27-modda. Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimi
Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida (O‘RQ-595-son) · Sana: 16.12.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborotni yigʻish, saqlash, izlashni, unga ishlov berish va undan foydalanishni amalga oshirish imkonini beruvchi Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimi yaratilishini hamda faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi.
Maktabgacha taʼlim tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimiga kiritish barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun majburiydir.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimiga kiritiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar boʻladi.
Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimiga kiritiladigan maʼlumotlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
