Issiqlik taʼminoti tizimini takomillashtirish va issiqlik taʼminoti korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-4542-son)
02.12.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
[Koʻchirma]
Oʻtgan davr mobaynida respublikada issiqlik taʼminoti tizimini yaxshilash hamda aholini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan taʼminlash darajasini oshirish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi.
Amaliy chora-tadbirlar doirasida issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish holati kompleks oʻrganildi va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy texnologiyalar sinovdan oʻtkazildi.
Shu bilan birga, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hozirgi bosqichi issiqlik taʼminoti tizimini kompleks modernizatsiya qilish va energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalar asosida uning texnik darajasini oshirish zarurligini taqozo etmoqda.
Issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, resurslarni tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, aholini issiqlik energiyasi hamda issiq suv bilan taʼminlash sifati va darajasini yaxshilash chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “2018 — 2022-yillarda issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2912-son qaroriga muvofiq isteʼmolchilarga issiqlik energiyasi uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash va uning sifatini oshirish, ishlab chiqarish jarayoniga innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni, shuningdek, ushbu sohadagi boshqaruvning samarali bozor mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan 2018 — 2022-yillarda issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish dasturi amalga oshirilmoqda;
Jahon banki ishtirokida markaziy qozonxonalar, isitish tizimlari hamda tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni, uylar va kvartiralar ichki issiqlik taʼminoti tizimlarini yopiq issiqlik taʼminoti tizimiga oʻtkazgan holda tiklashni nazarda tutuvchi umumiy qiymati 220,7 mln AQSH dollari boʻlgan “Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasi amalga oshirilmoqda;
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan birgalikda issiqlik manbalarining isitish uskunalarini kogeneratsion gaz turbinasi texnologiyasini joriy etgan holda rekonstruksiya qilishni, shuningdek, magistral va taqsimlovchi issiqlik tarmoqlarini almashtirishni nazarda tutuvchi hisob-kitob qiymati 780,4 mln AQSH dollari boʻlgan “Buxoro, Fargʻona, Quvasoy, Nukus va Urganch shaharlarida markaziy qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2020-2021-yillar isitish mavsumidan boshlab markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun isteʼmolchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kv.m isitiladigan maydon hisobida toʻlash tizimiga oʻtkaziladi;
b) 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
isteʼmolchilar uchun issiqlik taʼminoti xizmatlariga tariflarni shakllantirish va belgilashda ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish hamda issiqlik taʼminoti tarmoqlaridagi yoʻqotishlarni qisqartirish hisobiga issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlari hisobga olinadi, shuningdek, koʻrsatilayotgan xizmatlar tannarxini qoplash mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi;
aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qoʻllash natijasida koʻriladigan zararlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan qoplanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining 2020-yilgi parametrlarini shakllantirishda aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qoʻllash natijasida koʻriladigan zararlarni qoplash uchun 1-ilovaga muvofiq zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
issiqlik taʼminoti sohasiga ajratilayotgan budjet mablagʻlarining maqsadli va oqilona ishlatilishini taʼminlash yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari tomonidan tegishli yil uchun tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi boʻyicha choralar koʻrsin.
