35-modda. Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining turlari
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-591-son) · Sana: 10.12.2019 · Amalda
Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Bosh vazir tomonidan imzolanadi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Bosh vazir tomonidan imzolanguniga qadar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi qoidalaridan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasining qarorlarini, farmoyishlarini va Bosh vazirning farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi oʻzi qabul qilgan hujjatlarning bajarilishi ustidan nazoratni bevosita yoki vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari orqali amalga oshiradi.
