Jami 462 1 386 684,8 Surxondaryo viloyati 1. Angor tumani 28 83 7,6 2. Boysun tumani 25 75 8,4 3. Jarqoʻrgʻon tumani 75 225 21 4. Qiziriq tumani 15 45 12,3 5. Muzrabot tumani 55 165 22,4 6. Sherobod tumani 28 83 34,2 7. Denov tumani 100 300 5,9 8. Uzun tumani — — 17,9 9. Sariosiyo tumani 25 75 — 10. Termiz tumani 53 158 23 11. Oltinsoy tumani 55 165 13 12. Shoʻrchi tumani 75 225 24,5 13. Qumqoʻrgʻon tumani 76 231 43,6 14. Bandixon tumani 15 45 — Jami 625 1 875 233,8 Sirdaryo viloyati 1. Boyovut tumani 24 71 33 2. Guliston tumani 25 74 64,4 3. Mirzaobod tumani 46 141 43,9 4. Oqoltin tumani 37 110 50,2 5. Sardoba tumani 36 109 36,2 6. Sayxunobod tumani 25 74 — 7. Sirdaryo tumani 26 79 38,6 8. Xovos tumani 31 92 61 Jami 250 750 327,3 Toshkent viloyati 1. Bekobod tumani 25 75 100 2. Yangiyoʻl tumani 37 112 9 3. Chinoz tumani 37 112 90 4. Boʻka tumani 50 150 80 5. Oʻrtachirchiq tumani 50 150 9 6. Oqqoʻrgʻon tumani 38 113 — 7. Boʻstonliq tumani 25 75 84,5 8. Quyichirchiq tumani 38 113 30 9. Yuqorichirchiq tumani — — 5 10. Piskent tumani 25 75 40 11. Ohangaron tumani 25 75 20 Jami 350 1 050 467,5 Fargʻona viloyati 1. Beshariq tumani 38 213 67 2. Dangʻara tumani 38 112 53 3. Oʻzbekiston tumani 37 113 323 4. Quvasoy shahar 11 34 28 5. Furqat tumani 37 112 — 6. Qoʻshtepa tumani 40 120 9 7. Bagʻdod tumani 40 120 37 8. Buvayda tumani 40 120 9 9. Oltiariq tumani 40 120 92 10. Fargʻona shahar 1 2 — 11. Fargʻona tumani 40 120 27 12. Quva tumani 40 120 3 13. Toshloq tumani 40 120 28 14. Yozyovon tumani 40 120 25 15. Soʻx tumani 1 4 3 16. Uchkoʻprik tumani 40 120 31 17. Rishton tumani 40 120 — Jami 563 1 790 735 Xorazm viloyati 1. Bogʻot tumani 25 75 15,1 2. Hazorasp tumani 50 150 63,2 3. Xonqa tumani 25 75 3,4 4. Gurlan tumani 62 187 5,1 5. Qoʻshkoʻpir tumani 50 150 8,3 6. Xiva tumani 87 262 1,5 7. Shovot tumani 50 150 6,1 8. Urganch tumani 75 225 31 9. Yangiariq tumani 75 225 36,7 10. Yangibozor tumani 63 188 6,2 Jami: 562 1 687 176,6 Respublika boʻyicha jami: 4 985 15 015 5 790,6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi PQ-4567-son qaroriga 2-ILOVA
2020 — 2024-yillarda respublika hududlarida meliorativ obyektlar atrofida va qishloq xoʻjaligi yerlarida shamol va suv eroziyalaridan himoyalash uchun ihota tutzorlarni barpo etish
PROGNOZ PARAMETRLARI
T/r Hududlar nomi 2020 — 2024-yillarda ihota tutzorlari barpo qilish hajmi shu jumladan 2020-yilda 2021-yilda 2022-yilda 2023-yilda 2024-yilda gektar ming tup gektar ming tup gektar ming tup gektar ming tup gektar ming tup gektar ming tup 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1210 1820 210 316 250 376 250 376 250 376 250 376 2. Andijon viloyati 695 1288 95 176 150 278 150 278 150 278 150 278 3. Buxoro viloyati 1100 2200 220 440 220 440 220 440 220 440 220 440 4. Jizzax viloyati 980 1789 180 329 200 365 200 365 200 365 200 365 5. Qashqadaryo viloyati 1045 1990 