Toshkent shahrining issiqlik taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4543-son)
02.12.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimining muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining turmush sharoitlari va sifatini yaxshilash, shuningdek, ularga koʻrsatiladigan uy-joy kommunal xizmatlar darajasini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Toshkent shahar hokimligi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish yuzasidan maslahat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzilganligi;
isteʼmolchining unifikatsiya qilingan shaxsiy hisobvaragʻini joriy etgan holda Toshkent shahri boʻyicha Kommunal xizmatlarni boshqarish markazi va kommunal korxonalarning billing tizimlari bilan integratsiyalashtirilgan Kommunal xizmatlar yagona billing tizimini yaratish, keyinchalik ushbu tizimni respublika boʻyicha ommalashtirish yuzasidan choralar koʻrilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Toshkent shahar hokimligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
2020 ― 2022-yillar uchun Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimi samaradorligining asosiy maqsadli indikatorlari (keyingi oʻrinlarda — Maqsadli indikatorlar) 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
2019 ― 2021-yillarda Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Toshkent shahar hokimi, masʼul vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga Qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirish, shuningdek, asosiy maqsadli indikatorlarni oʻz vakolatlari doirasida bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) Toshkent shahar hokimi Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimini boshqarish faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va uning lozim darajada ishlashi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;
b) Toshkent shahar tumanlari hokimlari tegishli hududda issiqlik taʼminoti xizmatlarini koʻrsatish sohasida quyidagilar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi:
issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan xizmatlar tuziladigan shartnomalarga muvofiq koʻrsatilishini, shuningdek, isteʼmolchilarga issiqlik energiyasi va issiq suv uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash;
issiqlik energiyasi va issiq suv uchun toʻlovlarning kvartiralar ichki hisobga olish uskunalari koʻrsatkichlari, isteʼmolning normativ hajmlari va kvartiraning isitiladigan maydoni oʻlchami asosida oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini taʼminlashga, shuningdek, isteʼmolchilarning qarzdorligi kamaytirilishiga koʻmaklashish;
issiqlik taʼminoti tizimi obyektlarining holati, foydalanilishi va ularga taʼmirlash xizmati koʻrsatilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
issiqlik energiyasi va issiq suvni hisobga olish uskunalarining almashtirilishi va oʻrnatilishini, shuningdek, issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan ularning plombalanishini tashkil etish;
issiqlik energiyasi va issiq suvdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;
v) Toshkent shahar tumanlari hokimlarining issiqlik taʼminoti tizimini boshqarish sohasidagi faoliyati samaradorligi tegishli hududda maqsadli indikatorlarning bajarilishi holati va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatidan kelib chiqqan holda Toshkent shahar hokimligi tomonidan yiliga kamida ikki marotaba baholanadi, shuningdek, masʼul shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ragʻbatlantirish yoki javobgarlikka tortish choralari koʻriladi.
4. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab issiqlik quvurlarini rekonstruksiya qilishda majburiy tartibda issiqlikni saqlovchi, shu jumladan penopoliuretandan tayyorlangan polimer izolyatsiyali va himoya qobigʻiga oʻralgan, kanalsiz yotqizish imkonini beruvchi quvurlar ishlatiladi.
5. 2019 ― 2022-yillarda Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimini isloh qilishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va unga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va yetkazish sarf-xarajatlarini kamaytirish, magistral va uylarning ichki issiqlik taʼminoti tarmoqlarida mavjud yoʻqotishlarni qisqartirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni tashkil etish;
issiqlik taʼminoti sohasiga zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv usullari, jumladan issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash hamda uning isteʼmolini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi faol joriy etilishini taʼminlash;
issiqlik taʼminoti sohasida davlat tarif siyosatini takomillashtirish, shuningdek, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish boʻyicha har tomonlama tahlil oʻtkazish va takliflar ishlab chiqish;
issiqlik taʼminoti sohasidagi istiqbolli investitsiya loyihalarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash, koʻrib chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashish;
Qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish;
mazkur qarorda nazarda tutilgan vazifalar amalga oshirilishining holati toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish.
