15-modda. 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasining budjet tizimi barqarorligini taʼminlash
2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida (O‘RQ-589-son) · Sana: 09.12.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining olti oylik yakunlari boʻyicha daromad prognozlarining bajarilmagan va joriy moliya yilining oxirigacha ularning kelib tushishiga doir yetarli asoslar mavjud boʻlmagan hollarda:
respublika budjetining umumiy xarajatlarini 3 foiz va undan ortiq miqdorlarda kamaytirish Vazirlar Mahkamasining taklifiga koʻra Oliy Majlis palatalari tomonidan;
respublika budjeti umumiy xarajatlarining 3 foizdan kam miqdorda respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlarini kamaytirish Moliya vazirligining taklifiga koʻra Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari, Toshkent shahri shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari xarajatlarini qisqartirish boʻyicha qarorlar tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.
Budjetlar xarajatlarini qisqartirishda budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning budjet mablagʻlarini oʻzlashtirishi hamda qabul qilingan yuridik va moliyaviy majburiyatlari hisobga olinadi.