205 390 210 400 210 400 210 400 210 400 6. Navoiy viloyati 695 1218 95 166 150 263 150 263 150 263 150 263 7. Namangan viloyati 675 1249 115 213 140 259 140 259 140 259 140 259 8. Samarqand viloyati 700 1358 100 194 150 291 150 291 150 291 150 291 9. Surxondaryo viloyati 1015 1961 135 261 220 425 220 425 220 425 220 425 10. Sirdaryo viloyati 795 1421 155 277 160 286 160 286 160 286 160 286 11. Toshkent viloyati 945 1791 145 275 200 379 200 379 200 379 200 379 12. Fargʻona viloyati 1240 2321 240 449 250 468 250 468 250 468 250 468 13. Xorazm viloyati 925 1582 125 214 200 342 200 342 200 342 200 342 Jami 12020 21988 2 020 3700 2500 4572 2500 4572 2500 4572 2500 4572
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi PQ-4567-son qaroriga 3-ILOVA
2020 — 2025-yillarda ipak qurti parvarishlash va tirik pilla xom ashyosi yetishtirishning asosiy maqsadli
KOʻRSATKICHLARI
T/r Hududlar nomi Yillar boʻyicha 2020-yil 2021-yil 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil quti tonna quti tonna quti tonna quti tonna quti tonna quti tonna Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Toʻrtkoʻltumani 2 782 153 2 924 163 3 074 175 3 232 188 3 400 201 3 644 219 2. Ellikqalʼa tumani 2 571 142 2 702 153 2 840 162 2 986 173 3 141 185 3 367 202 3. Beruniy tumani 2 452 135 2 577 143 2 709 154 2 849 165 2 997 177 3 212 193 4. Amudaryo tumani 3 768 207 3 960 221 4 163 237 4 378 254 4 605 272 4 936 296 5. Xoʻjayli tumani 346 19 364 20 383 22 404 23 425 25 456 27 6. Taxiatosh tumani 276 15 290 16 305 17 321 19 338 20 362 22 7. Shumanay tumani 38 2 40 3 42 3 44 3 46 3 50 3 8. Qonlikoʻl tumani 26 1 27 2 28 2 29 2 30 2 32 2 9. Nukus tumani 26 1 27 2 28 2 29 2 30 2 32 2 10. Kegeyli tumani 251 14 264 15 278 16 292 17 307 18 329 20 11. Chimboy tumani 191 11 200 11 210 11 221 12 232 13 249 14 Jami: 12 727 700 13 375 749 14 060 801 14 785 858 15 551 918 16 669 1 000 Andijon viloyati 1. Andijon tumani 3 851 212 4 048 227 4 255 243 4 475 260 4 707 278 5 046 303 2. Izboskan tumani 3 925 216 4 125 231 4 336 247 4 560 265 4 797 283 5 140 309 3. Marhamat tumani 3 965 218 4 167 233 4 381 250 4 607 267 4 846 286 5 194 312 4. Paxtaobod tumani 4 295 236 4 514 253 4 745 270 4 987 289 5 246 310 5 623 337 5. Baliqchi tumani 5 560 306 5 843 327 6 143 350 6 460 375 6 795 401 7 284 437 6. Boʻz tumani 1 850 102 1 944 109 2 044 117 2 150 125 2 261 133 2 424 145 7. Ulugʻnor tumani 1 190 65 1 251 70 1 315 75 1 383 80 1 454 86 1 559 94 8. Asaka tumani 4 550 250 4 782 268 5 027 287 5 286 307 5 561 328 5 960 358 9. Oltinkoʻl tumani 3 080 168 3 237 181 3 403 193 3 578 207 3 764 222 4 035 242 10. Xoʻjaobod tumani 1 630 90 1 712 96 1 800 103 1 893 110 1 991 117 2 135 128 11. Shahrixon tumani 5 340 294 5 610 314 5 896 336 6 200 360 6 520 385 6 985 419 12. Jalaquduq tumani 3 500 193 3 678 206 3 867 220 4 066 236 4 277 252 4 585 275 13. Qoʻrgʻontepa tumani 4 210 