“Auminzo-Amantoy maʼdanli maydonida oltin maʼdanlarini qazib olish va qayta ishlash konini qurish” (GMZ-5) (I-II bosqich) sanoat obyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (1005-son)
16.12.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy KMK” DKning yangi tashkil etilayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini 2026-yilgacha kafolatlangan elektr energiya bilan taʼminlash chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi PQ-3465-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Auminzo-Amantoy maʼdanli maydonida oltin maʼdanlarini qazib olish va qayta ishlash konini qurish” (GMZ-5) (I-II bosqich) sanoat obyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda investitsiya loyihasi deb ataladi) amalga oshirish doirasida kapital qoʻyilmalarining umumiy qiymati 37 628,0 ming AQSH dollari ekvivalentiga teng boʻlgan investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi ishlab chiqilganligi;
investitsiya loyihasini amalga oshirish 4 300,0 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet ssudasi, 21 900,0 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdorida tijorat banklari kreditlari va 11 428,0 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdorida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilganligi;
2019-yil dekabr oyi investitsiya loyihasini amalga oshirish muddati etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
“Navoiy KMK” davlat korxonasi — investitsiya loyihasining tashabbuskori Moliya vazirligi ssudasi va tijorat banklari kreditlaridan maqsadli foydalanilishi va loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun masʼul qarz oluvchi hisoblanadi;
qarzni soʻndirish va u bilan bogʻliq xarajatlar “Navoiy KMK” davlat korxonasining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. “Auminzo-Amantoy maʼdanli maydonida oltin maʼdanlarini qazib olish va qayta ishlash konini qurish” (GMZ-5) (I-II bosqich) sanoat obyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga va “Navoiy KMK” davlat korxonasining bosh direktori Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-dekabr,
1005-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-dekabrdagi 1005-son qaroriga ILOVA
“Auminzo-Amantoy maʼdanli maydonida oltin maʼdanlarini qazib olish va qayta ishlash konini qurish” (GMZ-5) (I-II bosqich) sanoat obyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
T/r Koʻrsatkich nomlanishi Oʻlchov birligi Jami Shu jumladan: Moliya vazirligining ssudasi tijorat banklari kreditlari NKMK mablagʻlari 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSH dollari (ekv) 37 628,0 4 300,0 21 900,0 11 428,0 2. Kapital qoʻyilmalar qiymati ming AQSH dollari (ekv) 37 628,0 37 628,0 shu jumladan: 2.1 mashina va uskunalar ming AQSH dollari (ekv) 14 187,0 14 187,0 milliy valyutada ming AQSH dollari (ekv) 14 187,0 14 187,0 2.2 qurilish-montaj ishlari ming AQSH dollari (ekv) 20 767,0 20 767,0 milliy valyutada ming AQSH dollari (ekv) 20 767,0 20 767,0 2.3 boshqa xarajatlar ming AQSH dollari (ekv) 2 674,0 2 674,0 milliy valyutada ming AQSH dollari (ekv) 2 674,0 2 674,0 3. Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlarining qiymati ming AQSH dollari (ekv) 37 628,0 4. Moʻljallanayotgan ishga joylashtiriluvchilar soni, shundan yangi yaratilayotgan ish oʻrni 6 nafar 5. Investitsiya davrining davomiyligi 21 oy
