“Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (3078-2-son)
25.12.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 25-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3078-2]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 10-sentabrdagi 125-son “Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻining (roʻyxat raqami 3078, 2018-yil 20-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 43-son, 847-modda) 2-bandidagi “2020” raqami “2021” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-dekabr,
113-son