232 4 424 248 4 651 265 4 891 284 5 145 304 5 514 331 14. Buloqboshi tumani 2 454 135 2 579 144 2 711 155 2 851 163 2 999 176 3 215 192 Jami: 49 400 2 717 51 914 2 907 54 574 3 111 57 387 3 328 60 363 3 561 64 699 3 882 Buxoro viloyati 1. Buxoro tumani 3 535 195 3 464 195 3 641 207 3 829 222 4 027 237 4 317 259 2. Vobkent tumani 4 564 251 4 796 267 5 042 287 5 302 307 5 577 330 5 977 359 3. Jondor tumani 5 544 305 5 826 326 6 125 349 6 440 374 6 774 400 7 260 436 4. Kogon tumani 2 460 135 2 585 145 2 718 155 2 858 165 3 007 177 3 222 193 5. Qorakoʻl tumani 4 356 240 4 578 256 4 812 275 5 060 294 5 322 315 5 705 342 6. Olot tumani 3 190 175 3 352 188 3 524 200 3 706 214 3 898 230 4 178 251 7. Peshku tumani 2 530 140 2 659 150 2 795 160 2 939 172 3 092 182 3 314 199 8. Romitan tumani 3 096 170 3 505 196 3 684 210 3 874 224 4 075 240 4 368 262 9. Shofirkon tumani 3 190 175 3 352 188 3 524 202 3 706 216 3 898 230 4 178 251 10. Gʻijduvon tumani 7 535 414 7 919 443 8 324 474 8 753 507 9 207 543 9 869 591 Jami: 40 000 2 200 42 036 2 354 44 189 2 519 46 467 2 695 48 877 2 884 52 388 3 143 Jizzax viloyati 1. Arnasoy tumani 993 55 1 045 59 1 097 63 1 155 67 1 220 72 1 300 78 2. Baxmal tumani 1 157 64 1 214 68 1 281 73 1 340 78 1 406 83 1 500 90 3. Doʻstlik tumani 1 270 70 1 348 76 1 417 81 1 491 87 1 542 91 1 667 100 4. Gʻallaorol tumani 1 210 67 1 259 70 1 316 75 1 387 81 1 457 86 1 550 93 5. Sh. Rashidov tumani 2 130 116 2 232 125 2 344 133 2 464 143 2 592 153 2 767 166 6. Zomin tumani 674 37 705 39 755 43 810 47 852 50 917 55 7. Zarbdor tumani 1 157 64 1 214 68 1 281 73 1 348 78 1 418 84 1 517 91 8. Zafarobod tumani 929 50 964 54 1 018 58 1 068 62 1 126 67 1 208 73 9. Mirzachoʻl tumani 1 047 58 1 108 62 1 158 66 1 215 70 1 279 75 1 367 82 10. Paxtakor tumani 1 211 67 1 286 72 1 348 77 1 413 82 1 487 88 1 609 96 11. Forish tumani 729 40 768 43 799 45 836 48 876 52 933 56 12. Yangiobod tumani 220 12 232 13 246 14 258 15 296 17 334 20 Jami: 12 727 700 13 375 749 14 060 801 14 785 858 15 551 918 16 669 1 000 Qashqadaryo viloyati 1. Gʻuzor tumani 1 710 94 1 797 101 1 889 108 1 986 115 2 089 123 2 240 134 2. Dehqonobod tumani 164 9 172 10 181 11 191 11 200 12 215 13 3. Qarshi tumani 3 528 194 3 708 208 3 897 222 4 098 237 4 311 254 4 620 277 4. Koson tumani 3 637 200 3 822 214 4 018 229 4 225 245 4 444 262 4 763 286 5. Qamashi tumani 2 818 155 2 961 166 3 113 177 3 274 193 3 443 203 3 690 222 6. Kitob tumani 4 546 250 4 777 267 5 022 286 5 281 306 5 555 328 5 954 357 7. Mirishkor tumani 1 090 60 1 145 64 1 204 69 1 266 73 1 332 79 1 428 86 8. Muborak tumani 690 38 727 41 762 43 802 46 843 50 904 55 9. Nishon tumani 1 180 65 1 240 69 1 304 74 1 370 79 1 442 85 1 545 93 10. Kasbi tumani 3 910 215 4 109 230 4 319 246 4 542 263 4 778 282 5 121 307 11. Chiroqchi tumani 3 855 212 4 051 227 4 259 243 4 478 260 4 711 278 5 049 303 