3. Belgilansinki, issiqlik taʼminoti xizmatlarini koʻrsatish sohasida:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda quyidagilar uchun javobgardir:
issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan xizmatlar tuziladigan shartnomalarga muvofiq koʻrsatilishini, shuningdek, isteʼmolchilarga issiqlik energiyasi va issiq suv uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash;
issiqlik energiyasi va issiq suv uchun toʻlovlarning kvartiralar ichki hisobga olish uskunalari koʻrsatkichlari, isteʼmolning normativ hajmlari va kvartiraning isitiladigan maydoni oʻlchami asosida oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini taʼminlashni, shuningdek, isteʼmolchilarning qarzdorligi kamaytirilishini nazorat qilish;
issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar hajmlari haqidagi hisobot va axborotlar, debitor va kreditor qarzdorlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning haqqoniyligi, shuningdek, issiqlik energiyasi hamda issiq suvni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;
issiqlik taʼminoti tizimi obyektlarining holati, foydalanilishi va ularga taʼmirlash xizmati koʻrsatilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
issiqlik energiyasi va issiq suvni hisobga olish uskunalarining almashtirilishi va oʻrnatilishini, shuningdek, issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan ularning plombalanishini tashkil etish;
issiqlik energiyasi va issiq suvdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;
b) Toshkent shahar hokimligi ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tadbirlarning Toshkent shahrida amalga oshirilishi uchun javobgardir.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Issiqlik taʼminoti tizimlaridan foydalanish boshqarmasini tugatgan holda, issiqlik taʼminoti tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shuningdek, ularning obyektlaridan ishonchli va samarali foydalanishni taʼminlash uchun masʼul boʻlgan Issiqlik taʼminoti tizimlarini kompleks rivojlantirish boshqarmasi hamda Issiqlik taʼminoti tizimlarini saqlash va ulardan foydalanish boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Belgilansinki, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan yangidan tashkil etilayotgan boshqarmalarning shtat birliklari soni Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tizimi boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida shakllantiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2019 — 2022-yillarda respublikaning issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Masʼul vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga ushbu bandda nazarda tutilgan “Yoʻl xaritasi”ga kiritilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
7. Respublikaning issiqlik taʼminoti tizimini isloh qilishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh 4-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va unga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va yetkazish sarf-xarajatlarini kamaytirish, magistral va uylarning ichki issiqlik taʼminoti tarmoqlarida mavjud yoʻqotishlarni qisqartirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni tashkil etish;
issiqlik taʼminoti sohasiga zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv usullari, jumladan issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash hamda uning isteʼmolini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi faol joriy etilishini taʼminlash;
issiqlik taʼminoti sohasida davlat tarif siyosatini takomillashtirish, shuningdek, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish boʻyicha har tomonlama tahlil oʻtkazish va takliflar ishlab chiqish;
issiqlik taʼminoti sohasidagi istiqbolli investitsiya loyihalarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash, koʻrib chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashish;
“Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish;
mazkur qarorda nazarda tutilgan vazifalar amalga oshirilishining holati toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish.
Ishchi guruh (B.A. Xoʻjayev) bir oy muddatda mazkur qarorning ijrosini taʼminlash boʻyicha batafsil amaliy tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
b) Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
issiqlikni saqlovchi, shu jumladan penopoliuretandan tayyorlangan polimer izolyatsiyali va himoya qobigʻiga oʻralgan, kanalsiz yotqizish imkonini beruvchi quvurlar, shuningdek, individual issiqlik punktlari va ularning butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish sohasida sanoat tarmoqlari oʻrtasidagi oʻzaro kooperatsiyani kengaytirish boʻyicha mavjud salohiyatni oʻrgansin;