Ishchi guruh (A.J. Ramatov) bir oy muddatda mazkur qarorning ijrosini taʼminlash boʻyicha batafsil amaliy tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etsin.
6. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga Kengash va uning doimiy komissiyalari ish rejalarini ishlab chiqishda yiliga kamida ikki marotaba:
issiqlik taʼminoti sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini, shu jumladan aholi bilan muloqot qilish orqali tanqidiy oʻrganish boʻyicha nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazishni;
ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining issiqlik taʼminoti tizimini boshqarish sohasidagi ishlarning holati, shuningdek, aholini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan taʼminlash sifati toʻgʻrisidagi axborotini eshitishni nazarda tutish tavsiya etilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda har tomonlama tahlil asosida:
issiqlik tarmoqlaridagi yoʻqotishlarni kamaytirish, energiya resurslaridan nooqilona foydalanishga barham berish hamda issiqlik taʼminoti tizimini boshqarish sohasidagi boshqa miqdor va sifat koʻrsatkichlarini nazarda tutuvchi 2030-yil uchun Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimining samaradorligini oshirish boʻyicha maqsadli moʻljallarni;
joylarda elektr va issiqlik energiyasini kombinatsiyalangan tarzda ishlab chiqarish (kogeneratsiya) texnologiyalarini joriy etishni hamda ulardan foydalanishni kengaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
zamonaviy va innovatsion resurs tejovchi texnologiyalardan foydalanishni kengaytirishni inobatga olgan holda issiqlik saqlaydigan qurilish materiallari ishlab chiqarish standartlarini qayta koʻrib chiqish;
koʻp kvartirali uylarni qurishda issiqlikni saqlash darajasini baholash tizimini takomillashtirish choralarini koʻrsin.
9. Toshkent shahar hokimligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda isteʼmolchilarning yuklamalari va issiqlik energiyasi manbalarining quvvatlari balansini xatlovdan oʻtkazish asosida ortiqcha quvvatlarni maqbullashtirish choralarini koʻrsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Toshkent shahar hokimi J.O. Ortiqxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-dekabr,
PQ-4543-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4543-son qaroriga 1-ILOVA
2020 ― 2022-yillar uchun Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimi samaradorligining asosiy maqsadli indikatorlari
T/r Koʻrsatkich nomi Oʻlchov birligi 2019-y. (kutilayotgan) 2020-y.* 2021-y.* 2022-y.* 1. Texnik koʻrsatkichlar 1. Issiqlik energiyasi sarfi ming Gkal 9 705,0 9 108,6 8 591,9 8 084,1 2. Texnologik yoʻqotishlar, shu jumladan: ming Gkal 4 290,6 4 009,0 3 439,5 2 849,5 % 44,2 44,0 40,0 35,3 issiqlik tarmoqlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 1 263,8 1 185,0 1 095,8 992,1 % 13,0 13,0 12,8 12,3 uylarning ichki tizimlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 3 026,8 2 824,0 2 343,7 1 857,4 % 31,2 31,0 27,3 23,0 3. Eskirgan issiqlik tarmoqlari, shu jumladan: km 1 931,7 1 899,9 1 742,6 1 541,4 % 71,7 70,6 64,7 57,2 magistral tarmoqlar (magistral issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 359,5 353,5 