37-modda. Markazlashtirilmagan investitsiyalarning manbalari
Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-598-son) · Sana: 25.12.2019 · Amalda
Markazlashtirilmagan investitsiyalarning manbalari quyidagilardan iborat:
investorning shaxsiy mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasining kafolatisiz olingan, shu jumladan chet el banklaridan olingan bank kreditlari;
toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari.
Markazlashtirilmagan investitsiyalar qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa manbalardan ham amalga oshirilishi mumkin.
Markazlashtirilmagan investitsiyalarni boshqarish investor tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