12. Shahrisabz tumani 4 636 255 4 872 273 5 122 292 5 386 312 5 665 334 6 072 364 13. Yakkabogʻ tumani 4 600 253 4 834 270 5 082 290 5 344 310 5 621 332 6 025 361 Jami: 36 364 2 000 38 215 2 140 40 172 2 290 42 243 2 450 44 434 2 622 47 626 2 858 Navoiy viloyati 1. Qiziltepa tumani 4 782 263 5 055 283 5 333 304 5 625 326 5 934 350 6 380 383 2. Konimex tumani 73 4 73 4 70 4 86 5 95 6 117 7 3. Navbahor tumani 4 000 220 4 198 235 4 421 252 4 649 270 4 897 289 5 249 315 4. Karmana tumani 1 928 106 1 947 109 2 018 115 2 088 121 2 153 127 2 233 134 5. Nurota tumani 345 19 375 21 404 23 415 24 439 26 467 28 6. Xatirchi tumani 5 055 278 5 359 300 5 632 321 5 936 344 6 256 369 6 749 405 Jami: 16 183 890 17 007 952 17 878 1 019 18 799 1 090 19 774 1 167 21 195 1 272 Namangan viloyati 1. Mingbuloq tumani 2 620 144 2 753 154 2 894 165 3 043 176 3 203 189 3 433 206 2. Kosonsoy tumani 2 657 146 2 794 156 2 936 167 3 087 180 3 247 192 3 480 209 3. Namangan tumani 3 031 167 3 186 178 3 349 191 3 522 204 3 704 219 3 970 238 4. Norin tumani 3 031 167 3 186 178 3 349 191 3 522 204 3 704 219 3 970 238 5. Pop tumani 2 620 144 2 753 154 2 894 165 3 043 176 3 201 189 3 431 206 6. Toʻraqoʻrgʻon tumani 2 921 161 3 068 173 3 225 184 3 390 198 3 567 210 3 823 229 7. Uychi tumani 3 031 166 3 186 179 3 349 191 3 522 204 3 704 218 3 970 238 8. Uchqoʻrgʻon tumani 3 031 167 3 186 178 3 349 191 3 522 204 3 704 218 3 970 238 9. Chortoq tumani 3 031 167 3 186 178 3 349 191 3 522 204 3 704 218 3 970 238 10. Chust tumani 3 031 166 3 186 179 3 350 191 3 525 204 3 708 219 3 974 240 11. Yangiqoʻrgʻon tumani 2 996 165 3 145 176 3 306 188 3 476 202 3 656 216 3 920 235 Jami: 32 000 1 760 33 629 1 883 35 351 2 015 37 174 2 156 39 102 2 307 41 911 2 515 Samarqand viloyati 1. Bulungʻur tumani 1 856 102 1 946 109 2 045 117 2 155 125 2 270 134 2 433 146 2. Urgut tumani 4 693 258 4 930 276 5 180 295 5 448 316 5 729 338 6 133 368 3. Nurobod tumani 230 13 250 14 280 16 293 17 305 18 333 20 4. Ishtixon tumani 5 520 303 5 805 325 6 100 348 6 414 372 6 746 398 7 233 434 5. Qoʻshrabot tumani 530 29 535 30 562 32 586 34 610 36 650 39 6. Paxtachi tumani 4 069 224 4 285 240 4 504 257 4 741 275 5 000 295 5 367 322 7. Kattaqoʻrgʻon tumani 5 520 304 5 805 325 6 100 348 6 414 372 6 746 398 7 233 434 8. Jomboy tumani 4 775 263 5 018 281 5 274 301 5 552 322 5 846 345 6 267 376 9. Payariq tumani 4 683 257 4 930 276 5 180 295 5 449 316 5 728 338 6 133 368 10. Samarqand tumani 1 127 62 1 180 66 1 238 71 1 310 76 1 373 81 1 467 88 11. Narpay tumani 4 600 253 4 840 271 5 086 290 5 345 310 5 627 332 6 033 362 12. Pastdargʻom tumani 4 547 250 4 767 267 5 011 286 5 259 305 5 525 326 5 918 355 13. Oqdaryo tumani 4 670 257 4 910 275 5 162 293 5 432 315 5 712 337 6 134 368 14. Toyloq tumani 2 530 139 2 661 149 2 796 159 2 931 170 3 085 182 3 300 198 Jami: 49 350 2 714 51 862 2 904 54 518 3 108 57 