mavjud xom ashyo resurslarini inobatga olgan holda, mahalliylashtirilishi lozim boʻlgan, issiqlik taʼminoti sohasida foydalaniladigan mahsulotlar roʻyxatini shakllantirsin hamda 2020 — 2022-yillarda ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va quvvatlarini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:
Toshkent davlat texnika universitetida (Toshkent qurilish-kommunal kasb-hunar kolleji negizida) — issiqlik taʼminoti sohasida talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni (issiqlik texnikasi muhandisi, muhandis-metrolog, energiya auditi muhandisi, muhandis-iqtisodchi) tizimli oʻqitish va tayyorlashni;
sohaga oid taʼlim muassasalarida — zamonaviy va innovatsion oʻqitish usullarini qoʻllagan holda, issiqlik taʼminoti obyektlarini loyihalashtirish, qurish, boshqarish va ulardan foydalanish sohasida mutaxassislarni kasbga qayta tayyorlash boʻyicha doimiy ishlaydigan qisqa muddatli (3 oydan 12 oygacha) kurslarni tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-dekabr,
PQ-4542-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4542-son qaroriga 1-ILOVA
2020-yilda aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qoʻllash natijasida koʻriladigan zararlarni qoplash uchun mablagʻlarning hisob-kitob summasi
mln soʻm T/r Korxonalarning nomi Summa * Jami respublika boʻyicha, shu jumladan: 333 197,7 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Kommunallik issilik orayi” DUK 138,2 “Taxiatash issilik tarmaklari” MCHJ 190,0 2. Andijon viloyati “Issiqlik manbai” DUK 211,8 3. Buxoro viloyati “Issiqlik manbai” DUK 13 923,5 “Buxoroenergomarkaz” DUK 8 837,1 4. Jizzax viloyati “Issiqlik manbai” DUK 184,3 5. Qashqadaryo viloyati “Issiqlik manbai” DUK 207,2 6. Namangan viloyati “Issiqlik manbai” DUK 171,3 7. Samarqand viloyati “Issiqlik manbai” DUK 169,4 8. Surxondaryo viloyati “Issiqlik manbai” ICHB 110,3 9. Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ICHB 4 687,7 “Issiqlik energiyasi” ICHK (Chirchiq shahri) 4 988,1 “Issiqlik energiyasi” DUK (Angren shahri) 18 881,3 “Kommunal xizmat koʻrsatish” DK (Angren shahri) 1 843,9 10. Fargʻona viloyati “Issiqlik manbai” ICHB 1 192,5 “Kirguli issiqlik manbai” MCHJ 2 372,6 11. Xorazm viloyati “Xorazm issiqlik manbai” DUK 1 645,4 12. Toshkent shahri “Toshissiqquvvati” DUK 273 443,1
* Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan issiqlik taʼminoti korxonalariga ajratiladigan mablagʻlar summasi asoslantirilgan hisob-kitoblar asosida aholiga amalda sotiladigan issiqlik energiyasi hajmlari va tariflar tafovuti boʻyicha aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4542-son qaroriga 2-ILOVA
2019 — 2022-yillarda respublikaning issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha
“Yoʻl xaritasi”
T/rChora-tadbirlarning nomiAmalga oshirish muddatlariMoliyalashtirish manbalariMasʼul ijrochilarI. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish1.Ekspertlarni jalb qilgan holda “Issiqlik taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish, unda quyidagilarni nazarda tutish:aholini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan toʻla-toʻkis va sifatlitaʼminlashga yoʻnaltirilgan issiqlik taʼminoti sohasini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishni;aholiga koʻrsatilayotgan issiqlik taʼminoti xizmatlari sifatini oshirishga, issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilishni ragʻbatlantirishga, shuningdek, issiqlik taʼminoti korxonalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan issiqlik taʼminoti sohasidagi davlat tarif siyosatini;issiqlik taʼminoti tizimlarining tarkibi va klassifikatsiyasini, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish texnologiya va usullarini, shu jumladan elektr va issiqlik energiyasini kombinatsiyalangan tarzda ishlab chiqarish (kogeneratsiya), shuningdek, ekologiya xavfsizligini taʼminlash va yoqilgʻi-energetika resurslaridan samarali foydalanishni inobatga olgan holda boshqa turdagi energiyani issiqlik energiyasiga aylantirishni;issiqlik taʼminoti subyektlari oʻrtasidagi munosabatlarni va oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solishning zamonaviy usullarini, shuningdek, mazkur sohada shakllangan ijobiy amaliyotni va ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda ushbu subyektlarning huquq va majburiyatlarini.Amalga oshirish shakli: Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi2020-yil 1-dekabr —Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar2.Ekspertlarni jalb qilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning issiqlik taʼminoti tizimlarini kompleks rivojlantirish va toʻla miqyosda modernizatsiya qilish strategiyalari loyihalarini, shu jumladan issiqlik taʼminoti sxemalari, issiqlik taʼminoti tizimlarini rivojlantirish rejalari, mazkur strategiyalarni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan holda ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Amalga oshirish