Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2020-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (740-son)
17.10.2019
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) 17-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi “2019-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻgʻrisida”gi PQ-4227-son qarori (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 07/19/4227/2782-son), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2017-y., 09/17/965/0393-son), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 10-maydagi 19-2019-B-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 31-mayda 3163-raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2019-y., 10/19/3163/3221-son) asosan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun Mirzo Ulugʻbek tumanida 2020-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, qaror qilaman:
1. Mirzo Ulugʻbek tumanidagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
2020-yilda mazkur toifadagi shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar (keyingi oʻrinlarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar deb yuritiladi) uchun ish oʻrinlarining eng kam miqdori (2-ilova) xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha 3925 ish oʻrnini tashkil etib, shu jumladan:
nogironlar uchun 13,07 foiz (513 ta);
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun 41,04 foiz (1611 ta);
oʻn toʻrt yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun 23,33 foiz (916 ta);
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun 13,73 foiz (539 ta);
safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 6,87 foiz (270 ta);
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod qilingan shaxslar uchun 1,88 foiz (74 ta);
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari, shu jumladan odam savdosi qurbonlari uchun 0,05 foiz (2 ta) miqdorida ish oʻrinlari zahirasi belgilansin.
3. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena meʼyorlariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini toʻsiqsiz bajarishini taʼminlaydigan mehnat qilish sharoitlariga, shu jumladan, quyidagilarga muvofiq boʻlishi kerak:
14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha majburiyatlar bajarilishini birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega;
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagandan keyin kasbni egallagan yoshlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga muvofiq;
safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning professional tayyorgarligiga mos;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan va xodimga ularning sogʻligʻi holatini va mehnat faoliyatiga toʻgʻri kelmaydigan belgilangan zidliklar hisobga olingan holda mehnat operatsiyalarini toʻsiqsiz bajarish imkonini beradigan;
pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga mos boʻlgan yoki maxsus malakani talab etmaydigan;
jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan;
odam savdosi qurbonlari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan.
4. Quyidagi ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar etib belgilansin:
muhandis, iqtisodchi, hisobchi, hisobchi-taftishchi, huquqshunos, zootexnik, agronom, shifokor, hamshira, kichik tibbiy xodim, ish yurituvchi, oʻqituvchi, tarozibon, elektr va avtoaravacha haydovchisi, tashuvchi, farrosh, oʻtyoqar, obodonlashtirish ishchisi, omborchi, EHM operatori, yukchi, ishchi, bogʻbon, qorovul.
5. 2-ilovada qayd etilgan korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasin;
2020-yil boshlanishidan kamida 10 kun oldin, zahiraga qoʻyiladigan umumiy ish oʻrinlari sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun zahiraga qoʻyilishini va tayyorligini taʼminlasin, shuningdek, bu haqda yil boshlangunga qadar tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazini xabardor qilsin;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini zahiraga qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan 2020-yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlasin, bu haqda tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga birinchi chorak tamom boʻlgandan keyin 10 kundan kechikmay xabardor qilsin;
har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha axborot taqdim etsin.
6. Tuman hokimining ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha ushbu qarori bajarilmaganda, shuningdek, bunday shaxslarni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilot, korxona va muassasalarning mansabdor shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga asosan maʼmuriy javobgarlik belgilanganligi alohida qayd etilsin.
7. Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi (L. Toʻrayev):
ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilot, korxona va muassasalarga har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda eng kam oylik ish haqqining 2 barobari miqdorida tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan haq toʻlanishini taʼminlasin;
mazkur qarorni besh kun muddatda zahira oʻrin yaratayotgan tashkilot, korxona va muassasalarning rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va tuman hokimining qarori bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
8. Tuman hokimligi Matbuot kotibi (M. Parmonov):
mazkur qaror “Toshkent oqshomi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb saytiga joylashtirilsin.
9. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab 3 oydan keyin kuchga kiradi.
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari F. Xashimov zimmasiga yuklansin.