329 3 325 60 302 3 558 64 634 3 878 Surxondaryo viloyati 1. Angor tumani 2 335 128 2 454 137 2 580 147 2 713 157 2 854 168 3 058 184 2. Boysun tumani 914 50 958 54 1 007 57 1 058 61 1 113 66 1 194 72 3. Termiz tumani 1 964 108 2 064 116 2 168 124 2 281 132 2 400 142 2 572 154 4. Qiziriq tumani 2 178 120 2 289 128 2 406 137 2 530 147 2 661 157 2 853 171 5. Muzrabot tumani 2 103 116 2 210 124 2 323 132 2 443 142 2 570 152 2 754 165 6. Sherobod tumani 2 630 145 2 765 155 2 906 166 3 056 177 3 215 190 3 445 207 7. Jarqoʻrgʻon tumani 3 823 210 4 020 225 4 226 241 4 444 258 4 674 276 5 010 301 8. Qumqoʻrgʻon tumani 3 823 210 4 020 225 4 226 241 4 444 258 4 674 276 5 010 301 9. Oltinsoy tumani 1 925 106 2 023 113 2 126 121 2 236 130 2 352 139 2 521 151 10. Shoʻrchi tumani 2 800 154 2 943 165 3 094 176 3 254 189 3 423 202 3 668 220 11. Denov tumani 2 647 146 2 782 156 2 925 167 3 076 178 3 235 190 3 468 208 12. Sariosiyo tumani 658 36 689 39 727 41 762 44 801 47 859 51 13. Uzun tumani 1 290 71 1 354 75 1 424 82 1 497 87 1 575 92 1 688 101 Jami: 29 090 1 600 30 571 1 712 32 138 1 832 33 794 1 960 35 547 2 097 38 100 2 286 Sirdaryo viloyati 1. Boyovut tumani 1 583 87 1 660 93 1 755 100 1 845 107 1 931 114 2 084 125 2. Guliston tumani 1 583 87 1 660 93 1 755 100 1 845 107 1 931 114 2 067 124 3. Mirzaobod tumani 1 055 58 1 107 62 1 159 66 1 224 71 1 287 76 1 383 83 4. Oqoltin tumani 1 055 58 1 107 62 1 159 66 1 224 71 1 287 76 1 383 83 5. Sardoba tumani 1 055 58 1 107 62 1 159 66 1 224 71 1 287 76 1 383 83 6. Sayxunobod tumani 1 582 87 1 660 93 1 755 100 1 845 107 1 950 115 2 067 124 7. Sirdaryo tumani 1 582 87 1 679 94 1 755 100 1 845 107 1 931 114 2 067 124 8. Xovos tumani 1 055 58 1 107 62 1 159 66 1 204 70 1 287 76 1 383 83 Jami: 10 550 580 11 087 621 11 655 664 12 256 711 12 891 761 13 817 829 Toshkent viloyati 1. Bekobod tumani 3 162 174 3 330 186 3 500 200 3 690 214 3 890 230 4 180 251 2. Boʻka tumani 2 937 162 3 100 174 3 270 186 3 450 200 3 636 215 3 900 234 3. Oʻrtachirchiq tumani 2 157 119 2 270 127 2 390 136 2 515 146 2 640 156 2 830 170 4. Yangiyoʻl tumani 1 806 99 1 900 106 2 000 114 2 100 122 2 200 130 2 350 141 5. Chinoz tumani 2 327 128 2 430 136 2 550 145 2 680 155 2 820 166 3 025 181 6. Ohangaron tumani 1 909 105 2 010 113 2 100 120 2 205 128 2 320 137 2 480 149 7. Yuqorichirchiq tumani 2 599 143 2 732 153 2 871 165 3 020 175 3 180 188 3 410 205 8. Piskent tumani 2 327 128 2 440 137 2 570 146 2 700 157 2 840 168 3 041 182 9. Oqqoʻrgʻon tumani 2 598 143 2 740 153 2 880 164 3 020 175 3 180 188 3 410 205 10. Quyichirchiq tumani 2 576 142 2 700 151 2 850 162 3 000 174 3 160 186 3 390 203 11. Boʻstonliq tumani 1 582 86 1 650 93 1 720 98 1 800 104 1 880 109 2 010 121 Jami: 25 980 1 429 27 302 1 529 28 701 1 636 30 180 1 750 31 746 1 873 34 026 2 042 Fargʻona viloyati 1. Beshariq tumani 3 200 176 3 360 188 3 530 201 