34-modda. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha imtiyoz hamda preferensiyalar berish
Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-598-son) · Sana: 25.12.2019 · Amalda
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻllaniladigan imtiyoz hamda preferensiyalar quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
soliqlar va toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berish;
investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investor tomonidan olinadigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalarini subsidiyalash.
Imtiyozlar va preferensiyalar quyidagilarga qarab beriladi:
investitsiyalar hajmiga;
investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan joyning shart-sharoitlariga;
kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samaraga va yangi ish oʻrinlarini yaratishga;
investitsiya loyihasini amalga oshirish sohalari va tarmoqlariga.
Soliqlar va toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar qonunda belgilangan tartibda beriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻllaniladigan preferensiyalar tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan, shu jumladan munitsipal obyektlarga nisbatan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan berilishi mumkin.
Imtiyozlar va preferensiyalar tegishli hududga investitsiyalar kiritishni nazarda tutuvchi investorlarga mazkur hudud infratuzilmasining rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda beriladi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini jalb qilgan holda tashkil etilgan va qonunchilik bilan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarishga (xizmatlar koʻrsatishga) ixtisoslashgan korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda alohida soliqlar yuzasidan imtiyozlar qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.
