42-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasining shartlari
Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-598-son) · Sana: 25.12.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuziladigan investitsiya shartnomasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
investitsiyalar obyekti va hajmi, loyihaning boshlanish hamda tugallanish muddatlari;
investitsiya shartnomasining amal qilish muddati va shartlari;
korrupsiyaga va monopoliyaga qarshi kurashish sharti;
chet ellik investorning huquq va majburiyatlari, shu jumladan investitsiya qilish, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, mahalliylashtirish, mahsulotning sifati, tovarlar va xizmatlar eksportining hajmi, shuningdek qonunchilikda belgilangan normalar, qoidalar va standartlarga, shu jumladan raqobat toʻgʻrisidagi, korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi, investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi, mehnat toʻgʻrisidagi, shaharsozlik toʻgʻrisidagi va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya qilishi boʻyicha huquq va majburiyatlari;
chet ellik investorning xalqaro standartlarga, shuningdek energiya samaradorligi va ekologik normalar boʻyicha zamonaviy talablarga muvofiq boʻlgan zamonaviy uskunalar va texnologiyalarni yetkazib berishga doir majburiyatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining huquq va majburiyatlari, shu jumladan investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilanganiga qoʻshimcha kafolatlar hamda qoʻllab-quvvatlash choralarini (imtiyoz va preferensiyalarni) taqdim etishga doir huquq va majburiyatlari;
loyihani moliyalashtirish manbalari, amalga oshirish jadvallari, investitsiya loyihasi amalga oshirilishining borishi ustidan texnik nazorat tartibi toʻgʻrisidagi axborot;
chet ellik investor tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari;
taraflarning investitsiya shartnomasi shartlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi, shu jumladan chet ellik investorga davlat organlari mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, shuningdek investitsiya shartnomasiga muvofiq chet ellik investor oʻz majburiyatlariga rioya qilmaganda yoki lozim darajada rioya qilmaganda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarishni bir tomonlama tartibda rad etish huquqi;
oʻzgartirishlar kiritish tartibi;
