3-modda. Seleksiya yutuqlarini himoya qilishning tashkiliy asoslari
Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida (270-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi (matnda bundan keyin Patent idorasi deb yuritiladi) seleksiya yutuqlarini huquqiy jihatdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi.
Patent idorasi seleksiya yutuqlariga patentlar va guvohnomalar berish haqidagi talabnomalarni qabul qilib oladi xamda koʻrib chikadi, seleksiya yutuqlari boʻyicha rasmiy ekspertiza oʻtkazadi, Seleksiya yutuqlari davlat reyestrini yuritadi (matnda bundan keyin Davlat reyestri deb ataladi), himoya hujjatlari beradi, talabnoma materiallari va Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olinib, himoya qilinayotgan seleksiya yutuqlari haqidagi maʼlumotlarni rasmiy ravishda eʼlon qiladi, ushbu Qonunni qoʻllanish haqida qoida va tushuntirishlar chiqaradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi. Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi (matnda bundan keyin ixtisoslashtirilgan tashkilotlar deyiladi) seleksiya yutuqlaridan xoʻjalikda foydalanish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradilar, talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutuqlarining himoyaga layoqatliligi ekspertizasini oʻtkazadilar.
