Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari sayloviga doir ayrim hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (1021-son)
08.01.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
QarorI
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 79 — 84-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari qoʻshma majlisi Maslahat kengashi yigʻilishining bayonnomasi namunasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzolari sayloviga doir saylov byulleteni namunasi 2-ilovaga muvofiq;
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari qoʻshma majlisi sanoq komissiyasining bayonnomasi namunasi 3-ilovaga muvofiq;
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari qoʻshma majlisining bayonnomasi namunasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Rais M. ABDUSALOMOV
Toshkent sh.,
2020-yil 8-yanvar,
1021-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020-yil 8-yanvardagi 1021-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020-yil 8-yanvardagi 1021-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020-yil 8-yanvardagi 1021-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020-yil 8-yanvardagi 1021-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020-yil 8-yanvardagi 1021-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq Markaziy saylov komissiyasining nizom va yoʻriqnomalari toʻgʻrisida” 2004-yil 18-sentabrdagi 198-son qarori 4-bandi va 4-ilovasi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarini saylash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida 2005-yil 4-yanvardagi 240-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari sayloviga doir saylov byulleteni namunasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2005-yil 4-yanvardagi 241-son qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarini saylash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida 2006-yil 14-apreldagi 270-son qarori.
5. 2014-yil 11-sentabrdagi 618-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarini saylash tartibi toʻgʻrisida nizom.
