21-modda. Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish
Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-590-son) · Sana: 09.12.2019 · Amalda
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan belgilangan tartibda oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi masala, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining majlisida birinchi navbatda koʻrib chiqilishi kerak.
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar belgilangan tartibda kiritiladi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 523-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 2, 47-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 8, 468-modda) IV boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“IV. NAVBATDAGI YIL UChUN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BUDJETI TOʻGʻRISIDAGI QONUNNI QABUL QILISh
