Avtomototransport vositalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (275-son)
01.02.2019
Fargʻona viloyati Toshloq tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son) asosan Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 25-moddalarini qoʻllab tumandagi barcha avtomotransport vositalarining 2019-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qarori rahbarlik va ijro etish uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-sonli qaroriga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan boshlab transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarining texnik holati tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan ham tekshirilishi mumkinligi belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Tumandagi fermer xoʻjaliklari, korxona va tashkilotlarga qarashli avtomototransport vositalari 2019-yil 1-martdan 30-iyunga qadar texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
Texnik koʻrikdan oʻtkazish 1-bosqich jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tumandagi tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta, birinchi marta 1-martdan — 30-iyungacha, ikkinchi marta 1-sentabrdan — 31-oktabrgacha texnik koʻrikdan oʻtkazilsin. Texnik koʻrikdan oʻtkazish 2-bosqich jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Barcha jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 2019-yil 1-yanvardan 31-avgust kuniga qadar texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
6. Avtomototransport vositalarining yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish davrida komissiya tarkibiga kiritilgan masʼul shaxslarning doimiy ish joylaridagi oylik ish haqlari saqlanib qolinishi inobatga olinsin.
8. Komissiya zimmasiga:
Texnik koʻrik davomida belgilangan jadvalga rioya qilish, transport vositalarini texnik koʻrikka tayyorgarligini, kerakli jihozlarni yetkazib berilishini, tuman mudofaa ishlari boʻlimida roʻyxatda turuvchi transport vositalariga barcha hujjatlarni rasmiylashtirilganligiga, avtotransport vositalarini texnik pasportlarini, taʼmirga kiritish roʻyxatlarini, ishga chiqish va qaytishni qayd etish kitoblarini yuritilganligini tekshirish va aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrish vazifalari yuklatilsin.
9. Tumandagi fermer xoʻjaliklari, korxona va tashkilotlar rahbarlariga jadvalda koʻrsatilgan muddatga qadar avtomototransport vositalarini texnik koʻrikka tayyorlash va texnik koʻrik komissiyasiga taqdim etish vazifasi topshirilsin.
10. Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarning jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarining texnik holatini tekshirish boʻyicha xizmatlari uchun toʻlovlarni undirilishida viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlanadigan tariflarga qatʼiy amal qilinsin.
11. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2018-yil 16-yanvardagi 124-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qaror “Toshloq tongi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining veb-saytiga joylashtirilsin.
13. “Toshloq tongi” gazetasi (M. Nurmatov)ga 2019-yil avtomotoransport vositalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha qabul qilingan tuman hokimining mazkur qarorini rasmiy eʼlon qilinishini taʼminlash hamda belgilangan vazifalarni mazmun mohiyati va maqsadini keng yoritib borish vazifasi yuklatilsin.
