8-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish — Davlat boji toʻgʻrisida (O‘RQ-600-son)
8-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Davlat boji toʻgʻrisida (O‘RQ-600-son) · Sana: 06.01.2020 · Amalda
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) daʼvogarlar — ish haqini undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;
2) daʼvogarlar — alimentlar undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
3) daʼvogarlar — mehnatda mayib boʻlganligi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
4) daʼvogarlar — qonunga xilof ravishda hukm etganlik, jinoiy javobgarlikka tortganlik, maʼmuriy jazo berganlik tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq nizolar yuzasidan;
5) daʼvogarlar — jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
51) daʼvogarlar — tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga yetkazilgan maʼnaviy va moddiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
52) pedagog xodimlar — kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida oʻz shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish bilan bogʻliq ishlar yuzasidan;
53) daʼvogarlar — zoʻravonlikdan jabrlangan bolaga (bolalarga) yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
6) yuridik va jismoniy shaxslar — alimentlarni undirishga doir fuqarolik ishlari bilan bogʻliq hujjatlarni ularga berganlik uchun;
7) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquqlari hamda manfaatlari himoya qilinishini soʻrab sudga ariza bilan murojaat etgan yuridik va jismoniy shaxslar;
10) isteʼmolchilar — oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan;
11) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari va isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari — isteʼmolchilarning (isteʼmolchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini koʻzlab beriladigan daʼvolar yuzasidan;
12) daʼvogarlar — oʻrmon daraxtlarini oʻzboshimchalik bilan kesish hamda oʻrmondan foydalanish, oʻrmonni qoʻriqlash va muhofaza qilishning tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli oʻrmon fondiga yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
13) davlat organlari — oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan, shuningdek jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan, tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlgan mol-mulkni jismoniy shaxslar bu mol-mulkka xoʻjasizlarcha munosabatda boʻlgan hollarda jismoniy shaxslardan davlat mulkiga olib qoʻyish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
131) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari — koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish sohasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan daʼvolar yuzasidan;
132) koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari — koʻrsatilgan xizmatlar uchun majburiy badallar yoki toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar, arizalar va shikoyatlar bilan sudga murojaat qilganda;
14) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar boʻyicha;
16) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar boʻyicha;
17) nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha daʼvolar yuzasidan;
18) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari — pensionerlardan ortiqcha (noqonuniy) toʻlangan pensiyalarning summalarini undirish bilan bogʻlik daʼvolar yuzasidan;
19) Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning joylardagi organlari — koʻchish joyiga bormagan yoki koʻchib borgan joylarini oʻzboshimchalik bilan tark etgan koʻchirib keltiriluvchilarga nisbatan koʻchish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida taqdim etilgan daʼvolar yuzasidan;
20) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va uning joylardagi organlari — atrof-muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan oʻzboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy obyektlarga va komplekslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi, shuningdek qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
21) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va uning joylardagi organlari — suv toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun mablagʻlarni davlat daromadiga undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
22) sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organi — majburiy sugʻurta operatsiyalari bilan bogʻliq ishlar yuzasidan;
221) sugʻurta qildiruvchilar (sugʻurtalangan shaxslar, naf oluvchilar, jabrlanuvchilar) — majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar yuzasidan;
23) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari — barcha ishlar hamda hujjatlar yuzasidan, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar boʻyicha sudga arizalar berganlik uchun;
24) ichki ishlar organlari — alimentlar va boshqa toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni qidirish uchun qilingan xarajatlarni undirish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
25) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
26) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
27) undiruvchi yoki davlat ijrochisi — qonunda nazarda tutilgan taqdirda, qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish boʻyicha xarajatlarning oʻrnini qarzdor tomonidan qoplash toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;
28) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan;
29) Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari — oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga koʻrib chiqish uchun beriladigan daʼvolar va shikoyatlar yuzasidan;
30) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi hamda uning hududiy organlari — oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlarga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan daʼvolar va arizalar yuzasidan;
31) Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi — oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlar koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan daʼvolar yuzasidan;
33) yakka tartibdagi quruvchi bilan shartnomaga koʻra qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurilishi chogʻida zimmasiga buyurtmachi vazifasini bajarish qonunchilikka muvofiq yuklatilgan yuridik shaxs — qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish masalalari yuzasidan yakka tartibdagi uy-joy quruvchilar bilan nizolarni hal qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
34) qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun imtiyozli kreditlar berish qonunchilikka muvofiq qaysi tijorat banklarining zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, oʻsha tijorat banklari — qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan imtiyozli ipoteka kreditlari yuzasidan qarz oluvchilarning kreditorlik qarzlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;
35) chet el investitsiyalari ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari — ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;
36) tadbirkorlik subyektlari — hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida ariza berganda;
37) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, uning joylardagi organlari — yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi bilan bogʻliq daʼvolar boʻyicha;
371) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari — yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi bilan bogʻliq daʼvolar boʻyicha;
38) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalari — moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni koʻzlab qilingan daʼvolar hamda berilgan arizalar yuzasidan;
39) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning joylardagi organlari — qishloq xoʻjaligi sohasidagi qonunchilikni buzganlik boʻyicha davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
40) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil — tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini koʻzlab berilgan daʼvolar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan;
41) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, uning joylardagi organlari — yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi bilan bogʻliq daʼvolar boʻyicha;
411) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi — oʻzining hamda meva-sabzavotchilik yoʻnalishidagi mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi subyektlarning, issiqxona xoʻjaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida berilgan arizalar, shikoyatlar va daʼvolar yuzasidan;
42) Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi — Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida berilgan daʼvolar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan;
43) Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari — xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida beriladigan arizalar, shikoyatlar va daʼvolar yuzasidan;
44) “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati — oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir daʼvolar, arizalar hamda shikoyatlar yuzasidan;
45) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek Agentlik tizimidagi tashkilotlar:
tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida beriladigan arizalar, shikoyatlar va daʼvolar yuzasidan;
bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida, ota-onalarning muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi, ularni ota-onalik huquqlaridan mahrum etish, bolalarni ota-onalaridan ularni ota-onalik huquqlaridan mahrum etmasdan olib qoʻyish haqidagi, bolaning sogʻligʻini tiklash va reabilitatsiya qilish uchun qoʻshimcha xarajatlarni ota-onadan yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxslardan bola foydasiga undirish haqidagi, shuningdek, agar ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan ota-onalarning oʻz bolalari bilan birgalikda yashashi mumkin emas deb belgilansa, ularni boshqa turar joy bermasdan koʻchirib yuborish toʻgʻrisidagi daʼvolar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan;
ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar hamda oilalar manfaatlarini koʻzlab berilgan daʼvolar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan;
451) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boʻlinmalari — nafaqa oluvchilardan ortiqcha (noqonuniy) toʻlangan nafaqalarning summalarini undirish bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan;
46) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) — fuqarolar manfaatlarini koʻzlab beriladigan arizalar va daʼvolar bilan sudga murojaat qilganda;
47) issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvchilar — tegishincha issiqlik va elektr energiyasini yetkazib berish yuzasidan xizmatlar uchun toʻlovlar boʻyicha qarzlarni undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar, arizalar va shikoyatlar bilan sudga murojaat qilganda.
Ushbu modda birinchi qismining 10, 132, 14, 33 — 36, 371, 411 va 47-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 8-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish Davlat boji toʻgʻrisida (O‘RQ-600-son). neolex.uz/uz/laws/law-4680955/8 (lex.uz/docs/-4680944)