shakli: strategiyalar loyihalari va tahliliy maʼlumotnomalar2020-yil 1-dekabrUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), “Issiqlikelektrloyiha” AJ (kelishuv boʻyicha)3.Issiqlik taʼminoti xizmatlariga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ishlab chiqish va tasdiqlash, shu jumladan shakllantirilayotgan narx (tarif) tarkibiga issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha sarf-xarajatlar kiritilishini nazarda tutish.Amalga oshirish shakli: idoraviy normativ-huquqiy hujjat2020-yil 1-iyul—Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)4.Issiqlik yuklamalarini hamda issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berishga sarflanadigan yoqilgʻi, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv normalarini, shuningdek, texnologik yoʻqotishlar normalarini aniqlash tartibini bugungi kun holatini inobatga olgan holda takomillashtirish.Amalga oshirish shakli: idoraviy normativ-huquqiy hujjat2020-yil 1-iyul— Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi (B. Gulyamov)II. Issiqlik taʼminotini boshqarish tizimini takomillashtirish va ushbu sohadagi xizmatlar sifatini oshirish5.Har bir hududda bittadan qozonxona misolida issiqlik taʼminoti tizimlarining holati va samaradorligini kompleks oʻrganish boʻyicha grafik-reja ishlab chiqish va amalga oshirish hamda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi aniq takliflar kiritish:Ishlab chiqish:2019-yil 20-dekabrIjrochilarning mablagʻlariIqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Issiqlikelektrloyiha” AJ (kelishuv boʻyicha)issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berish sarf-xarajatlarini kamaytirishni;magistral va uylarning ichki issiqlik taʼminoti tarmoqlarida amaldagi yoʻqotishlarni qisqartirishni;elektr va issiqlik energiyasini kombinatsiyalangan tarzda ishlab chiqarish (kogeneratsiya) texnologiyasini joriy etish imkoniyatlarini;issiqlik energiyasi va issiq suvni hisobga olish tizimini, shuningdek, aholiga koʻrsatilayotgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun hisob-kitob mexanizmlarini takomillashtirish.Amalga oshirish shakli: takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnomaAmalga oshirish:2019-yil dekabr — 2020-yil aprel6.Hududlarning issiqlik taʼminoti tizimlarini rivojlantirish boʻyicha manzilli dasturlarga kiritilgan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini oʻz vaqtida ishlab chiqish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan:2020-2021-yillarQoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari mablagʻlari Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariissiqlik taʼminoti sohasidagi loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;2020-yil 1-yanvarVazirlar Mahkamasiga loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari va ularni moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisida takliflar kiritish.Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar rejasi, texnik-iqtisodiy asoslar va takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnomahar bir loyihaning TIAsi tayyorlanishiga qarab8.Issiqlik taʼminoti tizimlari samaradorligini oshirish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish manbalarini kengaytirish imkoniyatlari va mexanizmlarini, shu jumladan zarur qurilma va uskunalar xarid qilish uchun lizing mexanizmlaridan qisman garov taʼminoti sifatida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kafolat taqdim etgan holda foydalanish usullarini oʻrganish.Amalga oshirish shakli: takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma2020-yil 1-aprel— Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (O. Nazirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)9.Aholini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan taʼminlash sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan holda, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy manbalardan yagona issiqlik taʼminoti tizimiga issiqlik energiyasini yetkazib berish tizimini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.Amalga oshirish shakli: takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma2020-yil 1-sentabr— DXSHni rivojlantirish agentligi (Gʻ. Xoljigitov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev)III. Issiqlik energiyasi va issiq suvni nazorat qilish hamda hisobga olish tizimini takomillashtirish10.Issiqlik taʼminoti korxonalarida issiqlik energiyasi va issiq suvni nazorat qilish hamda hisobga olishning integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.Ishlab chiqish:2020-yil 1-yanvar Issiqlik taʼminoti korxonalarining oʻz mablagʻlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev)Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar rejasiAmalga oshirish:2020-2021-yillar davomida12.Isteʼmolchilarning oʻz