Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (343-son)
28.08.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1995-yil 11-apreldagi va “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish toʻgʻrisida” 1995-yil 19-iyuldagi farmonlarini bajarish yuzasidan, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda davlat va Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki:
1-ilovaga muvofiq xaridorgir tovarlarni eksport qilish, shu jumladan MDH va Baltiya mamlakatlariga eksport qilish, erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladi;
1-ilovaga kiritilmagan tovarlarni Rossiya, Ukraina, Belarusga va Qozogʻistonga eksport qilish ham erkin almashtiriladigan valyutada, ham shu davlatlarning milliy valyutasida, kontrakt summasi albatta erkin almashtiriladigan valyutada belgilangan holda, amalga oshirilishi mumkin;
barter kontrakti boʻyicha yetkazib beriladigan tovarning qiymati erkin almashtiriladigan valyutada belgilanadi va valyuta tushumining bir qismini belgilangan tartibda Markaziy bankka albatta sotish summasini hisoblash uchun baza hisoblanadi;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi ikki hafta muddatda oʻz normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-oktabrdagi 520-son qarori 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Oʻ.T. Sultonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 28-avgust,
343-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-avgustdagi 343-son qaroriga 1-ILOVA
Erkin almashtiriladigan valyutada eksport qilinadigan xaridorgir tovarlar
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-avgustdagi 343-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari boʻyicha, istisno tariqasida, barter asosida eksport qilinadigan tovarlar
roʻyxati
