Bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2706-3-son)
25.12.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 25-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2706-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/15-son qarori (roʻyxat raqami 2706, 2015-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 31-son, 418-modda) bilan tasdiqlangan Bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-dekabr,
30/10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/10-son qaroriga ILOVA
Bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Mazkur Nizom talablari banklar tomonidan buzilgan taqdirda Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan chora va sanksiyalarni qoʻllashga haqli.”.
