23-modda. Kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini, boʻlinmalarini va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarini qayta tashkil etish hamda ularning faoliyatini tugatish
Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida (O‘RQ-588-son) · Sana: 06.12.2019 · Amalda
Kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini, boʻlinmalarini va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarini qayta tashkil etish ustavda belgilanadigan ular rahbar organining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, boʻlinmalarining va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarining faoliyatini tugatish ular rahbar organining qaroriga binoan yoki sud tartibida amalga oshiriladi.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, boʻlinmalarining va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarining faoliyati maʼmuriy tartibda tugatilishi yoki toʻxtatib turilishi mumkin emas.
