Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (1060-son)
31.12.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qarori ijrosi yuzasidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 31-dekabr,
1060-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekinvest Interneshnl”, “Chartis Uzbekistan” qoʻshma sugʻurta kompaniyalarini va “AIG Uzbekinvest” agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 23-noyabrdagi 565-son qarorida:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekinvest Interneshnl” va “AIG Uzbekinvest” qoʻshma sugʻurta kompaniyalarini tashkil qilish toʻgʻrisida”;
b) 1-bandning “v” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 2-bandning toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) 7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 72-modda):
a) muqaddimada “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻurta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 31-yanvardagi PF-3022-son Farmoniga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qaroriga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi sugʻurta faoliyatini tartibga solishni va rivojlantirishni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilansin”.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Sugʻurta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 8-iyuldagi 286-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 24-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni) (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 19-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Sugʻurta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 8-iyuldagi 286-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2015-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 2-son, 10-modda).