318,2 277,4 % 70,6 69,4 62,5 54,5 taqsimlovchi tarmoqlar (taqsimlovchi issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 1 572,2 1 546,4 1 424,4 1 264,0 % 72,0 70,8 65,2 57,9 4. Issiqlik tarmoqlaridagi avariyalar marta/km/yil 1,8 1,7 1,6 1,5 5. Nasos stansiyalaridagi elektr energiyasi sarfi ming kVt/soat 14 246,7 13 895,7 13 120,9 11 237,7 2. Moliyaviy koʻrsatkichlar 6. Debitor qarzdorlik, shu jumladan: mln. soʻm 177 978,3 156 620,9 134 694,0 111 796,0 yuridik shaxslar boʻyicha mln. soʻm 32 511,0 28 609,7 24 604,3 20 421,6 jismoniy shaxslar boʻyicha mln. soʻm 145 467,3 128 011,2 110 089,7 91 374,4 7. Tegishli yilda amalda chiqarilgan issiqlik energiyasi uchun toʻlovlarni yigʻib olish darajasi % 64,0 71,0 75,0 81,0dan yuqori 3. Obyektlarning elektron hisobga oluvchi asboblar bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichlari 8. Issiqlik energiyasini hisobga oluvchi uyning umumiy elektron asboblari (koʻp kvartirali uylarning umumiy soniga nisbatan %) birlik - 369 2 303 4 145 % - 4,0 25,0 45,0 Issiq suv taʼminotini hisobga oluvchi kvartira ichki elektron asboblari (kvartiralarning umumiy soniga nisbatdan %) birlik - 8 654 64 913 129 827 % - 2,0 15,0 30,0
* Toshkent shahar hokimligi tomonidan har yili tegishli yilning 1-martiga qadar aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4543-son qaroriga 1a-ILOVA
2020 — 2022-yillar uchun Toshkent shahri tumanlari issiqlik taʼminoti tizimi samaradorligining asosiy maqsadli indikatorlari
T/r Koʻrsatkich nomi Oʻlchov birligi 2019-y. (kutilayotgan) 2020-y.* 2021-y.* 2022-y.* I. Bektemir tumani 1. Texnik koʻrsatkichlar 1. Issiqlik energiyasi sarfi ming Gkal 77,6 74,0 70,2 66,7 2. Texnologik yoʻqotishlar, shu jumladan: ming Gkal 34,3 30,4 27,3 22,8 % 44,2 41,0 38,9 34,2 issiqlik tarmoqlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 27,7 25,3 23,1 19,2 % 35,7 34,2 32,9 28,8 uylarning ichki tizimlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 6,6 5,1 4,2 3,6 % 8,5 6,8 6,0 5,4 3. Eskirgan issiqlik tarmoqlari, shu jumladan: km 35,3 35,2 34,4 33,8 % 62,9 62,7 61,2 60,1 magistral tarmoqlar (magistral issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km - - - - % - - - - taqsimlovchi tarmoqlar (taqsimlovchi issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 35,3 35,2 34,4 33,8 % 62,9 62,7 61,2 60,1 4. Issiqlik tarmoqlaridagi avariyalar marta/km/yil 1,9 1,8 1,7 1,7 5. Nasos stansiyalaridagi elektr energiyasi sarfi ming kVt/soat - - - - 2. Moliyaviy koʻrsatkichlar 6. Debitor qarzdorlik, shu jumladan: mln. soʻm 1 697,7 1 494,0 1 284,8 1 066,4 yuridik shaxslar boʻyicha mln. soʻm 97,5 85,8 73,8 61,3 jismoniy shaxslar boʻyicha mln. soʻm 1 600,1 1 408,1 1 211,0 1 005,1 7. Tegishli yilda amalda chiqarilgan issiqlik energiyasi uchun toʻlovlarni yigʻib olish darajasi % 67,0 74,0 78,0 84,0dan yuqori 3. Obyektlarning elektron hisobga oluvchi asboblar bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichlari 8. Issiqlik energiyasini hisobga oluvchi uyning umumiy elektron asboblari (koʻp kvartirali uylarning umumiy soniga nisbatan %) birlik - 10 60 108 % - 4,0 25,0 45,0 Issiq suv taʼminotini hisobga oluvchi kvartira ichki elektron asboblari (kvartiralarning