Xorazm milliy tabiat bogʻini tashkil qilish toʻgʻrisida (1000-son)
14.12.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, Amudaryo deltasida tabiiy toʻqay resurslarini muhofaza qilish, ularni qayta tiklash hamda Xorazm viloyatidagi choʻl ekotizimlarini saqlash va viloyatda ekoturizmni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorazm viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi) Xorazm viloyatining Urganch, Xonqa, Xiva, Yangibozor va Hazorasp tumanlari hududlarida davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida umumiy maydoni 21687,5 gektar boʻlgan Xorazm milliy tabiat bogʻini (keyingi oʻrinlarda tabiat bogʻi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
Xorazm milliy tabiat bogʻiga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalarining maydoni 1-ilovaga muvofiq;
Xorazm milliy tabiat bogʻining qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari 2-ilovaga muvofiq;
Xorazm milliy tabiat bogʻi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
tabiat bogʻi Davlat ekologiya qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi;
tabiat bogʻi faoliyatini moliyalashtirish Xorazm viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari, Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yilga moʻljallangan investitsiya va infratuzilma loyihalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yildagi 3-fevraldagi PQ-3507-son qaroriga asosan tabiat bogʻi hududidagi qurilishi tugallangan 4-ilovaga muvofiq bino va inshootlar tabiat bogʻiga operativ boshqaruv huquqi asosida berilsin.
5. Davlat ekologiya qoʻmitasi ikki oy muddatda:
tabiat bogʻining nizomi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
tabiat bogʻi shtatlar jadvali tasdiqlanishini va u malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
6. Davlat ekologiya qoʻmitasi raisiga tabiat bogʻining ijro etuvchi apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida tabiat bogʻi shtatlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, rekreatsion va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlaridan olingan mablagʻlar hisobiga qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin.
7. Xorazm viloyati hokimligi ikki oy muddatda:
tabiat bogʻi bilan birgalikda ushbu qarorga 4-ilovada nazarda tutilgan bino va inshootlar topshirilishi va qabul qilib olinishini;
tabiat bogʻiga ajratilgan yer uchastkalarida joylashgan infratuzilma obyektlarining keyinchalik tegishliligi va ulardan foydalanish masalalari hal etilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda belgilangan tartibda tabiat bogʻi uchun ajratilgan yer uchastkalari hujjatlari rasmiylashtirilishini;
Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda tabiat bogʻining qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadida hamda boshqa tarzda foydalanish zonalari chegaralari belgilanishini taʼminlasin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-dekabr,
1000-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-dekabrdagi 1000-son qaroriga 1-ILOVA
Xorazm milliy tabiat bogʻiga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalarining
maydoni
Tumanlar nomi Oldingi yerdan foydalanganlar Beriladigan yer uchastkalari maydoni (ga) Berilayotgan yerlarning toifalari Urganch Xoʻjalik jamiyatlari yerlari 12,5 Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar Fermer xoʻjaliklari yerlari 41,6 Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va r�kreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar Zaxira yerlar 143,4 Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar Tuman boʻyicha jami: 197,5 Hazorasp Zaxira yerlar 19538,8 Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar Tuman boʻyicha jami: 19538,8 Xiva Zaxira yerlar 1163,0 Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar Tuman boʻyicha jami: 1163,0 Xonqa Zaxira yerlar 45,0 Suv fondi yerlari Tuman boʻyicha jami: 45,0 Yangibozor Fermer xoʻjaliklari yerlari 522,4 Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar Zaxira yerlar 103,3 Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar Xorazm ovchilar va baliqchilar sport jamiyati yerlari 117,5 Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar Tuman boʻyicha jami 743,2 Jami: 21687,5
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-dekabrdagi 1000-son qaroriga 2-ILOVA
Xorazm milliy tabiat bogʻining qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari
ROʻYXATI
T/r Tumanlar nomi Qoʻriqxona zonasi (ga) Rekreatsiya zonasi (ga) Xoʻjalik maqsadida foydalanish zonasi (ga) 1. Urganch - 145,0 52,5 2. Hazorasp 5538,8 7500,0 6500,0 3. Xiva - 863,0 300,0 4. Xonqa - 30,0 15,0 5. Yangibozor - 643,2 100,0 Jami 5538,8 9181,2 6967,5
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-dekabrdagi 1000-son qaroriga 3-ILOVA
Xorazm milliy tabiat bogʻi ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan soni — 37,5 nafar,
shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 30,5 nafar,
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar — 7 nafar.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-dekabrdagi 1000-son qaroriga 4-ILOVA
Xorazm milliy tabiat bogʻiga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladigan bino va inshootlar
ROʻYXATI
T/r Obyektning nomi Joylashgan eri Soni Maydoni 1. Xorazm milliy tabiat bogʻining maʼmuriy binosi (2 qavatli bino) Urganch tumani Tajriba stansiyasi mahallasi Zilol koʻchasi 1 ta 297 m2 2. Nazorat posti Urganch tumani Cholish shaharchasi (Amudaryo sohilida joylashgan) 3 ta har biri 76 m2 3. Nazorat posti Yangibozor tumani Chubolonchi qishlogʻi 2 ta 76 m2 va 110 m2 4. Nazorat posti Yangibozor tumani Boshqirshix qishlogʻi 2 ta har biri 76 m2 5. Nazorat posti Xiva tumani Chinobod qishlogʻi 1 ta 110 m2 6. Nazorat posti Hazorasp tumani Sarimoy qishlogʻi 1 ta 110 m2 7. Noyob hayvonlarni koʻpaytirishga moʻljallangan pitomnik kompleksi (maʼmuriy bino, 2 ta shiypon, 3,5 ga volyer) Yangibozor tumani Boshqirshix qishlogʻi (Amudaryo sohilida joylashgan) 1 ta umumiy maydoni 35 ga
