24-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari hamda hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning hisobdorligi
2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida (O‘RQ-589-son) · Sana: 09.12.2019 · Amalda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tegishli ravishda hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitishga haqli.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti boʻyicha hisobotni tuzish uchun mahalliy budjetlar ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etadi.