umumiy soniga nisbatdan %) birlik - 133 1 000 1 999 % - 2,0 15,0 30,0 II. Mirobod tumani 1. Texnik koʻrsatkichlar 1. Issiqlik energiyasi sarfi ming Gkal 708,5 670,2 614,0 557,8 2. Texnologik yoʻqotishlar, shu jumladan: ming Gkal 291,8 273,2 209,8 146,5 % 41,2 40,8 34,2 26,3 issiqlik tarmoqlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 97,3 91,9 81,0 69,0 % 13,7 13,7 13,2 12,4 uylarning ichki tizimlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 194,5 181,3 128,8 77,5 % 27,5 27,1 21,0 13,9 3. Eskirgan issiqlik tarmoqlari, shu jumladan: km 143,7 139,2 104,8 62,3 % 70,0 67,7 51,0 30,3 magistral tarmoqlar (magistral issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 29,3 28,8 19,9 10,0 % 74,4 73,2 50,5 25,4 taqsimlovchi tarmoqlar (taqsimlovchi issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 114,4 110,4 84,9 52,3 % 68,9 66,5 51,1 31,5 4. Issiqlik tarmoqlaridagi avariyalar marta/km/yil 1,7 1,7 1,6 1,5 5. Nasos stansiyalaridagi elektr energiyasi sarfi ming kVt/soat 2 806,6 1 832,8 1 741,2 1 654,1 2. Moliyaviy koʻrsatkichlar 6. Debitor qarzdorlik, shu jumladan: mln. soʻm 8 026,1 7 063,0 6 074,2 5 041,6 yuridik shaxslar boʻyicha mln. soʻm 1 625,6 1 430,5 1 230,2 1 021,1 jismoniy shaxslar boʻyicha mln. soʻm 6 400,6 5 632,5 4 843,9 4 020,5 7. Tegishli yilda amalda chiqarilgan issiqlik energiyasi uchun toʻlovlarni yigʻib olish darajasi % 70,0 77,0 82,0 87,0dan yuqori 3. Obyektlarning elektron hisobga oluvchi asboblar bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichlari 8. Issiqlik energiyasini hisobga oluvchi uyning umumiy elektron asboblari (koʻp kvartirali uylarning umumiy soniga nisbatan %) birlik - 23 143 257 % - 4,0 25,0 45,0 Issiq suv taʼminotini hisobga oluvchi kvartira ichki elektron asboblari (kvartiralarning umumiy soniga nisbatdan %) birlik - 535 4 011 8 023 % - 2,0 15,0 30,0 III. Mirzo Ulugʻbek tumani 1. Texnik koʻrsatkichlar 1. Issiqlik energiyasi sarfi ming Gkal 1 251,9 1 174,9 1 083,5 992,1 2. Texnologik yoʻqotishlar, shu jumladan: ming Gkal 441,9 414,6 308,3 201,9 % 35,3 35,3 28,5 20,4 issiqlik tarmoqlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 167,5 157,8 143,8 130,8 % 13,4 13,4 13,3 13,2 uylarning ichki tizimlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 274,4 256,8 164,5 71,1 % 21,9 21,9 15,2 7,2 3. Eskirgan issiqlik tarmoqlari, shu jumladan: km 257,1 251,5 186,2 110,1 % 71,6 70,1 51,9 30,7 magistral tarmoqlar (magistral issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 39,6 39,1 20,5 1,2 % 66,1 65,3 34,2 2,0 taqsimlovchi tarmoqlar (taqsimlovchi issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 217,5 212,4 165,7 108,9 % 72,7 71,0 55,4 36,4 4. Issiqlik tarmoqlaridagi avariyalar marta/km/yil 2,3 2,2 2,1 2,0 5. Nasos stansiyalaridagi elektr energiyasi sarfi ming kVt/soat 3 120,0 2 932,9 2 493,0 2 053,1 2. Moliyaviy koʻrsatkichlar 6. Debitor qarzdorlik, shu jumladan: mln. soʻm 24 951,1 21 957,0 18 883,0 15 672,9 yuridik shaxslar boʻyicha mln. soʻm 4 876,7 4 291,5 3 690,6 3 063,2 jismoniy shaxslar boʻyicha mln. soʻm 20 074,5 17 665,5 15 192,4 12 609,7 7. Tegishli yilda amalda chiqarilgan issiqlik energiyasi uchun toʻlovlarni yigʻib olish darajasi % 