40-modda. Vazirlar Mahkamasining sud hokimiyati organlari bilan hamkorligi
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-591-son) · Sana: 10.12.2019 · Amalda
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan sudlar faoliyatini moliyalashtirish, moddiy-texnik va boshqa jihatdan taʼminlash, ularning binolarini qoʻriqlash va saqlash uchun mablagʻlarning miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga uning vakolatiga taalluqli masalalarni koʻrib chiqish uchun kiritishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlisida Bosh vazir va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri ishtirok etishi mumkin.