3 639 212 3 899 230 4 176 251 2. Dangʻara tumani 2 900 160 3 045 170 3 198 182 3 309 192 3 532 208 3 783 227 3. Oʻzbekiston tumani 2 800 154 2 940 165 3 088 176 3 214 186 3 410 202 3 652 219 4. Qoʻshtepa tumani 1 850 102 1 945 109 2 044 116 2 172 126 2 261 133 2 423 145 5. Furqat tumani 2 500 137 2 637 147 2 783 159 2 919 169 3 099 183 3 336 200 6. Quvasoy shahar 520 29 546 30 575 33 663 38 635 37 681 41 7. Bagʻdod tumani 2 500 137 2 627 147 2 762 157 2 550 148 3 055 180 3 274 196 8. Oltiariq tumani 2 200 121 2 312 129 2 430 139 2 550 148 2 688 159 2 881 173 9. Fargʻona tumani 2 700 149 2 837 159 2 983 170 3 118 181 3 299 195 3 536 212 10. Quva tumani 2 750 151 2 890 162 3 038 173 3 164 183 3 360 199 3 602 216 11. Fargʻona shahar 300 16 316 18 331 19 472 27 368 22 394 24 12. Buvayda tumani 2 000 110 2 102 118 2 209 126 2 503 145 2 444 144 2 619 157 13. Toshloq tumani 2 600 143 2 732 153 2 872 164 2 928 171 3 177 187 3 405 204 14. Yozyovon tumani 1 650 91 1 731 97 1 818 104 2 034 118 2 006 118 2 145 129 15. Soʻx tumani 520 29 547 31 575 33 663 38 635 37 681 41 16. Uchkoʻprik tumani 2 715 149 2 853 160 2 999 171 3 117 181 3 317 196 3 556 213 17. Rishton tumani 1 750 96 1 839 104 1 933 110 2 172 126 2 138 126 2 292 138 Jami: 35 455 1 950 37 259 2 087 39 168 2 233 41 187 2 389 43 323 2 556 46 436 2 786 Xorazm viloyati 1. Bogʻot tumani 3 505 193 3 683 206 3 872 221 4 072 236 4 283 253 4 591 275 2. Gurlan tumani 3 046 168 3 201 180 3 365 192 3 538 206 3 722 219 3 989 240 3. Qoʻshkoʻpir tumani 3 658 201 3 844 215 4 041 230 4 249 246 4 470 264 4 791 287 4. Urganch tumani 2 742 151 2 882 161 3 030 173 3 186 185 3 351 198 3 592 216 5. Hazorasp tumani 3 505 193 3 683 206 3 872 221 4 072 236 4 283 253 4 591 275 6. Xonqa tumani 3 658 201 3 844 215 4 041 230 4 249 246 4 469 264 4 790 287 7. Xiva tumani 2 743 151 2 883 161 3 030 173 3 186 185 3 351 198 3 592 215 8. Shovot tumani 3 505 192 3 683 207 3 872 221 4 072 236 4 283 252 4 591 276 9. Yangiariq tumani 2 819 155 2 963 166 3 114 177 3 275 190 3 445 203 3 692 222 10. Yangibozor tumani 2 819 155 2 963 166 3 114 177 3 275 190 3 445 203 3 692 222 Jami: 32 000 1 760 33 629 1 883 35 351 2 015 37 174 2 156 39 102 2 307 41 911 2 515 Respublika boʻyicha jami: 381 826 21 000 401 261 22 470 421 815 24 044 443 560 25 726 466 563 27 529 500 081 30 006
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi PQ-4567-son qaroriga 4-ILOVA
Tajriba sinov tariqasida aholiga oilaviy pudrat asosida biriktirib beriladigan tutzorlar hududlari va maydoni
