13-modda. Investitsiya faoliyati ishtirokchisining majburiyatlari
Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-598-son) · Sana: 25.12.2019 · Amalda
Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi:
qonunchilikda belgilangan normalar, qoidalar va standartlarga, shu jumladan raqobat toʻgʻrisidagi, korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi, investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi, mehnat toʻgʻrisidagi, shaharsozlik toʻgʻrisidagi va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya qilishi;
shartnoma shartlarini oʻz vaqtida va lozim darajada bajarishi;
shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli investorga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashi;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻz vakolatlari doirasida qoʻyiladigan talablarini bajarishi shart.
