17-modda. Tashqi qarz hisobiga amalga oshiriladigan xarajatlar
2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida (O‘RQ-589-son) · Sana: 09.12.2019 · Amalda
2020-yilda davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilinadigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qaytariladigan tashqi qarzni oʻzlashtirishning cheklangan hajmi 1,5 mlrd. AQSH dollari miqdorida tasdiqlansin.
2020-yilda tashqi qarz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan davlat maqsadli dasturlari boʻyicha xarajatlarning vazirliklar va idoralar kesimidagi cheklangan miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining birgalikdagi taklifiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