63,0 70,0 74,0 80,0dan yuqori 3. Obyektlarning elektron hisobga oluvchi asboblar bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichlari 8. Issiqlik energiyasini hisobga oluvchi uyning umumiy elektron asboblari (koʻp kvartirali uylarning umumiy soniga nisbatan %) birlik - 55 345 621 % - 4,0 25,0 45,0 Issiq suv taʼminotini hisobga oluvchi kvartira ichki elektron asboblari (kvartiralarning umumiy soniga nisbatdan %) birlik - 1 243 9 326 18 651 % - 2,0 15,0 30,0 IV. Olmazor tumani 1. Texnik koʻrsatkichlar 1. Issiqlik energiyasi sarfi ming Gkal 922,0 862,4 818,7 777,3 2. Texnologik yoʻqotishlar, shu jumladan: ming Gkal 441,9 411,8 356,8 310,6 % 47,9 47,8 43,6 40,0 issiqlik tarmoqlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 117,5 109,4 102,5 93,1 % 12,7 12,7 12,5 12,0 uylarning ichki tizimlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 324,4 302,4 254,3 217,5 % 35,2 35,1 31,1 28,0 3. Eskirgan issiqlik tarmoqlari, shu jumladan: km 192,3 188,3 184,7 180,0 % 76,5 74,9 73,5 71,6 magistral tarmoqlar (magistral issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 45,2 44,4 43,9 42,8 % 73,5 72,3 71,5 69,7 taqsimlovchi tarmoqlar (taqsimlovchi issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 147,1 143,9 140,8 137,2 % 77,4 75,7 74,1 72,2 4. Issiqlik tarmoqlaridagi avariyalar marta/km/yil 1,7 1,7 1,6 1,6 5. Nasos stansiyalaridagi elektr energiyasi sarfi ming kVt/soat 926,0 761,4 728,3 696,7 2. Moliyaviy koʻrsatkichlar 6. Debitor qarzdorlik, shu jumladan: mln. soʻm 22 503,6 19 803,2 17 030,7 14 135,5 yuridik shaxslar boʻyicha mln. soʻm 6 502,2 5 721,9 4 920,9 4 084,3 jismoniy shaxslar boʻyicha mln. soʻm 16 001,4 14 081,2 12 109,9 10 051,2 7. Tegishli yilda amalda chiqarilgan issiqlik energiyasi uchun toʻlovlarni yigʻib olish darajasi % 60,0 66,0 70,0 75,0dan yuqori 3. Obyektlarning elektron hisobga oluvchi asboblar bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichlari 8. Issiqlik energiyasini hisobga oluvchi uyning umumiy elektron asboblari (koʻp kvartirali uylarning umumiy soniga nisbatan %) birlik - 30 185 333 % - 4,0 25,0 45,0 Issiq suv taʼminotini hisobga oluvchi kvartira ichki elektron asboblari (kvartiralarning umumiy soniga nisbatdan %) birlik - 715 5 365 10 730 % - 2,0 15,0 30,0 V. Sergeli tumani 1. Texnik koʻrsatkichlar 1. Issiqlik energiyasi sarfi ming Gkal 795,8 749,2 650,3 551,5 2. Texnologik yoʻqotishlar, shu jumladan: ming Gkal 373,3 350,5 248,1 145,8 % 46,9 46,8 38,2 26,4 issiqlik tarmoqlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 122,5 115,1 98,6 80,2 % 15,4 15,4 15,2 14,5 uylarning ichki tizimlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 250,8 235,4 149,5 65,6 % 31,5 31,4 23,0 11,9 3. Eskirgan issiqlik tarmoqlari, shu jumladan: km 168,4 165,1 130,2 79,0 % 64,7 63,5 50,0 30,4 magistral tarmoqlar (magistral issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 16,3 15,4 12,6 7,2 % 45,5 42,8 35,0 20,1 taqsimlovchi tarmoqlar (taqsimlovchi issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 152,1 149,7 117,6 71,8 % 67,8 66,7 52,4 32,0 4. Issiqlik tarmoqlaridagi avariyalar marta/km/yil 1,4 1,4 1,3 1,2 5. Nasos stansiyalaridagi elektr energiyasi sarfi ming kVt/soat 