17-modda. Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish
Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-590-son) · Sana: 09.12.2019 · Amalda
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun Senatning eng yaqin majlisida koʻrib chiqilishi kerak”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 11, 791-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 3-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan qonun bilan belgilangan miqdorda ajratiladigan budjet mablagʻlarini taqsimlovchi yuridik shaxs”;
uchinchi — qirq birinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi — qirq ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻninchi xatboshisidagi “kelgusi” degan soʻz “oʻrta muddatli” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yigirma oltinchi va yigirma yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga biriktiriladigan va oʻziga ajratiladigan budjet mablagʻlarini taqsimlovchi yuridik shaxs;
umumiy fiskal balans — Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini hamda davlat dasturlarini amalga oshirish uchun chetdan jalb qilingan va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan qarz mablagʻlari evaziga amalga oshiriladigan xarajatlarni oʻz ichiga olgan jamlanma balans”;
yigirma oltinchi — qirq ikkinchi xatboshilari tegishincha yigirma sakkizinchi — qirq toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi qirq toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
