Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-oktabrdagi 795-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorining 2-ilovasiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (3202-son)
13.12.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 13-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3202]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi PQ-4472-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-oktabrdagi 795-son “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandiga asosan buyuraman:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-oktabrdagi 795-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorining 2-ilovasiga ilovaga* muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tili matnida berilgan.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir N. HUSANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-dekabr,
46-2019-B-son