498,6 514,8 489,1 464,6 2. Moliyaviy koʻrsatkichlar 6. Debitor qarzdorlik, shu jumladan: mln. soʻm 13 909,8 12 240,6 10 527,0 8 737,4 yuridik shaxslar boʻyicha mln. soʻm 1 690,6 1 487,7 1 279,4 1 061,9 jismoniy shaxslar boʻyicha mln. soʻm 12 219,3 10 752,9 9 247,5 7 675,5 7. Tegishli yilda amalda chiqarilgan issiqlik energiyasi uchun toʻlovlarni yigʻib olish darajasi % 67,0 74,0 78,0 84,0dan yuqori 3. Obyektlarning elektron hisobga oluvchi asboblar bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichlari 8. Issiqlik energiyasini hisobga oluvchi uyning umumiy elektron asboblari (koʻp kvartirali uylarning umumiy soniga nisbatan %) birlik - 46 285 513 % - 4,0 25,0 45,0 Issiq suv taʼminotini hisobga oluvchi kvartira ichki elektron asboblari (kvartiralarning umumiy soniga nisbatdan %) birlik - 836 6 271 12 542 % - 2,0 15,0 30,0 VI. Uchtepa tumani 1. Texnik koʻrsatkichlar 1. Issiqlik energiyasi sarfi ming Gkal 727,9 687,3 652,5 619,5 2. Texnologik yoʻqotishlar, shu jumladan: ming Gkal 360,4 336,7 292,4 254,1 % 49,5 49,0 44,8 41,0 issiqlik tarmoqlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 109,7 103,3 95,7 86,9 % 15,1 15,0 14,7 14,0 uylarning ichki tizimlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 250,7 233,4 196,7 167,2 % 34,4 34,0 30,1 27,0 3. Eskirgan issiqlik tarmoqlari, shu jumladan: km 189,5 187,4 184,1 179,1 % 81,1 80,2 78,8 76,6 magistral tarmoqlar (magistral issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 38,8 38,4 37,8 36,7 % 85,3 84,5 83,2 80,7 taqsimlovchi tarmoqlar (taqsimlovchi issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 150,7 149,0 146,3 142,4 % 80,0 79,1 77,7 75,6 4. Issiqlik tarmoqlaridagi avariyalar marta/km/yil 2,4 2,4 2,3 2,2 5. Nasos stansiyalaridagi elektr energiyasi sarfi ming kVt/soat 3 291,0 2 328,4 2 227,1 2 130,3 2. Moliyaviy koʻrsatkichlar 6. Debitor qarzdorlik, shu jumladan: mln. soʻm 17 714,1 15 588,4 13 406,0 11 127,0 yuridik shaxslar boʻyicha mln. soʻm 2 730,9 2 403,2 2 066,8 1 715,4 jismoniy shaxslar boʻyicha mln. soʻm 14 983,1 13 185,2 11 339,2 9 411,6 7. Tegishli yilda amalda chiqarilgan issiqlik energiyasi uchun toʻlovlarni yigʻib olish darajasi % 64,0 70,0 75,0 80,0dan yuqori 3. Obyektlarning elektron hisobga oluvchi asboblar bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichlari 8. Issiqlik energiyasini hisobga oluvchi uyning umumiy elektron asboblari (koʻp kvartirali uylarning umumiy soniga nisbatan %) birlik - 28 174 313 % - 4,0 25,0 45,0 Issiq suv taʼminotini hisobga oluvchi kvartira ichki elektron asboblari (kvartiralarning umumiy soniga nisbatdan %) birlik - 815 6 112 12 225 % - 2,0 15,0 30,0 VII. Shayxontohur tumani 1. Texnik koʻrsatkichlar 1. Issiqlik energiyasi sarfi ming Gkal 863,7 810,1 769,1 730,1 2. Texnologik yoʻqotishlar, shu jumladan: ming Gkal 407,6 380,7 330,7 287,1 % 47,2 47,0 43,0 39,3 issiqlik tarmoqlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 106,8 99,6 92,8 84,2 % 12,4 12,3 12,1 11,5 uylarning ichki tizimlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 300,8 281,1 237,9 202,9 % 34,8 34,7 30,9 27,8 3. Eskirgan issiqlik tarmoqlari, shu jumladan: km 171,4 168,6 166,5 163,2 % 75,5 74,3 73,4 71,9 magistral