33-modda. Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish va ulardan chiqarish
Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida (O‘RQ-595-son) · Sana: 16.12.2019 · Amalda
Umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan guruhlarga bolalarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi asosida, bolaning qonuniy vakillari roziligi bilan amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish va ulardan chiqarish nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