Tuman hokimi Sh. IRGAShEV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-oktabr,
740-son
KELIShILGAN:
Tuman hokimining oʻrinbosari F. Xashimov
Tuman Iqtisodiyot va kompleks rivojlantirish boʻlimi boshligʻi A. Saidaliyev
Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori L. Toʻrayev
Tuman hokimligi bosh yuriskonsulti R. Sadikov
Mirzo Ulugʻbek tumani hokimining 2019-yil 17-oktabrdagi 740 sonli qaroriga 1-ILOVA
Mirzo Ulugʻbek tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2020-yilga moʻljallangan band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash boʻyicha maxsus komissiyasi
TARKIBI
Maxsus komissiya raisi: Tuman hokimi oʻrinbosari — F. Xashimov Maxsus komissiya aʼzolari: Tuman tahliliy-nazorat guruh rahbari — B. Nazarov Tuman IIO FMB boshligʻi — A. Uroqov Tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori — L. Toʻrayev Tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari kotibiyati bosh mutaxassisi — A. Murodov Tuman moliya boʻlimi boshligʻi — A. Maxmudov Tuman budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi — J. Tulanov Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi — T. Oʻrinov Tuman mudofaa boʻlimi boshligʻi — Sh. Suyunov Tuman ijtimoiy moslashtirish markazi rahbari — Lavozimiga koʻra
Mirzo Ulugʻbek tumani hokimining 2019-yil 17-oktabrdagi 740 sonli qaroriga 2-ILOVA
2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
T/r Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini belgilash taklif etilayotgan korxona va tashkilotlar roʻyxati (korxona va tashkilotlarning nomi) Shtat jadvali boʻyicha xodimlarining umumiy soni Kelgusi yilga zaxiraga qoʻyish taklif etilayotgan ish oʻrinlari soni shu jumladan: 14 yoshgacha va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz va koʻp bolali ota-onalar uchun band qilingan ish oʻrinlari soni Umumiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun band qilingan ish oʻrinlari soni Safarbarlik chaqiriq zaxirasida xizmatni oʻtagan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun band qilingan ish oʻrinlari soni Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun band qilingan ish oʻrinlari soni Pensiya oldi yoshidagi shaxslar uchun band qilingan ish oʻrinlari soni Jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun band qilingan ish oʻrinlari soni Odam savdosi qurbonlari uchun band qilingan ish oʻrinlari soni 1. Toshkent Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1291 129 22 45 9 15 35 3 2. Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti 573 57 14 25 5 3 8 2 3. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti 143 14 3 4 1 4 2 4. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya instituti 437 44 10 22 3 3 6 5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti 72 7 2 3 1 1 6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti 85 8 2 3 1 1 1 7. Mexanika va inshoatlar seysmik mustahkamligi instituti 123 12 3 5 1 1 2 8. I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shaharfiliali 301 30 6 11 2 8 3 9. Yadro fizika instituti 439 44 14 16 3 3 8 10. Gidrogeologiya injenerlik geologiyasi instituti davlat korxonasi 228 23 4 13 2 3 1 11. Toshkent shahridagi Inxa universiteti 216 21 6 8 2 2 3 12. Ion plazma va lazer texnologiyalari instituti 177 18 5 7 2 2 2 13. “OʻzInjiniring” RPI 340 34 8 13 3 3 7 14. OʻzR FA A. Sultonov nomli OʻzKFITI 80 8 2 3 1 1 1 15. OʻzMU Matematika instituti 36 4 1 1 1 1 16. Geologiya va geofizika instituti 104 10 3 5 1 1 17. Oʻzbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasi 112 11 3 4 1 3 18. Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji 79 8 2 3 2 1 19. Mirzo Ulugʻbek informatika kasb-hunar kolleji 134 13 3 5 3 2 20. Toshkent imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb hunar kolleji 97 10 2 3 1 2 2 21. Toshkent shahar imkoniyatlar cheklangan shaxslar uchun Respublika kasb-hunar kolleji 94 9 2 2 1 1 2 1 22. V. Uspenka nomidagi Respublika ixtisoslashgan musiqa akademik litsey 115 11 3 5 1 1 1 23. Toshkent geodeziya va kartografiya kasb-hunar kolleji 44 4 1 1 1 1 24. Mirzo Ulugʻbek sanoat kasb-hunar kolleji 88 9 2 3 1 1 1 1 25. Toshkent sanoat va servis kasb-hunar kolleji 69 7 2 2 1 1 1 26. Interneyshenlxaus-Toshkent akademik litsey 42 4 1 1 1 1 27. Toshkent iqtisodiyot va biznes kolleji 51 5 1 2 1 1 28. Toshkent shahar maxsus 101-sonli kar bolalar maktab-internati 147 15 3 7 1 3 1 29. Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi 133 13 4 5 2 1 1 30. Mirzo Ulugʻbek tuman 105-sonli maxsus maktab-internati 151 15 3 5 1 4 2 31. Muxammad al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab 111 11 2 5 1 1 2 32. GOSh SP MAFI 162 16 4 6 1 2 3 33. 112-son umumtaʼlim maktab 136 14 3 5 1 2 3 34. 187-son umumtaʼlim maktab 118 12 3 4 1 2 2 35. 248-son umumtaʼlim maktab 128 13 3 5 1 3 1 36. 71-son umumtaʼlim maktab 118 12 3 5 2 2 37. 279-son umumtaʼlim maktab 119 12 2 4 1 2 3 38. 50-son umumtaʼlim maktab 99 10 2 3 3 2 39. 210-son umumtaʼlim maktab 102 10 2 4 1 1 2 40. OʻzR XTV tasarrufidagi “Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab 106 11 3 4 1 1 2 41. Profilli mehnat taʼlimiga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab 116 12 3 4 1 1 3 42. 35-son umumtaʼlim maktab 114 11 3 5 1 1 1 43. 54-son umumtaʼlim maktab 80 8 2 3 2 1 44. 64-son umumtaʼlim maktab 82 8 2 3 2 1 45. 256-son umumtaʼlim maktab 84 8 1 3 1 2 1 46. 142-son umumtaʼlim maktab 90 9 2 3 1 2 1 47. 225-son umumtaʼlim maktab 79 8 2 3 1 1 1 48. 2-bolalar musiqa maktabi 64 6 2 2 1 1 49. 14-bolalar musiqa maktabi 95 9 2 4 1 2 50. 20-bolalar musiqa maktabi 62 6 2 2 1 1 51. 308-son umumtaʼlim maktab 76 7 1 2 1 2 1 52. 208-son umumtaʼlim maktab 84 8 2 3 1 2 53. 223-son umumtaʼlim maktab 75 7 1 2 1 2 1 54. 286-son umumtaʼlim maktab 86 9 2 3 1 2 1 55. 18-son umumtaʼlim maktab 85 8 2 4 1 1 56. 49-son umumtaʼlim maktab 76 8 2 2 2 2 57. 209-son umumtaʼlim maktab 87 9 2 3 2 2 58. 221-son umumtaʼlim maktab 74 7 1 3 1 1 1 59. 27-son umumtaʼlim maktab 84 8 2 3 1 2 60. 275-son umumtaʼlim maktab 82 8 2 3 1 2 61. 120-son umumtaʼlim maktab 60 6 2 2 1 1 62. 121-son umumtaʼlim maktab 64 6 2 2 1 1 63. 205-son umumtaʼlim maktab 56 5 1 2 1 1 64. 27-bolalar musiqa va sanʼat maktabi 62 6 2 2 1 1 65. 211-son umumtaʼlim maktab 70 7 2 2 1 2 66. 148-son umumtaʼlim maktab 53 5 1 2 1 1 67. 222-son umumtaʼlim maktab 56 6 2 2 1 1 68. 