tarmoqlar (magistral issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 38,3 37,7 37,2 36,4 % 72,5 71,4 70,5 68,9 taqsimlovchi tarmoqlar (taqsimlovchi issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 133,1 130,9 129,3 126,8 % 76,4 75,1 74,2 72,8 4. Issiqlik tarmoqlaridagi avariyalar marta/km/yil 2,3 2,2 2,1 2,0 5. Nasos stansiyalaridagi elektr energiyasi sarfi ming kVt/soat 142,5 138,3 132,3 126,5 2. Moliyaviy koʻrsatkichlar 6. Debitor qarzdorlik, shu jumladan: mln. soʻm 17 642,4 15 525,3 13 351,8 11 082,0 yuridik shaxslar boʻyicha mln. soʻm 1 495,5 1 316,0 1 131,8 939,4 jismoniy shaxslar boʻyicha mln. soʻm 16 146,9 14 209,2 12 220,0 10 142,6 7. Tegishli yilda amalda chiqarilgan issiqlik energiyasi uchun toʻlovlarni yigʻib olish darajasi % 62,0 68,0 72,0 77,0dan yuqori 3. Obyektlarning elektron hisobga oluvchi asboblar bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichlari 8. Issiqlik energiyasini hisobga oluvchi uyning umumiy elektron asboblari (koʻp kvartirali uylarning umumiy soniga nisbatan %) birlik - 30 190 342 % - 4,0 25,0 45,0 Issiq suv taʼminotini hisobga oluvchi kvartira ichki elektron asboblari (kvartiralarning umumiy soniga nisbatdan %) birlik - 638 4 787 9 574 % - 2,0 15,0 30,0 VIII. Chilonzor tumani 1. Texnik koʻrsatkichlar 1. Issiqlik energiyasi sarfi ming Gkal 1 135,5 1 067,9 1 013,8 962,4 2. Texnologik yoʻqotishlar, shu jumladan: ming Gkal 536,3 503,3 437,2 379,8 % 47,2 47,1 43,1 39,5 issiqlik tarmoqlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 155,4 146,5 135,8 123,3 % 13,7 13,7 13,4 12,8 uylarning ichki tizimlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 380,9 356,8 301,4 256,5 % 33,5 33,4 29,7 26,7 3. Eskirgan issiqlik tarmoqlari, shu jumladan: km 216,5 214,4 211,0 206,2 % 65,3 64,6 63,6 62,2 magistral tarmoqlar (magistral issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 46,4 45,9 44,7 43,9 % 71,6 70,8 68,9 67,6 taqsimlovchi tarmoqlar (taqsimlovchi issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 170,1 168,5 166,3 162,3 % 63,7 63,1 62,3 60,8 4. Issiqlik tarmoqlaridagi avariyalar marta/km/yil 1,5 1,5 1,4 1,4 5. Nasos stansiyalaridagi elektr energiyasi sarfi ming kVt/soat 256,4 240,7 230,3 220,2 2. Moliyaviy koʻrsatkichlar 6. Debitor qarzdorlik, shu jumladan: mln. soʻm 26 705,5 23 500,8 20 210,7 16 774,9 yuridik shaxslar boʻyicha mln. soʻm 3 576,2 3 147,1 2 706,5 2 246,4 jismoniy shaxslar boʻyicha mln. soʻm 23 129,3 20 353,8 17 504,3 14 528,5 7. Tegishli yilda amalda chiqarilgan issiqlik energiyasi uchun toʻlovlarni yigʻib olish darajasi % 59,0 65,0 69,0 74,0dan yuqori 3. Obyektlarning elektron hisobga oluvchi asboblar bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichlari 8. Issiqlik energiyasini hisobga oluvchi uyning umumiy elektron asboblari (koʻp kvartirali uylarning umumiy soniga nisbatan %) birlik - 47 294 529 % - 4,0 25,0 45,0 Issiq suv taʼminotini hisobga oluvchi kvartira ichki elektron asboblari (kvartiralarning umumiy soniga nisbatdan %) birlik - 1 209 9 065 18 131 % - 2,0 15,0 30,0 IX. Yunusobod tumani 1. Texnik koʻrsatkichlar 1. Issiqlik energiyasi sarfi ming Gkal 1 873,1 1 746,1 1 699,1 1 650,3 2. Texnologik yoʻqotishlar, shu