“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlarini tasdiqlash haqida (3201-son)
13.12.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 13-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3201]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 702-son “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq taʼlimi vazirligi qaror qiladi:
1. “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarining attestatsiyasi natijalarini baholash mezonlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U. TAShKENBAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-noyabr,
14-mh-son
Xalq taʼlimi vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-noyabr,
18-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq taʼlimi vazirligining 2019-yil 25-noyabrdagi 14-mh-son, 18-mh-son qaroriga ILOVA
“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarining attestatsiyasi natijalarini
BAHOLASh MEZONLARI
T/r Baholash obyekti Ball I. “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari tarbiyachilarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari 1. Mehnat faoliyati samaradorligi jami 100 ball a) tarbiyalanuvchilarning bilim olishga boʻlgan qiziqishlarini oshirish va oʻquv fanlarini oʻzlashtirishlariga koʻmaklashganligi uchun:* 30 ball tarbiyalanuvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi 86 foizdan 100 foizgacha boʻlsa 30 ball tarbiyalanuvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi 71 foizdan 85 foizgacha boʻlsa 20 ball tarbiyalanuvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi 56 foizdan 70 foizgacha boʻlsa 10 ball b) tarbiyalanuvchilar tomonidan huquqbuzarlik va jamoat tartibini buzish holatlarining oldini olganligi uchun:** 20 ball tarbiyalanuvchilar tomonidan xuquqbuzarlik va jamoat tartibini buzish holatlari mavjud boʻlmasa 20 ball bir yil davomida tarbiyalanuvchilar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jamoat tartibini buzish holatlari 3-martadan koʻp boʻlmasa 10 ball bir yil davomida tarbiyalanuvchilar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jamoat tartibini buzish holatlari 6-martadan koʻp boʻlmasa 5 ball v) turli darajadagi tanlovlarda, sport musobaqalarida tarbiyalanuvchilarning ishtirok etishlariga koʻmaklashganligi uchun: 30 ball xalqaro va respublika miqyosida 30 ball Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida 20 ball tuman (shahar) miqyosida 10 ball g) tarbiyalanuvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirishga qaratilgan mashgʻulotlar oʻtkazganligi uchun 10 ball d) oʻz vaqtida malaka oshirganligi uchun 10 ball 2. Malaka sinovlari (test, yozma ish yoki ijodiy topshiriqlar) jami 100 ball a) test savollari boʻyicha aniqlanganda: 100 ball test 40 ta savoldan iborat boʻladi, har bir savolga toʻgʻri javob berilganligi baholanadi har bir toʻgʻri javob uchun 2,5 ball b) yozma ish boʻyicha aniqlanganda: 100 ball yozma ish 4 ta topshiriqdan (savoldan) iborat boʻladi, har bir savolga berilgan javobdan kelib chiqib baholanadi har bir javob 25 ballgacha baholanadi v) ijodiy ish boʻyicha aniqlanganda: 100 ball ijodiy ish 5 ta ijodiy topshiriqdan iborat boʻladi, har bir topshiri�ning belgilangan vaqtda, toʻliq, toʻgʻri va sifatli bajarilganligi baholanadi har bir ish 20 ballgacha baholanadi 3. Maʼnaviy-axloqiy yoʻnalishlar, tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashdagi ijtimoiy-siyosiy bilimlarini aniqlash yuzasidan suhbat jami 100 ball a) maʼnaviy-axloqiy yoʻnalishda egallangan bilimlar uchun: 50 ball maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, milliy anʼanalar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlar merosi asosida tarbiyalanuvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini olib borishdan xabardor boʻlsa hamda oʻz munosabatini erkin bildira olsa 50 ball maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, milliy anʼanalar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlar merosi asosida tarbiyalanuvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini olib borishdan xabardor boʻlsa 35 ball maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, milliy anʼanalar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlar merosi asosida tarbiyalanuvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini olib borishdan qisman xabardor boʻlsa 20 ball b) tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashda ijtimoiy-siyosiy yoʻnalishda egallangan bilimlari uchun: 50 ball jahonda va respublikamizning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir boʻlgan va boʻlayotgan muhim voqealardan, soʻngi yangiliklardan xabardor boʻlsa hamda ularning ijobiy va salbiy jihatlarini erkin tarzda tahlil qila olsa 50 ball jahonda va respublikamizning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir boʻlgan va boʻlayotgan muhim voqealardan, soʻngi yangiliklardan xabardor boʻlsa hamda ularga nisbatan oʻz munosabatini bildira olsa 40 ball