14. Belgilansinki, mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
15. Ushbu qarorni bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Sh. Ismoilov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Sh. ABDUSALOMOV
Toshloq sh.,
2019-yil 1-fevral,
275-son
Tuman xokimining 2019-yil 1-fevraldagi 275-sonli qaroriga 1-ILOVA
Texnik koʻrikdan oʻtkazish 1-bosqich
JADVALI
T/r Korxona va tashkilotlar nomi Avtomashinalar Mototsikillar Tirkamalar Traktorlar Texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi 1. Tumandagi barcha jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalari 11059 160 241 0 2019-yil 1-yanvardan 31-avgustgacha 2. Zarkent servis MMPT 4 0 4 2 01.03.2019 3. Yakkatut servis MMPT 6 0 3 1 04.03.2019 4. A. Toʻxtaboyev MMPT 4 0 4 1 05.03.2019 5. Oq-oltin MMPT 6 0 3 4 06.03.2019 6. Toshloq qalbi MMPT 8 0 6 3 07.03.2019 7. Sadda Qayragʻoch MMPT 5 0 8 4 11.03.2019 8. Qumariq saxovati MMPT 9 0 9 6 12.03.2019 9. Navbaxor MMPT 9 0 11 7 13.03.2019 10. Xonariq MMPT 9 0 7 2 14.03.2019 11. Toshloq MMPT 9 0 9 4 18.03.2019 12. Avtotoshloqtexnotrans MChJ 28 0 0 0 19.03.2019 13. Toshloq Far Avto Xizmat MChJ 23 0 0 0 20.03.2019 14. Toshloq Avtotrans MChJ 16 0 0 0 21.03.2019 15. Toshloq yoʻlovchi trans MChJ 1 0 0 0 22.03.2019 16. Toshloq Far IChSF 8 0 0 0 22.03.2019 17. DEU tekstil kompaniyasi 31 0 4 0 25.03.2019 18. Oʻrta Osiyo trans Fargʻona 20 0 19 0 26.03.2019 19. “Vatanparvar” tashkiloti sport texnika kulubi 10 0 0 0 27.03.2019 20. Toshloq YFUK 15 1 0 0 28.03.2019 21. 296-XIKMK MChJ 15 0 1 0 29.03.2019 22. Zarkent Agrosanoat kasb xunar kolleji 9 0 0 2 02.04.2019 23. Bonus Aloqa MChJ 29 0 0 0 03.04.2019 24. Inter Trans Logistika MChJ 16 0 0 0 04.04.2019 25. Maʼnaviyat IChSF 4 0 2 0 05.04.2019 26. Toshloq qishloq xoʻjaligi boʻlimi 2 0 0 0 08.04.2019 27. “Toshloq paxta tozalash zavodi” AJ 13 0 0 18 09.04.2019 28. “Toza hudud” DUK Toshloq tuman filiali 8 0 0 4 10.04.2019 29. Xayvonot tibbiyoti 4 0 0 0 11.04.2019 30. Toshloq tuman xokimligi 1 0 0 0 12.04.2019 31. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi 1 0 0 0 15.04.2019 32. 75-sonli Avtokorxona MChJ 16 0 14 0 16.04.2019 33. Tez tibbiy yordam boʻlimi 3 0 0 0 17.04.2019 34. T�shloq DSENM 4 1 0 0 18.04.2019 35. Tuman xalq taʼlim boʻlimi 5 2 0 0 19.04.2019 36. Toshloq Agrosanoat KXK 7 5 2 22.04.2019 37. Vodiy Toshloq tekstil MChJ 9 1 1 0 23.04.2019 38. Luqmonov fermer xoʻjaligi 5 0 8 4 24.04.2019 39. “Vodiygaztaʼminot” UK Toshloq filiali 11 3 0 1 25.04.2019 40. Toshloq qurilish taʼmirlash korxonasi 11 0 2 2 29.04.2019 41. Yevro Invest plast MChJ 8 0 0 0 30.04.2019 42. “Oʻzagrosugʻurta” AJ Toshloq tuman boʻlinmasi 1 0 0 0 01.05.2019 43. Toshloq Barokot koʻp tarmoqli MChJ 3 0 0 0 02.05.2019 44. Kamolov Raxmattillo fermer xoʻjaligi 2 0 4 1 03.05.2019 45. Avtomobilchi IChSF 3 0 0 0 03.05.2019 46. Al-Muftalil IChSF 1 0 0 0 06.05.2019 47. Invest Koordinator XK 2 0 0 0 06.05.2019 48. Kimyogar super KTSF 2 0 0 0 07.05.2019 49. “Piramida Dolina” MChJ 2 0 0 0 07.05.2019 50. “Toshloq STA PLAST” MChJ 6 0 0 0 08.05.2019 51. Palma plas MChJ 4 0 0 0 08.05.2019 52. Asqarov xususiy qoʻychilik fermasi 1 0 0 0 08.05.2019 53. Obidjon fermer xoʻjaligi 2 0 0 0 08.05.2019 54. Xomidjon fermer xoʻjaligi 1 0 4 2 08.05.2019 