Usto Shirin Murodovning uy-muzeyini tashkil etish haqida (297-son)
23.06.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston xalq meʼmorchiligi anʼanalarining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan xalq meʼmori, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining faxriy aʼzosi Usto Shirin Murodovning ijodiy merosini yanada chuqurroq oʻrganish va targʻib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi va Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasining Toshkent shahrida Usto Shirin Murodov yashagan va ishlagan Habibiy koʻchasi, 35-uyda uning uy-muzeyini tashkil etish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Toshkent shahar hokimligi Sh. Murodovning oila aʼzolariga belgilangan tartibda kvartira ajratsin.
3. Madaniyat ishlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Usto Shirin Murodovning uy-muzeyini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni hal qilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish madaniyat, axborot va turizm boʻlimi (oʻrtoq A. Koʻchimov)ga topshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 23-iyun,
297-son
