Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar”-himoya oʻrmonzorlari barpo etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (1031-son)
24.12.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” — himoya oʻrmonzorlari barpo etish, ekologik muhitni barqarorlashtirish hamda tabiiy muvozanatni tiklash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Natijada ushbu hududda 1 126 ming gektar maydon ekishga tayyorlanib, 461 ming gektarda oʻrmon barpo qilish ishlari amalga oshirildi, jumladan, 93 km masofada himoya toʻsiqlari tashkil etilib, kelgusi ekish mavsumlarida ushbu hududda ekish ishlarini davom ettirish uchun 420 gektar maydonda saksovul niholxonalari tashkil etildi.
Orol dengizining suvi qurigan tubidan koʻtarilayotgan qum, tuz va chang zarrachalarining salbiy taʼsirini kamaytirish, ushbu hududlarda choʻl oʻsimliklaridan “yashil qoplamalar” — himoya oʻrmonzorlari barpo etish ishlarini izchillik bilan davom ettirish hamda global iqlim oʻzgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xoʻjaligi rivojlanishi hamda aholining hayoti va faoliyatiga salbiy taʼsirini yanada yumshatish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni tizimli amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Orol dengizining suvi qurigan tubida “yashil qoplamalar” — himoya oʻrmonzorlari (keyingi oʻrinlarda “yashil qoplamalar” deb ataladi) barpo etishni davom ettirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019-yilning kuz-qish va 2020-yilning bahor va kuz-qish mavsumlari davomida “yashil qoplamalar” barpo etish hajmlari 1-ilovaga muvofiq;
Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019-yilning kuz-qish va 2020-yilning bahor va kuz-qish mavsumlari davomida “yashil qoplamalar” barpo etish uchun choʻl oʻsimliklari urugʻlarini tayyorlash hajmlari 2-ilovaga muvofiq;
Orol dengizining suvi qurigan hududlarida 2019-yilning qish 2020-yil bahor mavsumida oʻrmon melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xarita”si 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Orol dengizining suvi qurigan hududini belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazsin, bunda:
tuproq tiplarini va shoʻrlanish darajasini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratilsin;
2019-2020-yillarda “yashil qoplamalar” barpo etiladigan maydonlarni aniqlasin va xaritasini ishlab chiqsin;
2019-2020-yillarda “yashil qoplamalar” barpo etiladigan yer maydonlari doimiy foydalanish huquqi asosida davlat oʻrmon fondiga berilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi:
a) “yashil qoplamalar” barpo etiladigan hududlarni oʻrmon xoʻjaliklarining imkoniyatidan kelib chiqib biriktirilishini, “yashil qoplamalar” amalga oshiriladigan hududlarda himoya oʻrmonzorlari oʻz muddatida va sifatli barpo etilishi nazorat qilinishini;
“yashil qoplamalar” barpo etiladigan oʻrmon xoʻjaliklari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibiga asosan belgilangan tartibda kompensatsiya xarajatlari toʻlanishi nazarda tutilishini taʼminlasin;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019-yilning kuz-qish va 2020-yilning bahor va kuz-qish mavsumlari davomida jami 700 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo etilishini tashkil etsin.
5. Quyidagilar “yashil qoplamalar” barpo etishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining prognozga nisbatan oshirib bajarilgan qismi hisobidan ajratiladigan mablagʻlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda “yashil qoplamalar” — himoya oʻrmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 15-fevraldagi 132-son qarorining 1-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablagʻlarning qoldiq qismi 2019-2020-yillar davomida “yashil qoplamalar” barpo etish uchun Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining bankdagi hisobvaragʻiga 10 kun muddatda grafik asosida oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda “yashil qoplamalar” barpo etishga moʻljallangan loyiha takliflarini ishlab chiqib, xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi “yashil qoplamalar” barpo etish uchun:
oʻrmon xoʻjaliklaridan qoʻshimcha 1000 nafar xodim jalb etilishini;
ishchilar oziq-ovqat va maxsus kiyim-kechaklar bilan taʼminlanishini;
choʻl oʻsimliklari urugʻlari zaxirasini jamgʻarish va ekish uchun uzluksiz yetkazib berishni;
kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish vositalari bilan taʼminlashni;
vaqtincha bino va inshootlar qurishni;
aviatsiya, aloqa va boshqa xizmatlarni jalb etishni;
zarur texnika va asbob-uskunalarni sotib olish va boshqa tadbirlarni muvofiqlashtirib borsin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi:
a) “yashil qoplamalar” barpo etish uchun jalb etilgan ishchi xodimlarni ichimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlash choralarini koʻrsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda:
zaruratga koʻra, kichik aerodromlar tashkil etilishini;
ishchi xodimlarni hududdagi yashash joyidan “yashil qoplamalar” barpo etish joyigacha boʻlgan masofaga tashish uchun tadbirkorlik subyektlaridan shartnoma asosida 20 ta avtobus va urugʻ tashish uchun 10 ta yuk tashishga moʻljallangan transport vositalari ajratilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Energetika vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi tegishli oʻrmon xoʻjaliklariga zarur talabdan kelib chiqib, suyultirilgan uglevodorod gazini, yoqilgʻi-moylash mahsuloti limiti ajratilishini belgilangan tartibda hal etish choralarini koʻrsin.