55. Xamrak Mobil servis xususiy korxonasi 1 0 0 0 08.05.2019 56. “Toshloq tongi” gazetasi redaksiyasi 1 0 0 0 08.05.2019 57. Ermatjon Xorinboy fayz MChJ 1 0 0 0 08.05.2019 58. “Lek Effekt Fermed” xususiy korxonasi 2 0 0 0 10.05.2019 59. Baxromxon nomli fermer xoʻjaligi 1 0 0 0 10.05.2019 60. Sedona servis MChJ 1 0 0 0 10.05.2019 61. Toshloq Sok Dibo trans xususiy korxonasi 7 0 6 0 13.05.2019 62. Ijodkor ishlab chiqarish firmasi 1 0 0 0 13.05.2019 63. Sardor Farm Sanoat vodiy MChJ 5 0 0 0 14.05.2019 64. Vodiy Yevro Farm plyus MChJ 2 0 0 0 14.05.2019 65. Yangibuloq sixatgohi MChJ 1 0 0 0 14.05.2019 66. Alohida goʻsht maxsuloti MChJ 2 0 0 0 14.05.2019 67. Sitrus KTFX 1 0 0 0 15.05.2019 68. Samoulsayr xususiy korxonasi 1 0 0 0 15.05.2019 69. Toshloq Dilafruz xususiy korxonasi 1 0 0 0 15.05.2019 70. Fayz Barokat plyus korxonasi 1 0 0 0 16.05.2019 71. Toshloq tuman moliya boʻlimi 1 0 0 0 16.05.2019 72. Toshloq Jaxon Afruz MChJ 1 0 0 0 16.05.2019 73. Toshloq Vodiy Fayz xususiy korxonasi 1 0 0 0 17.05.2019 74. Toshloq Xizr Madad savdo MChJ 2 0 0 0 17.05.2019 75. Xostaimpeks xususiy korxonasi 1 0 0 0 15.05.2019 76. Iqbol fermer xoʻjaligi 1 0 0 0 20.05.2019 77. Farm Inter LEK MChJ 2 0 0 0 21.05.2019 78. Margʻilon ulgurji Gaz xususiy korxonasi 2 0 0 0 21.05.2019 79. Fayz baraka savdo korxonasi 1 0 0 0 22.05.2019 80. Toshloq pastavka MChJ 1 0 0 0 22.05.2019 81. Toshloq Avto Ustoz MChJ 3 0 0 0 24.05.2019 82. Toshloqtaʼmirqurilishmontaj MChJ 2 0 0 0 24.05.2019 83. “Vosila Muxsinaxon” xususiy korxonasi 1 0 0 0 27.05.2019 84. Vodiy zamin plast MChJ 2 0 0 0 27.05.2019
Toshloq tumani hokimining 2019-yil 1-fevraldagi 275-sonli qaroriga 2-ILOVA
Texnik koʻrikdan oʻtkazish 2-bosqich
JADVALI
T/r Korxona va tashkilotlar nomi Birinchi bosqich texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi Ikkinchi bosqich texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi 1. “Toshloqtexnotrans” MChJ 15.03.2019 04.09.2019 2. “Toshloq Far Avto Xizmat” MChJ 18.03.2019 05.09.2019 3. “Toshloq Avto Servis” MChJ 19.03.2019 06.09.2019 4. “Toshloqtransportyor” MChJ 20.03.2019 09.09.2019 5. “Bus Parkin” MChJ 21.03.2019 10.09.2019 6. “Sarvinoz Avto servis” MChJ 22.03.2019 11.09.2019 7. “Mar Far Trans” MChJ 25.03.2019 12.09.2019 8. “Avto Yoʻl Ravon Fayz” MChJ 26.03.2019 13.09.2019 9. “Yoʻlovchi Trans” MChJ 27.03.2019 16.09.2019 10. “Fast Alfa Trans” MChJ 28.03.2019 17.09.2019 11. “Bonus Aloqa” MChJ 29.03.2019 18.09.2019 12. “Inter Logistika trans” MChJ 30.03.2019 19.09.2019
Toshloq tumani xokimining 2019-yil 1-fevraldagi 275-sonli qaroriga 3-ILOVA
Avtotransport vositalarining yillik majburiy texnika koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi
TARKIBI
1. A. Nishonov — Toshloq tuman IIB YHXG katta inspektori, komissiya raisi Komissiya aʼzolari: 2. Gʻ. Ermatov — Tuman YHXG maʼmuriy amaliyot inspektori 3. Sh. Omonov — Tuman Avtoxavaskorlar jamiyati raisi 4. M. Toʻxtasiniov — Tuman Mudofaa ishlari boʻlimi texnika nazorati mutaxassisi 5. T. Umarov — Viloyat ekologiya va atrof muxitni muxofaza qilish boshqarmasi Toshloq tuman inspektori 6. R. Aripov — Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassisi 7. A. Boboraximov — Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi 8. X. Musobirov — “Oʻzagrosugʻurta” AJ Toshloq tuman boʻlinmasi boshligʻi