241-son umumtaʼlim maktab 43 4 1 1 1 1 69. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Ot sporti boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi 109 11 3 5 1 2 70. 207-son umumtaʼlim maktab 55 5 1 2 1 1 71. 525-Maktabgacha taʼlim muassasasi 83 8 2 3 1 2 72. 390-Maktabgacha taʼlim muassasasi 30 3 1 1 1 73. 137-Maktabgacha taʼlim muassasasi 78 8 2 3 2 1 74. 57-Maktabgacha taʼlim muassasasi 72 7 2 2 2 1 75. 426-Maktabgacha taʼlim muassasasi 63 6 2 2 1 1 76. 546-Maktabgacha taʼlim muassasasi 65 6 2 2 1 1 77. 587-Maktabgacha taʼlim muassasasi 73 7 2 3 1 1 78. 433-Maktabg�cha taʼlim muassasasi 51 5 1 2 1 1 79. 493-Maktabgacha taʼlim muassasasi 60 6 2 2 1 1 80. 148-Maktabgacha taʼlim muassasasi 59 6 1 2 1 2 81. 408-Maktabgacha taʼlim muassasasi 59 6 2 2 1 1 82. 422-Maktabgacha taʼlim muassasasi 70 7 2 2 1 2 83. 145-Maktabgacha taʼlim muassasasi 59 6 2 2 1 1 84. 597-Maktabgacha taʼlim muassasasi 53 5 1 2 1 1 85. 332-Maktabgacha taʼlim muassasasi 56 6 2 2 1 1 86. 223-Maktabgacha taʼlim muassasasi 55 5 1 2 1 1 87. 451-Maktabgacha taʼlim muassasasi 47 5 1 2 1 1 88. 367-Maktabgacha taʼlim muassasasi 56 5 1 2 1 1 89. 98-Maktabgacha taʼlim muassasasi 54 5 1 2 1 1 90. 378-Maktabgacha taʼlim muassasasi 54 5 1 2 1 1 91. 80-Maktabgacha taʼlim muassasasi 53 5 1 2 1 1 92. 232-Maktabgacha taʼlim muassasasi 54 5 1 2 1 1 93. 383-Maktabgacha taʼlim muassasasi 56 5 1 2 1 1 94. 193-Maktabgacha taʼlim muassasasi 53 5 1 2 1 1 95. 471-Maktabgacha taʼlim muassasasi 53 5 1 2 1 1 96. 270-Maktabgacha taʼlim muassasasi 43 4 1 1 1 1 97. 504-Maktabgacha taʼlim muassasasi 52 5 1 2 1 1 98. 456-Maktabgacha taʼlim muassasasi 41 4 1 2 1 99. 312-Maktabgacha taʼlim muassasasi 51 5 1 2 1 1 100. 375-Maktabgacha taʼlim muassasasi 40 4 1 1 1 1 101. 410-Maktabgacha taʼlim muassasasi 43 4 1 1 1 1 102. 512-Maktabgacha taʼlim muassasasi 52 5 2 2 1 103. 333-Maktabgacha taʼlim muassasasi 51 5 1 2 1 1 104. 83-Maktabgacha taʼlim muassasasi 34 3 1 1 1 105. 382-Maktabgacha taʼlim muassasasi 51 5 1 2 1 1 106. 419-Maktabgacha taʼlim muassasasi 46 5 1 2 1 1 107. 547-Maktabgacha taʼlim muassasasi 25 2 1 1 108. 418-Maktabgacha taʼlim muassasasi 53 5 1 2 1 1 109. 541-Maktabgacha taʼlim muassasasi 38 4 1 2 1 110. 29-Maktabgacha taʼlim muassasasi 29 3 1 2 111. 38-Maktabgacha taʼlim muassasasi 50 5 1 2 1 1 112. 134-Maktabgacha taʼlim muassasasi 40 4 1 2 1 113. 153-Maktabgacha taʼlim muassasasi 30 3 1 2 114. 446-Maktabgacha taʼlim muassasasi 40 4 1 1 1 1 115. 520-Maktabgacha taʼlim muassasasi 31 3 1 1 1 116. 403-Maktabgacha taʼlim muassasasi 43 4 1 2 1 117. 556-Maktabgacha taʼlim muassasasi 26 3 1 1 1 118. 437-Maktabgacha taʼlim muassasasi 26 3 1 1 1 119. 274-Maktabgacha taʼlim muassasasi 31 3 1 1 1 120. 192-Maktabgacha taʼlim muassasasi 21 2 1 1 121. 219-Maktabgacha taʼlim muassasasi 37 4 1 1 1 1 122. 325-Maktabgacha taʼlim muassasasi 28 3 1 2 123. 438-Maktabgacha taʼlim muassasasi 20 2 1 1 124. Tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi 41 4 1 2 1 125. Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 639 63 13 28 4 12 5 1 126. 2-markaziy klinik shifoxonasi 526 53 13 24 2 6 8 127. Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi 352 35 6 12 10 6 1 128. Respublika Endokrinologiya markazi 519 52 11 22 7 2 9 1 129. 1-markaziy klinik shifoxonasi 456 45 9 18 2 6 10 130. 2-bolalar jarrohlik shifoxonasi 436 43 10 21 4 3 4 1 131. 5-shahar klinik shifoxonasi 420 42 7 17 3 2 13 132. Toshkent shahar 6-son tugʻruq kompleksi 518 52 12 25 5 2 8 133. U. Kurbonov nomli bolalar ruhiy va asab kasalxonasi 345 34 7 13 1 10 3 134. 2-Respublika klinik shifoxonasi 272 27 6 11 1 5 3 1 135. Respublika bolalar suyak sili sanatoriyasi 271 27 7 12 1 4 3 136. 5-shahar bolalar shifoxonasi 288 29 7 14 2 2 4 137. Respublika Ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi 305 30 7 15 2 3 3 138. Sanitariya gigiyena va kasb kasalliklari ITI 130 13 3 6 1 1 2 139. Toshkent shahar “Muruvvat” nogironlar uchun erkaklar internat uyi 217 22 5 8 1 3 5 140. Davolash profilaktika markazi 120 12 2 6 1 1 2 141. 1-silga qarshi dispanseri 78 8 2 3 2 1 142. Mirzo Ulugʻbek DSENM 193 19 6 8 1 2 2 143. Toshkent viloyati koʻz kasalliklar shifoxonasi 37 4 1 2 1 144. Tuman tibbiyot birlashmasi 509 51 15 24 3 5 4 145. 8-oilaviy poliklinika 303 30 7 15 3 5 146. 6-oilaviy poliklinika 200 20 4 12 2 2 147. 4-oilaviy poliklinika 205 20 6 8 1 2 3 148. 7-oilaviy poliklinika 203 20 6 8 1 3 2 149. 9-oilaviy poliklinika 146 15 3 8 1 1 2 150. 5-oilaviy poliklinika 110 10 2 5 1 1 1 151. 1-stomotologiya poliklinika 82 8 2 3 2 1 152. 3-bolalar stomotologiya poliklinika 81 8 2 3 2 1 153. Bank Ipoteka mehnat filiali 197 20 6 8 1 3 2 154. “Ipoteka bank”ATIB Bosh amaliyot boshqarmasi 83 8 2 3 1 1 1 155. Bank Ipoteka Toshkent shahar filiali 188 19 5 7 1 2 4 156. Bank OAITB “Ipak yoʻli” Mirzo Ulugʻbek filiali 142 14 3 6 1 2 2 157. Bank Oʻzsanoatqurilish Toshkent shahar filiali 185 18 6 12 158. Bank OATB Kapital bank Mirzo Ulugʻbek filiali 95 9 2 3 1 2 1 159. XATB Oriyent Finans 294 30 5 17 3 2 3 160. Tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy banki TBB Akadem filiali 77 8 2 3 1 2 161. Oʻzmilliy banki TBB Mirzo Ulugʻbek filiali 90 9 2 6 1 162. Bank Oʻzsanoatqurilish M. Ulugʻbek filiali 75 7 2 2 1 1 1 163. Bank “Trast bank” XOABB “Darxon” filiali 87 9 3 4 2 164. Bank Xalq banki M. Ulugʻbek filiali 99 10 3 5 1 1 165. OATB “Aziya-Allians-Bank” M. Ulugʻbek filiali 62 6 3 3 166. Bank “Davr bank” XYoATB M. Ulugʻbek filiali 52 5 2 1 1 1 167. “Turonbank”ATB Mirzo Ulugʻbek filiali 36 4 1 2 1 168. Aksiyadorlik jamiyati qoʻshma korxonasi “Oʻzkabel” 1650 165 35 56 25 8 24 17 169. AJ Toshkent Issiqlik markazi 1351 135 32 55 8 25 11 4 170. OAJ “Maxsusenergogaz” 1171 117 22 44 6 27 18 171. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi Qurilish birlashmasi DUK 1343 134 35 60 17 6 16 172. Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi 582 58 8 22 6 12 6 3 1 173. M. Ulugʻbek tuman Obodonlashtirish boshqarmasi 612 61 13 10 2 10 6 19 1 174. “Trest 12” OA QV-50 jamiyati 712 71 16 28 3 19 2 3 175. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi 321 32 7 15 3 1 6 176. Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi 366 37 8 18 3 2 6 177. Oʻzelektrtarmoq unitar korxonasi tibbiy sanitariya qismi 291 29 4 18 2 3 2 178. MChJ Otel “Oʻzbekiston” 263 26 4 12 3 4 3 179. Oʻzogʻirsanoatloyiha OAJ 230 23 5 10 2 3 3 180. Oʻzbekgidrogeologiya Davlat unitar korxonasi 822 82 24 34 6 4 14 181. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi tibbiyot bosh boshqarmasining maxsus avtotransport bilan taʼminlash boshqarmasi 219 22 5 9 3 2 3 182. Respublika maxsus aloqa bogʻlamasi 215 21 5 9 2 3 2 183. ShK OAJ “Energoissiqlik montaj” 221 22 5 9 2 3 3 184. AJ “Universalsugurta” 187 19 5 8 1 2 3 185. IIChDK “Kartografiya” 147 15 3 5 1 4 1 1 186. Maxsus direksiya “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK 283 28 4 15 2 4 3 187. DUK “M. Ulugʻbek-Maxsustrans” 115 11 2 3 2 1 1 2 188. Toshkent birlashgan texnika maktabi UK 29 3 1 2 189. “Vatanparvar” tashkiloti “M. Ulugʻbek Oʻquv STK” UK 43 4 1 2 1 190. AJ “Oʻzbekekspertiza” 93 9 2 3 2 1 1 191. MChJ “Tranyoʻlqurilishmaxsuspudrat” 163 16 5 7 2 1 1 192. Oʻzbekiston “DINAMO” JTSJK “Sportkombinat” ShK 99 10 3 4 1 1 1 193. Abdulla Qahhor nomidagi Respublika Satira teatri 105 10 3 4 1 1 1 194. AJ “Doyche-Kabel” 64 6 1 1 1 1 1 1 195. Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar markazi 63 6 2 3 1 196. Maʼmuriy binodan foydalanish Direksiyasi DAK Oʻzavtoyul 88 9 2 3 1 2 1 197. Respublika bolalar kutubxonasi 65 6 1 3 1 1 198. Mirzo Ulugʻbek tumani Madaniyat boʻlimi 52 5 1 2 1 1 199. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi 40 4 1 2 1 200. “Barkamol avlod” bolalar markazi 41 4 1 2 1 201. “Oʻzmedimpeks” DUK 69 7 2 3 1 1 202. “Diydor” rejissorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi 53 5 1 2 1 1 203. Turon sanatoriysi 199 20 6 8 1 3 2 204. “Respublika radioktiv chiqindilarni koʻmish korxonasi” Davlat Korxonasi 34 3 1 2 205. Tuman Xalq taʼlimi boʻlimi 57 6 2 2 1 1 206. XK “ARDENT FOODS” 135 13 3 6 1 1 2 207. MChJ “CRAFFERS” 830 83 22 35 12 10 4 208. MChJ “BAURAUM GROUP” 200 20 3 9 2 3 3 209. AJ “Elektrqishloqqurilish” 30 3 1 2 210. MChJ “Uz Klass Agro” 266 27 9 11 2 3 2 211. MChJ “Yoʻlloyiha” byurosi 292 29 7 14 1 3 2 2 212. IP OOO “SNEBA PROPERTIES” 98 10 2 3 1 2 2 213. MChJ “Uz Klass servis” 147 15 4 6 1 2 2 214. “NIKA FARM” shuʼba xoʻjalik jamiyati 507 50 14 22 4 4 6 215. MChJ “Toshshahartransekspeditsiya” 23 2 1 1 216. MChJ “KRAN VA MAXSUS TEXNIKALAR” 152 15 3 6 1 2 1 2 217. “KAPITAL SUGʼURTA” AO 355 35 7 15 5 3 5 218. Markaziy laboratoriya GP 103 10 3 4 1 2 219. MChJ “ALTUS OMEGA” 156 16 4 7 1 1 3 220. MChJ “Kafil-Sugurta” 127 13 3 4 2 1 3 221. MChJ “TastyProduction” 260 26 6 13 1 2 4 222. UK “Transgaztexnika butlash” 64 6 1 2 1 1 1 223. MChJ “KRANTAS GROUP” 199 20 4 10 1 2 1 2 224. MChJ “Avtosantrans-servis” 80 8 2 3 1 1 1 225. MChJ AZALIUM 128 13 3 7 1 1 1 226. MChJ KK SNARQENERGOTAMIR 288 29 7 13 2 3 4 227. MChJ “Tezintom” 37 4 1 2 1 228. MChJ “Asil-non” 60 6 1 2 1 1 1 229. “UNIFORMA” 67 7 2 3 1 1 230. IIChTDUK “Oʻzyoʻlmashservis” 57 6 2 3 1 231. MChJ “BEST INTER TRANS” 50 5 1 2 1 1 232. MChJ “AZIZ BAXT” 50 5 1 2 1 1 233. MChJ “KRANTAS” 90 9 2 3 1 3 234. MChJ “CRANES and SPECIAL TRUCKS” 49 5 1 2 1 1 235. MChJ “Beshkapa — savdo” 48 5 1 2 1 1 236. MChJ “Astel” QK 36 4 1 2 1 237. MChJ “BIO COSMETICS” 30 3 1 1 1 238. SP NOBEL PNARM 187 19 6 9 2 1 1 JAMI 39464 3925 916 1611 270 513 539 74 2