11. “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi tegishli oʻrmon xoʻjaliklariga ishchi xodimlar joylashgan vaqtincha yashash maskanlarini mavsum davomida gaz ballonlari va suyultirilgan uglevodorod gaz bilan uzluksiz taʼminlash choralarini koʻrsin.
Bunda gaz ballonlari va suyultirilgan uglevodorod gaz “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan va yoqilgʻi-moylash mahsulotlari “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi talabi asosida tasdiqlangan grafik asosida yetkazib berilishi inobatga olinsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining soʻroviga asosan “yashil qoplamalar” barpo etilayotgan hududda zarur aloqa vositalaridan foydalanish uchun belgilangan tartibda shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy-texnik dasturlar doirasida eʼlon qilingan ilmiy-texnik loyihalar tanlovi natijalariga asosan Orolboʻyi mintaqasida ekologik holatni yaxshilash, Orol fojiasining salbiy oqibatlarini kamaytirish, oʻsimlik va hayvonot dunyosini samarali muhofaza qilish hamda oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish muammolari bilan bogʻliq fundamental, amaliy, ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarga belgilangan tartibda ekspertiza xulosalari olingandan keyin grantlar yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
14. Moʻynoq shahrini koʻkalamzorlashtirish uchun mos boʻlgan daraxt koʻchatlarini yetishtirish, tayyorlash, ekish va parvarishlash ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi:
Moʻynoq davlat oʻrmon xoʻjaligida 20 gektar maydonda koʻchatxona tashkil etilishini;
manzarali daraxt va buta koʻchatlari shartnoma asosida yetkazib berilishini taʼminlasin;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi birgalikda bir oy muddatda Moʻynoq shahrining tuproq-iqlim sharoitiga mos boʻlgan manzarali daraxt va buta koʻchatlari ekilishini va agrotexnik talablar asosida parvarishlanishini tashkil etish boʻyicha moliyalashtirish manbalarini aniq koʻrsatgan holda kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
15. Quyidagilar Moʻynoq shahrini koʻkalamzorlashtirishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining prognozga nisbatan oshirib bajarilgan qismi hisobidan ajratiladigan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-dekabr,
1031-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1031-son qaroriga 1-ILOVA
Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019-yilning kuz-qish va 2020-yilning bahor va kuz-qish mavsumlari davomida “yashil qoplamalar” barpo etish
hajmlari
ming gektar T/r Daraxt va buta turlari 2019 — 2020-yillarda oʻrmon barpo qilish tadbirlari: shu jumladan: 2019-yil kuz-qish 2020-yil bahor 2020-yil kuz-qish jami shundan: jami shundan: jami shundan: jami shundan: urugʻdan koʻchatdan urugʻdan koʻchatdan urugʻdan koʻchatdan urugʻdan koʻchatdan 1. Saksovul (qandim bilan birga) 500 400 100 109 80 29 212 180 32 179 140 39 2. Qoraburoq 200 200 - 60 60 - 70 70 - 70 70 - Jami: 700 600 100 169 140 29 282 250 32 249 210 39
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1031-son qaroriga 2-ILOVA
Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019-yilning kuz-qish va 2020-yilning bahor va kuz-qish mavsumlari davomida “yashil qoplamalar” barpo etish uchun choʻl oʻsimliklari urugʻlarini tayyorlash
hajmlari
tonna T/r Daraxt va buta turlari Jami 2019-2020-yillarda tayyorlanadigan urugʻ miqdori shu jumladan: 2019-yil kuz-qish mavsumlarida 2020-yil bahor mavsumida 2020-yil kuz-qish mavsumlarida 1. Saksovul 1064 376 332 356 2. Qandim 536 280 - 256 3. Qoraburoq 800 150 300 350 Jami: 2400 806 632 962
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1031-son qaroriga 3-ILOVA
