Respublika bogʻdorchiligi va uzumchiligida ilm-fanni ishlab chiqarish bilan integratsiyalashni chuqurlashtirish toʻgʻrisida (315-son)
14.08.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ilmiy boʻlinmalarning tadqiqotlarni tashkil etishdagi va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy qilishdagi mustaqilliklarini oshirish, yuqori pirovard natijalarga erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. R.R. Shreder nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi korxonalari va muassasalari jamoalarining, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining R.R. Shreder nomidagi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasini Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi huzuridagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasiga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Yer fondi hududining yaxlitligi va shakllangan ishlab chiqarish ixtisoslashuvi korporatsiya uchun saqlab qolinsin.
2. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasi boʻlinmalarini jamoa xoʻjaliklariga hamda xoʻjaliklarning boshqa nodavlat shakllariga aylantirishga doir tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Korporatsiyaga Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 7-yanvardagi 13-son qarori 1-bandining xoʻjaliklarning asosiy vositalari va boshqa mol-mulkini mehnat jamoalarining mulki qilib tekin berish haqidagi qismining amal qilishi joriy etilsin.
3. Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasining tarkibiga va uning ijroiya apparati tuzilmasiga 1 va 2-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasi:
ilmiy muassasalar va eksperimental xoʻjaliklarning ixtiyoriy birlashmasi hisoblanadi. Korporatsiya tarkibiga kiruvchi muassasalar va xoʻjaliklar xoʻjalik mustaqilliklarini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar. Korporatsiya tarkibiga, oʻzlarining ilmiy va iqtisodiy manfaatlarining umumiyligi asosida idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlar va muassasalar ham ixtiyoriy ravishda kirishlari mumkin;
korporatsiya aʼzolari bilan kelishgan holda ilm-fan va erishilgan yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy qilishning markazlashtirilgan fondlarini, shuningdek sugʻurta, zaxira va boshqa fondlarni tashkil qiladi.
4. Quyidagilar Ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
ilmiy tadqiqotlarning darajasini oshirish, mevali oʻsimliklar va uzumlarning yuqori mahsulli yangi navlarini yaratish, bogʻdorchilikda, uzumchilik va vinochilikda samarali texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy qilish;
ilmiy xodimlar, mutaxassislar va xodimlarning mehnatini ularning ilm-fanga va amaliyotga qoʻshayotgan aniq hissalariga bogʻliq ravishda ragʻbatlantirish;
ilmiy tadqiqotlar sohasida xorijiy mamlakatlar bilan kooperatsiyaga kirishish va ilmiy tadqiqotlar ishlanmalarini joriy etish.
5. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi davlat dasturi boʻyicha bajariladigan ilmiy tadqiqotlarni, kapital qurilishni va ilmiy muassasalardagi bolalar bogʻchalarini budjetdan mablagʻ bilan taʼminlashni Ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasida saqlab qolsin.
6. Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, Adliya vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda bir oy muddatda korporatsiya ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1977-yil 28-sentabrdagi 620-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Dehqonchilik sanoati majmui boʻlimiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 14-avgust,
315-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-avgustdagi 315-son qaroriga 1-ILOVA
Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar
ROʻYXATI
1. R.R. Shreder nomidagi Oʻzbekiston bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti
Filiallari
2. Jizzax
3. Samarqand
4. Vinochilik boʻyicha
5. Togʻ bogʻdorchiligi va uzumchiligi boʻyicha
Mevachilik va uzumchilik tajriba stansiyalari
6. Fargʻona
7. Janubiy Oʻzbekiston
Tayanch punktlari
8. Namangan
9. Buxoro
10. Bogʻbonlar maktabi
11. Karantin pitomnigi
12. Institutning markaziy eksperimental bazasi
Mevachilik pitomnigi xoʻjaliklari
13. Andijon
14. Buxoro
15. Izboskan
16. Navoiy
17. Namangan
18. Qarshi
19. Samarqand
20. Toshkent
21. Xorazm
Eksperimental xoʻjaliklar
22. Bandixon
23. Sirdaryo
24. Oyqor
25. Xorazm
26. Charxin eksperimental pitomnigi
27. Eksperimental vino zavodi
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-avgustdagi 315-son qaroriga 2-ILOVA
Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasi ijroiya apparati
TUZILMASI
