Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi ayrim muassasalari tashkiliy-shtat tuzilmasini takomillashtirish va faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4558-son)
07.01.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini yanada ilgari surish va amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni taʼminlash maqsadida:
1. 2020-yilning 1-fevralidan Oʻzbekiston Respublikasining BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasi (keyingi oʻrinlarda — Doimiy vakolatxona) va Oʻzbekiston Respublikasining Nyu-York shahridagi (AQSH) Bosh konsulxonasi (keyingi oʻrinlarda — Bosh konsulxona) shtatlar jadvaliga mehnatga haq toʻlash fondini tegishli ravishda oʻzgartirgan holda tegishlicha haydovchi-mexanik va birinchi kotib qoʻshimcha lavozimlari kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasi va Oʻzbekiston Respublikasining Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi yangilangan shtatlar jadvallari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Doimiy vakolatxona va Bosh konsulxonaning 2020-yildagi taʼminoti uchun xarajatlar smetasini shtat jadvallaridagi oʻzgarishlarni hisobga olgan holda belgilangan tartibda tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Doimiy vakolatxona va Bosh konsulxona xarajatlarini shtat jadvallaridagi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda joriy moliya yilining budjetida xorijdagi muassasalarni moliyalashtirish boʻyicha tasdiqlangan mikdorlar doirasida moliyalashtirsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4318-son qarorining 28-ilovasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 8-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-apreldagi 192-son qaroriga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 353-son qarorining 5 va 6-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-yanvar,
PQ-4558-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-yanvardagi PQ-4558-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Nyu-York shahridagi (AQSH) Bosh konsulxonasi shtatlar jadvali
(AQSH dollarida) T/r Lavozim Shtat birliklari soni Elchi maoshiga nisbatan xodimning maoshi, foizlarda (3000) Oylik maosh Yillik ish haki fondi Diplomatik tarkib 1. Bosh konsul 1 85% 2 550 30 600 2. Birinchi kotib 1 75% 2 250 27 000 3. Uchinchi kotib 1 65% 1 950 23 400 Jami: 3 6 750 81 000 Maʼmuriy-texnik tarkib 1. Katta buxgalter va kanselyariya mudiri* 1 65% 1 950 23 400 2. Mahalliy aholi yoki ishchilarning oila aʼzolari orasidan yollanadigan xodimlar — 2 500 30 000 Jami: 1 4 450 53 400 Umumiy: 4 11 200 134 400
* Oʻzbekiston Respublikasining Nyu-York shahridagi (AQSH) Bosh konsulxonasi katta buxgalteri zimmasiga oʻrindoshlik asosida Oʻzbekiston Respublikasining BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasi katta buxgalteri funksiyasi yuklatiladi.