Orol dengizining suvi qurigan hududlarida 2019-yilning qish 2020-yil bahor mavsumida oʻrmon melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Amalga oshiriladigan tadbirlar Amalga oshirish mexanizmi Muddati Masʼullar 1. 700 ming gektar maydonda oʻrmon melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha uchun yer maydonlarini aniqlash. 1. Oʻrmon melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish. 2. Xatlov natijasidan aniqlangan yer maydonlarini oʻrmon fondi yer balansiga oʻtkazilishini taʼminlash. 2019-yil dekabr Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi 2. Orol dengizining suvi qurigan tubida oʻrmon melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun yer maydonlarining tuproq tarkibi va dengiz choʻkindilari turlarini aniqlash. 1. Orol dengizining suvi qurigan tubida oʻrmon melioratsiya tadbirlari oʻtkaziladigan maydonlarni koordinatlarini aniqlash va dengiz choʻkindilari turini oʻrganish. 2. Suvi qurigan dengiz osti choʻkindi yotqiziqlarining turlaridan kelib chiqib, oʻrmon melioratsiya tadbirlari bajariladigan hududlarni karta — sxemasini tayyorlash. 3. Hududda oʻrmon melioratsiya tadbirlarini oʻtkazish texnologiyasini va ekiladigan daraxt va buta turlarini aniqlash. 4. Oʻrmon melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish usullarini ishlab chiqish. 2019-yil dekabr Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi 3. Orol dengizining suvi qurigan tubida oʻrmon melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan urugʻlik zaxirasini jamgʻarish. 1. Choʻl va yaylov oʻsimliklari urugʻlari tayyorlanadigan oʻrmonzorlarni va butazor maydonlarini aniqlash. 2. Oʻrmon melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha loyiha hujjatlaridan kelib chiqib, choʻl va yaylov oʻsimliklari urugʻlarini turlari boʻyicha urugʻlik jamgʻarish hajmini aniqlash. 2019-yil dekabr Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi 4. Oʻrmon melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan texnika, transport vositalari, agregatlar va mexanizmlar, ehtiyot qismlar, vagon uylar, yoqilgʻi-moylash mahsulotlari, aloqa vositalari, ishchi kuchi, oziq-ovqat va kiyim-kechaklar dislokatsiyasini belgilash. 1. Oʻrmon melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan texnika, transport vositalari, agregatlar va mexanizmlar, ehtiyot qismlar, vagon uylar, yoqilgʻi-moylash mahsulotlari, aloqa vositalari, ishchi kuchi, oziq-ovqat va kiyim-kechaklar va zarur mablagʻlarni miqdori va manbasini ishlab chiqish. 2. Ishchi kuchi dislokatsiyasini ishlab chiqish. 2019-yil dekabr Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi 5. Oʻrmon melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan texnikalar bilan taʼminlash hamda jalb etiladigan ishchi-xodimlarga qulay shart-sharoitlar yaratish. 1. Oʻrmon melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishda qatnashayotgan ishchi-xodimlar yashashlari, ularning hordiq chiqarish?ari va ovqatlanishlari uchun maxsus moslashtirilgan mobil vagonchalar (koʻchma yotoqlar)ni taʼmirlash va mavsum davomida soz holatda saqlash maqsadida zarur ehtiyot qismlar bilan birga tegishli mutaxassislarni yuborish. 2. Hududning sovuq ob-havo sharoitini inobatga olib, ishchi-xodimlar uchun qishki kiyim-kechak, qoʻlqoplar, zaxira oyoq kiyimlar, termos hamda boshqa zarur jihozlar bilan taʼminlashni tashkil etish. 3. Hududlardan safarbar etilayotgan texnikalarning soz holatda boʻlishi, ishchi-xodimlarning oilalaridan xabar olib turish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish. 2019-yil dekabr mavsum davrida Doimiy Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 6. Oʻrmon melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun hududlardan jalb etiladigan traktor va boshqa texnikalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumaniga yetkazish. 1. Tadbirga jalb etiladigan traktor va boshqa texnikalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumaniga yetkazib berish yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda hududlar joylashuvini inobatga olgan holda grafik ishlab chiqish. 2. Tasdiqlangan grafik asosida traktor va boshqa texnikalarning Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumaniga yetkazilishini tashkil etish. 