T/r Hududlar nomi Tutzor maydoni, gektar Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Toʻrtkoʻl tumani 111,9 2. Beruniy tumani 111,3 3. Ellikqalʼa tumani 128,5 4. Amudaryo tumani 164,2 5. Xoʻjayli tumani 25,0 6. Taxiatosh tumani 27,2 7. Kegeyli tumani 4,6 8. Chimboy tumani 13,0 Hudud boʻyicha jami 585,7 Andijon viloyati 1. Andijon tumani 135,6 2. Asaka tumani 78,3 3. Baliqchi tumani 121,5 4. Buloqboshi tumani 54,9 5. Boʻz tumani 37,8 6. Jalaquduq tumani 115,8 7. Izboskan tumani 86,6 8. Ulugʻnor tumani 37,1 9. Marhamat tumani 112,0 10. Oltinkoʻl tumani 42,3 11. Paxtaobod tumani 112,9 12. Xoʻjaobod tumani 72,2 13. Shahrixon tumani 38,3 14. Qoʻrgʻontepa tumani 158,4 Hudud boʻyicha jami 1 203,7 Buxoro viloyati 1. Vobkent tumani 73,8 2. Kogon tumani 74,5 3. Peshku tumani 45,0 4. Gʻijduvon tumani 58,4 5. Shofirkon tumani 33,2 6. Jondor tumani 72,7 7. Qorakoʻl tumani 38,1 8. Olot tumani 54,3 9. Buxoro tumani 69,3 10. Romitan tumani 62,3 Hudud boʻyicha jami 581,6 Jizzax viloyati 1. Arnasoy tumani 20,3 2. Baxmal tumani 19,4 3. Gʻallaorol tumani 20,1 4. Sh. Rashidov tumani 21,4 5. Doʻstlik tumani 19,6 6. Zomin tumani 24,5 7. Zarbdor tumani 6,7 8. Zafarobod tumani 24,1 9. Mirzachoʻl tumani 19,5 10. Paxtakor tumani 21,8 11. Forish tumani 18,0 12. Yangiobod tumani 21,1 Hudud boʻyicha jami 236,5 Qashqadaryo viloyati 1. Gʻuzor tumani 68,9 2. Dehqonobod tumani 25,0 3. Qarshi tumani 228,0 4. Koson tumani 317,9 5. Qamashi tumani 173,6 6. Kitob tumani 175,5 7. Mirishkor tumani 70,2 8. Muborak tumani 26,4 9. Nishon tumani 46,9 10. Kasbi tumani 123,3 11. Chiroqchi tumani 109,9 12. Shahrisabz tumani 200,2 13. Yakkabogʻ tumani 185,1 Hudud boʻyicha jami 1750,9 Navoiy viloyati 1. Qiziltepa tumani 38,7 2. Karmana tumani 34,4 3. Konimex tumani 3,9 4. Navbahor tumani 46,3 5. Nurota tumani 33,4 6. Xatirchi tumani 53,5 Hudud boʻyicha jami 210,2 Namangan viloyati 1. Mingbuloq tumani 40,0 2. Kosonsoy tumani 39,3 3. Namangan tumani 23,3 4. Norin tumani 43,8 5. Pop tumani 29,4 6. Toʻraqoʻrgʻon tumani 49,3 7. Uychi tumani 62,1 8. Uchqoʻrgʻon tumani 36,2 9. Chortoq tumani 45,3 10. Chust tumani 52,8 11. Yangiqoʻrgʻon tumani 78,7 Hudud boʻyicha jami 500,2 Samarqand viloyati 1. Bulungʻur tumani 199,8 2. Jomboy tumani 233,6 3. Ishtixon tumani 91,1 4. Kattaqoʻrgʻon tumani 43,9 5. Narpay tumani 107,0 6. Nurobod tumani 12,9 7. Oqdaryo tumani 102,9 8. Pastdargʻom tumani 236,9 9. Paxtachi tumani 32,6 10. Payariq tumani 61,2 11. Samarqand tumani 32,6 12. Toyloq tumani 125,4 13. Urgut tumani 250,5 14. Qoʻshrabot tumani 36,2 Hudud boʻyicha jami 1566,6 Surxondaryo viloyati 1. Angor tumani 75,6 2. Boysun tumani 27,0 3. Denov tumani 56,0 4. Jarqoʻrgʻon tumani 149,0 5. Qiziriq tumani 33,5 6. Qumqoʻrgʻon tumani 46,5 7. Muzrabot tumani 25,6 8. Oltinsoy tumani 56,3 9. Termiz tumani 62,5 10. Uzun tumani 22,6 11. Sherobod tumani 43,9 12. Shoʻrchi tumani 66,1 13. Sariosiyo tumani 0,0 Hudud boʻyicha jami 664,6 Sirdaryo viloyati 1. Boyovut tumani 64,9 2. Guliston tumani 36,1 3. Mirzaobod tumani 33,6 4. Oqoltin tumani 18,6 5. Sardoba tumani 36,6 6. Sayxunobod tumani 26,2 7. Sirdaryo tumani 27,0 8. Xovos tumani 22,1 Hudud boʻyicha jami 265,1 Toshkent viloyati 1. Oqqoʻrgʻon tumani 109,9 2. Oʻrtachirchiq tumani 49,1 