ehtiyojidan kelib chiqqan holda issiqlik isteʼmol qilishni tartibga solish imkoniyatini taʼminlaydigan issiqlikni hisobga oluvchi kvartira ichki asboblarini oʻrnatish uchun koʻp kvartirali uylarni issiqlik energiyasi taqsimlagichlari bilan jihozlash imkoniyatlarini oʻrganish nuqtai nazaridan qurilish normalari va qoidalarini, ilgʻor xorijiy tajribani tahlil qilish hamda Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritish.Amalga oshirish shakli: takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma2020-yil 1-sentabr— Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), “Issiqlikelektrloyiha” AJ (kelishuv boʻyicha)13.Energiya yoʻqotilishi manbalari va sabablarini aniqlash, shuningdek, energiya resurslaridan nooqilona foydalanishga barham berish maqsadida hududlarning issiqlik taʼminoti tizimlarini energetika tekshiruvdan (energiya auditi) oʻtkazish, shu jumladan:2020 — 2022-yillarUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalariUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari2020 — 2022-yillarda hududlar kesimida issiqlik taʼminoti tizimlarini energiya auditidan oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish;2020-yil 1-martissiqlik taʼminoti tizimlarini energiya auditidan oʻtkazish boʻyicha texnik talablarni ishlab chiqish;2020-yil 1-mayenergiya auditi sohasida ixtisoslashgan tashkilotlarni belgilangan tartibda jalb qilish;2020-yil 1-sentabrenergiya auditi yakunlariga koʻra energiya tejaydigan chora-tadbirlar boʻyicha hududlar kesimida takliflar shakllantirish va ularni moliyalashtirish manbalarini belgilash.Amalga oshirish shakli: tashkiliy tadbirlar va kelgusida amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishhar bir hudud boʻyicha energiya auditidan soʻng 20 kun ichidaIV. Issiqlik taʼminoti sohasining kadrlar salohiyatini oshirish14.“Kommunaloʻquv” oʻquv-metodik markazi” DUK negizida issiqlik taʼminoti sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish boʻyicha doimiy ishlaydigan kurslar tashkil etish, shu jumladan:taʼlimning ilgʻor amaliyoti va texnologiyasi asosida 3 oydan 12 oygacha muddatli mutaxassislar malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;soha mutaxassislarini issiqlik taʼminotini boshqarishning zamonaviy usullariga doimiy oʻqitishni tashkil etish uchun xalqaro dasturlar va jamgʻarmalarning grantlari va texnik koʻmak mablagʻlarini jalb etish boʻyicha tizimli choralar koʻrish.Amalga oshirish shakli: oʻquv dasturlari, oʻqitish kurslari2020-yil 1-aprel“Kommunaloʻquv” oʻquv-metodik markazi” DUK mablagʻlari, xalqaro dasturlar va jamgʻarmalarning grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov)15.Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Qoʻshkoʻpir, Angor, Qarshi va Bekobod tumanlaridagi taʼlim muassasalari negizida taʼlimning ishlab chiqarish bilan, shu jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik sohalarida samarali integratsiyalashuvini taʼminlaydigan professional-taʼlim klasterlarini bosqichma-bosqich tashkil etish.Amalga oshirish shakli: tashkiliy tadbirlar2020-yil 1-sentabrUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xalqaro dasturlar va jamgʻarmalarning grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarUy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov)16.Issiqlik taʼminoti sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning kasb mahoratini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari,amaliy seminar va treninglar, shuningdek, ularning chet elda ishlab chiqarish amaliyoti oʻtashini tashkil etish uchun xalqaro dasturlar va jamgʻarmalarning grantlarini jalb etish choralarini koʻrish.Amalga oshirish shakli: tashkiliy tadbirlar2020 — 2022-yillar— Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4542-son qaroriga 4-ILOVA
Respublikaning issiqlik taʼminoti tizimini isloh qilishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI
Xoʻjayev Botir Asadillayevich — iqtisodiyot va sanoat vaziri, Ishchi guruh rahbari Saliyev Muzaffar Xoldorboyevich — uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari Tursunov Yorqin Ergashevich — moliya vazirining oʻrinbosari Xodjayev Sherzod Hikmatullayevich — energetika vazirining oʻrinbosari Xidoyatov Sherzod Saidjanovich — qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari Vafayev Shuxrat Abdusharifovich — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari Umarov Olimjon Muxamadjanovich — axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Rajabbayev Sharof Raximberdiyevich — innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari v.b. Xoljigitov Gʻolib Ablakulovich — Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori Djamalov Gʻofir Oribjanovich — uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh kotibi
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