2019-yil dekabr Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 7. Oʻrmon melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishda AN-2 samolyotlaridan foydlanishni tashkil etish. 1. Oʻrmon melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun shartnoma asosida AN-2 samolyotlarini jalb etish. 2. Hududda aviatsiya uchun zarur aerodromlar va yoʻllarni tashkil etish. 3. Oʻrmon melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun jalb etilgan AN-2 samolyotlarini uzluksiz yoqilgʻi-moylash mahsulotlari va ehtiyot qismlar bilan taʼminlash. Ekish mavsumida Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Transport vazirligi, “Uzbekistan Nelicopters” MCHJ 8. Oʻrmon melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish (saksovul va boshqa choʻl oʻsimliklari urugʻlarini sepish, nihollarini ekish). 1. Aniqlangan hududlardan urugʻ terishni tashkil etish va ushbu tadbirlarga mahalliy aholini jalb etish choralar koʻrish. 2. Terilgan urugʻlarni texnikalar bilan ekiladigan hududlarga va vaqtincha aerodromlarga yetkazish. 3. Urugʻlarni AN-2 samolyotlarida ekishni tashkil etish. 4. Texnikalar yordamida urugʻ ekiladigan hududlarni belgilab chiqish. 5. Urugʻlarni ekishni tashkil etish. 6. Saksovul va boshqa choʻl oʻsimliklari nihollarni qazish boʻyicha guruhlar tuzish. 7. Saksovul va boshqa choʻl oʻsimliklari ekiladigan hududlarga nihollarni, koʻchat ekish agregatlarini va koʻchat ekish moslamalarini (mech Koleseva) yetkazish. 8. Qum bilan toʻlgan ariqlarni aniqlash. 9. Urugʻ va nihollarni sifatli ekilishini monitoring qilish. 2019-yil dekabr — 2020-yil mart Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Transport vazirligi, “Uzbekistan Nelicopters” MCHJ 9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaliklarida choʻl oʻsimliklari niholarini yetishtirish uchun koʻchatxonalar tashkil etish. 1. Koʻchatxonalar tashkil etish uchun yer maydonlarini aniqlash va ularni ekishga tayyorlash. 2. Koʻchatxonalarga saksovul va boshqa choʻl oʻsimliklari urugʻlarini ekish. 2019-yil dekabr — 2020-yil fevral Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi 10. 3 ming gektar maydonda mahsuldor yaylovzorlar barpo etish. 1. Yaylov oʻsimliklari oʻsadigan hududlarni aniqlash. 2. Aniqlangan hududlardan urugʻlarni tayyorlashni tashkil etish. 3. Tayyorlangan urugʻlarni ekiladigan hududlarga yetkazish. 4. Yaylov oʻsimliklari urugʻlarini urugʻlarini alohida turma-tur ekishni tashkil etish. 2019-yil dekabr Ekish mavsumida Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi 11. Oʻrmon melioratsiya tadbirlarini uzluksiz moliyalashtirishni tashkil etish. Ishlab chiqilgan loyiha smeta xarajatlariga asosan moliyalashtirishni tashkil etish. 2019-yil IV chorak va 2020-yil I chorakda Moliya vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 12. Orol dengizining suvi qurigan hududida “Yashil voha” barpo etishni tashkil etish. 1. “Yashil voha” barpo etish uchun 3 gektar yer maydonini aniqlash. 2. Tanlangan yer maydonini ekishga tayyorlash. 3. “Yashil voha” barpo etish uchun talab etiladigan manzarali va mevali daraxt va buta turlarini aniqlash. 4. Tanlangan manzarali va mevali daraxt va buta koʻchatlarini ekish. 2019-yil dekabr 2020-yil, mart-aprel Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi 13. Oʻrmon melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishni tashkil etishni monitoring qilish. 1. Oʻrmon melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishni tashkil etishni monitoring qilish maqsadida masʼul xodimlardan iborat ishchi guruh tuzib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida maxsus “Shtab” faoliyatini tashkil etish. 2. Har bir hududlarga biriktirilgan masʼullar tomonidan taqdim etilgan kunlik maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish, umumlashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borilishini taʼminlash. Mavsum davomida Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