3. Quyichirchiq tumani 54,3 4. Chinoz tumani 47,6 5. Yuqorichirchiq tumani 24,2 6. Yangiyoʻl tumani 19,9 7. Ohangaron tumani 132,2 8. Bekobod tumani 104,8 9. Boʻka tumani 129,0 10. Boʻstonliq tumani 50,3 11. Piskent tumani 76,8 Hudud boʻyicha jami 798,1 Fargʻona viloyati 1. Quvasoy shahar 25,0 2. Fargʻona shahar 8,0 3. Beshariq tumani 48,1 4. Bagʻdod tumani 61,8 5. Buvayda tumani 34,0 6. Dangʻara tumani 24,3 7. Yozyovon tumani 26,4 8. Quva tumani 62,0 9. Oltiariq tumani 29,0 10. Qoʻshtepa tumani 19,6 11. Rishton tumani 37,8 12. Soʻx tumani 15,0 13. Toshloq tumani 19,0 14. Oʻzbekiston tumani 68,4 15. Uchkoʻprik tumani 22,3 16. Fargʻona tumani 21,2 17. Furqat tumani 21,4 Hudud boʻyicha jami 543,3 Xorazm viloyati 1. Bogʻot tumani 151,5 2. Gurlan tumani 93,9 3. Qoʻshkoʻpir tumani 122,3 4. Urganch tumani 73,1 5. Hazorasp tumani 77,8 6. Xonqa tumani 194,9 7. Xiva tumani 55,4 8. Shovot tumani 126,0 9. Yangiariq tumani 87,1 10. Yangibozor tumani 111,5 Hudud boʻyicha jami 1 093,5 Respublika boʻyicha jami 10 000
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi PQ-4567-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-dekabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4087-son qaroriga 2-ilova quyidagi mazmundagi 13-band bilan toʻldirilsin:
“13. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining hududiy “Agropilla” MChJ rahbari”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi “Pillachilik tarmogʻida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4411-son qaroriga 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2019 — 2025-yillarda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan ipak mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish boʻyicha PROGNOZ PARAMETRLARI
T/r Mahsulotlar nomi Oʻlchov birligi 2018-y. (haqiqatda) 2019-y. (prognoz) 2020-y. (prognoz) 2021-y. (prognoz) 2022-y. (prognoz) 2023-y. (prognoz) 2024-y. (prognoz) 2025-y. (prognoz) Oʻsish surʼati %, (2018 — 2025-yillar oraligʻida) I. Xom, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi ming AQSh doll. ekv. 172472,2 193364,3 247755,8 303980,9 382832,4 551616,1 776902,1 977936,7 5,7 baravar 1. Tirik pilla tonna 18000 19250 21010 22 473 24 047 25 728 27 541 30 007 1,7 baravar 2. Xom ipak tonna 1910 2037 2222,2 2377,8 2544,2 2722,3 3121,7 3180,8 1,7 baravar 3. Ipak momigʻi tonna 511,3 679 740,7 792,6 848,1 907,4 1040,6 1060,3 2,1 baravar 4. Kalavalangan ipak ip tonna 261,3 359,3 653,3 815,6 1 122 1467,9 1833,6 2182 8,4 baravar 5. Ipak mato ming p.m 2933 4033 7333,5 9154,7 12341,8 16146,6 20169,8 24002 8,2 baravar 6. Ipak gilamlari dona 60 90 109 342 885 1 140 1 960 2450 40,8 baravar 7. Tayyor ipakli mahsulot ming dona 60,5 403,3 653,7 935,7 1694,6 4 967,6 6 931 12557,3 207,6 baravar II. Ipak mahsulotlarini eksport hajmi ming AQSh doll. 50737,2 65209,2 73812,3 86670 151886,7 216 490,3 336650,5 515922,1 10,2 baravar ”.