respublikamizning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir boʻlgan muhim voqealardan va soʻngi yangiliklardan xabardor boʻlsa 30 ball respublikamizning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir boʻlgan muhim voqealardan va soʻngi yangiliklardan qisman xabardor boʻlsa 15 ball II. “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari oʻqituvchi-defektologlari va oʻqituvchi-logopedlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari 1. Mehnat faoliyati samaradorligi 100 ball a) ochiq mashgʻulotlar (darslar) oʻtkazganligi uchun: 30 ball ikki marta ochiq mashgʻulot (dars) oʻtkazganda (oʻquv yili davomida) 30 ball bir marta ochiq mashgʻulot (dars) oʻtkazganda (oʻquv yili davomida) 20 ball b) tarbiyalanuvchilar uchun korreksion (rivojlantiruvchi) materiallar yaratgan, metodik tavsiyalar va mualliflik dasturlari ishlab chiqqanligi (ishlab chiqishda qatnashganligi) uchun: 20 ball tarbiyalanuvchilar uchun korreksion (rivojlantiruvchi) materiallar yaratgan, metodik tavsiyalar va mualliflik dasturlarini ishlab chiqqan (ishlab chiqishda qatnashgan) boʻlsa 20 ball mashgʻulot (dars) oʻtish uchun koʻrgazmali va tarqatma materiallar, metodik tavsiyalar ishlab chiqqan (ishlab chiqishda qatnashgan) boʻlsa 15 ball mashgʻulot (dars) oʻtish uchun koʻrgazmali materiallar ishlab chiqqan (ishlab chiqishda qatnashgan) boʻlsa 10 ball v) ilgʻor pedagogik ish tajribalari ommalashtirilganligi uchun: 20 ball respublika miqyosida 20 ball Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar miqyosida 15 ball tuman (shahar) miqyosida 10 ball g) tarbiyalanuvchilar bilan hamkorlikda turli professional koʻrik-tanlovlar va musobaqalarda erishgan yutuqlari uchun: 15 ball xalqaro va respublika miqyosida 15 ball Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar miqyosida 10 ball tuman (shahar) miqyosida 5 ball d) respublika, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) miqyosidagi oʻquv seminarlarda ishtirok etganligi uchun 10 ball e) oʻz vaqtida malaka oshirganligi uchun 5 ball 2. Malaka sinovlari (test, yozma ish yoki ijodiy topshiriqlar) jami 100 ball a) test savollari boʻyicha aniqlanganda: 100 ball test 40 ta savoldan iborat boʻladi, har bir savolga toʻgʻri javob berilganligi baholanadi har bir toʻgʻri javob uchun 2,5 ball b) yozma ish boʻyicha aniqlanganda: 100 ball yozma ish 4 ta topshiriqdan (savoldan) iborat boʻladi, har bir savolga berilgan javobdan kelib chiqib baholanadi har bir javob 25 ballgacha baholanadi v) ijodiy ish boʻyicha aniqlanganda: 100 ball ijodiy ish 5 ta ijodiy topshiriqdan iborat boʻladi, har bir topshiriqning belgilangan vaqtda, toʻliq, toʻgʻri va sifatli bajarilganligi baholanadi har bir ish 20 ballgacha baholanadi 3. Maʼnaviy-axloqiy yoʻnalishlar, tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashdagi ijtimoiy-siyosiy bilimlarini aniqlash yuzasidan suhbat jami 100 ball a) maʼnaviy-axloqiy yoʻnalishda egallangan bilimlar uchun: 50 ball maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish milliy anʼanalar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlar merosi asosida tarbiyalanuvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini olib borishdan xabardor boʻlsa hamda oʻz munosabatini erkin bildira olsa 50 ball maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish milliy anʼanalar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlar merosi asosida tarbiyalanuvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini olib borishdan xabardor boʻlsa 35 ball maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish milliy anʼanalar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlar merosi asosida tarbiyalanuvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini olib borishdan qisman xabardor boʻlsa 20 ball b) tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashda ijtimoiy-siyosiy yoʻnalishda egallangan bilimlari uchun: 50 ball jahonda va respublikamizning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir boʻlgan muhim voqealardan, soʻnggi voqea-hodisalardan xabardor boʻlsa hamda ularning ijobiy va salbiy jihatlarini erkin tarzda tahlil qila olsa 50 ball respublikamizning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir boʻlgan muhim voqealardan, soʻnggi voqea-hodisalardan xabardor boʻlsa hamda ularga nisbatan oʻz munosabatini bildira olsa 40 ball respublikamizning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir boʻlgan muhim voqealardan va soʻnggi voqea-hodisalardan xabardor boʻlsa 30 ball respublikamizning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir boʻlgan muhim voqealardan va soʻnggi voqea-hodisalardan qisman xabardor boʻlsa 15 ball
Izoh:
* barcha fanlardan oʻziga biriktirilgan guruhdagi tarbiyalanuvchilarning oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichlari hisobga olinadi;
** oʻziga biriktirilgan guruhdagi tarbiyalanuvchilarning huquqbuzarlik va jamoat tartibini buzish koʻrsatkichlari hisobga olinadi.
