41-modda. Jamoatchilik eshituvi
Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida (O‘RQ-588-son) · Sana: 06.12.2019 · Amalda
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, boʻlinmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga daxldor boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini bajarish boʻyicha davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining, ish beruvchilarning faoliyatiga taalluqli boʻlgan masalalarni muhokama qilish maqsadida jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazishi mumkin.
Boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga daxldor boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini bajarish boʻyicha ish beruvchilarning faoliyatiga taalluqli boʻlgan masalalarni muhokama qilish maqsadida jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazishi mumkin.
Jamoatchilik eshituvlari davlat organlarining, ish beruvchilarning, ular birlashmalarining (ittifoqlarining, uyushmalarining), fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari va kasaba uyushmalarining aʼzolari ishtirokida oʻtkazilishi mumkin.
