47-modda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning sogʻligʻini saqlash
Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida (O‘RQ-595-son) · Sana: 16.12.2019 · Amalda
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning sogʻligʻini saqlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
birinchi tibbiy yordam koʻrsatish;
maqbul oʻquv yuklamasini belgilash;
sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini targʻib qilish, shakllantirish va oʻrgatish;
sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil etish;
kun tartibiga rioya etish;
sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish;
jismoniy faollik uchun shart-sharoitlar yaratish.
Maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarga tibbiy yordam maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yoki tegishli sogʻliqni saqlash muassasalarining tibbiy xodimlari tomonidan koʻrsatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari maktabgacha va maktab taʼlimi organlari bilan birgalikda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Sogʻliqni saqlash organlari maktabgacha va maktab taʼlimi organlari bilan birgalikda har yili bolalarning bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning sogʻligʻi holati monitoringini va tuzatilishini (korreksiyalanishini) taʼminlaydi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tibbiy xodimlari sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyenik normativlarga rioya etilishi, shuningdek maktabgacha taʼlim tashkilotlarida davolash-profilaktika chora-tadbirlari oʻtkazilishi uchun javobgar boʻladi.
