“96-modda. Budjetnoma
Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-590-son) · Sana: 09.12.2019 · Amalda
Budjetnoma — erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini nazarda tutuvchi hujjat boʻlib, ushbu yoʻnalishlar asosida Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Budjetnoma quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻtgan yilgi asosiy yakunlarini va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosini, shuningdek mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻrta muddatli davr uchun asosiy yoʻnalishlarini;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻrta muddatli davr uchun prognozini;
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;
fiskal tavakkalchiliklar tahlili hisobga olingan holda oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiyasini;
prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihasini, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlarining hamda kelgusi ikki yilga oid budjet moʻljallarini;
davlat qarzining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilinadigan kreditlarning yillik chegaraviy miqdorini”;
8) 17-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
