11-modda. Respublika budjeti daromadlari prognozi va xarajatlari
2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida (O‘RQ-589-son) · Sana: 09.12.2019 · Amalda
2020-yil uchun:
respublika budjeti daromadlari prognozi 4-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin;
respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Respublika budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining qoʻshimcha manbalari va yil boshiga qoldiq mablagʻlari tegishli ravishda ular umumiy xarajatlarining 3 foizidan oshmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq foydalaniladi hamda foydalanilgan mablagʻlar boʻyicha Qonunchilik palatasiga har chorakda hisobot taqdim etiladi. Mazkur xarajatlar 3 va undan ortiq foizga oshgan taqdirda ushbu Qonunga oʻzgartirishlar kiritiladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud va prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalariga soliqlar, majburiy yigʻimlar, bojlar va jarimalar hisobidan kelib tushadigan mablagʻlarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkazilishi mumkin.
