12-modda. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari
Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida (O‘RQ-588-son) · Sana: 06.12.2019 · Amalda
Davlat kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, ish beruvchilar kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining huquqlariga rioya etilishini taʼminlaydi. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining faoliyatiga aralashishga, shu jumladan ularning faoliyati toʻgʻrisida biror-bir hujjat taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining faoliyatini davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, ish beruvchilar tashabbusiga koʻra tugatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