jumladan: ming Gkal 806,6 750,7 722,6 641,7 % 43,1 43,0 42,5 38,9 issiqlik tarmoqlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 160,8 150,3 144,2 138,9 % 8,6 8,6 8,5 8,4 uylarning ichki tizimlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 645,8 600,4 578,4 502,8 % 34,5 34,4 34,0 30,5 3. Eskirgan issiqlik tarmoqlari, shu jumladan: km 281,7 279,0 273,5 267,8 % 82,0 81,2 79,6 77,9 magistral tarmoqlar (magistral issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 63,6 62,5 61,5 60,3 % 80,5 79,2 77,9 76,3 taqsimlovchi tarmoqlar (taqsimlovchi issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 218,1 216,5 212,0 207,5 % 82,4 81,8 80,1 78,4 4. Issiqlik tarmoqlaridagi avariyalar marta/km/yil 1,0 1,0 0,9 0,9 5. Nasos stansiyalaridagi elektr energiyasi sarfi ming kVt/soat 1 780,8 3 745,4 3 745,4 2 621,8 2. Moliyaviy koʻrsatkichlar 6. Debitor qarzdorlik, shu jumladan: mln. soʻm 19 758,9 17 387,8 14 953,6 12 411,4 yuridik shaxslar boʻyicha mln. soʻm 4 193,9 3 690,6 3 174,0 2 634,4 jismoniy shaxslar boʻyicha mln. soʻm 15 565,0 13 697,2 11 779,6 9 777,1 7. Tegishli yilda amalda chiqarilgan issiqlik energiyasi uchun toʻlovlarni yigʻib olish darajasi % 69,0 76,0 80,0 86,0dan yuqori 3. Obyektlarning elektron hisobga oluvchi asboblar bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichlari 8. Issiqlik energiyasini hisobga oluvchi uyning umumiy elektron asboblari (koʻp kvartirali uylarning umumiy soniga nisbatan %) birlik - 46 289 521 % - 4,0 25,0 45,0 Issiq suv taʼminotini hisobga oluvchi kvartira ichki elektron asboblari (kvartiralarning umumiy soniga nisbatdan %) birlik - 1 218 9 139 18 277 % - 2,0 15,0 30,0 X. Yakkasaroy tumani 1. Texnik koʻrsatkichlar 1. Issiqlik energiyasi sarfi ming Gkal 572,6 539,8 512,4 486,5 2. Texnologik yoʻqotishlar, shu jumladan: ming Gkal 231,7 216,2 187,7 163,1 % 40,5 40,1 36,6 33,5 issiqlik tarmoqlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 85,9 80,4 74,8 68,0 % 15,0 14,9 14,6 14,0 uylarning ichki tizimlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 145,8 135,8 112,9 95,1 % 25,5 25,2 22,0 19,5 3. Eskirgan issiqlik tarmoqlari, shu jumladan: km 110,3 109,7 108,3 103,9 % 60,0 59,7 58,9 56,5 magistral tarmoqlar (magistral issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 25,2 24,9 24,0 23,2 % 62,4 61,6 59,3 57,4 taqsimlovchi tarmoqlar (taqsimlovchi issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 85,1 84,8 84,3 80,7 % 59,3 59,1 58,7 56,2 4. Issiqlik tarmoqlaridagi avariyalar marta/km/yil 0,7 0,7 0,7 0,6 5. Nasos stansiyalaridagi elektr energiyasi sarfi ming kVt/soat 455,9 486,5 465,4 445,1 2. Moliyaviy koʻrsatkichlar 6. Debitor qarzdorlik, shu jumladan: mln. soʻm 6 487,7 5 709,1 4 909,9 4 075,2 yuridik shaxslar boʻyicha mln. soʻm 1 105,4 972,7 836,5 694,3 jismoniy shaxslar boʻyicha mln. soʻm 5 382,3 4 736,4 4 073,3 3 380,9 7. Tegishli yilda amalda chiqarilgan issiqlik energiyasi uchun toʻlovlarni yigʻib olish darajasi % 67,0 74,0 79,0 84,0dan yuqori 3. Obyektlarning elektron hisobga oluvchi asboblar bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichlari 8. Issiqlik energiyasini hisobga oluvchi uyning umumiy elektron asboblari (koʻp kvartirali uylarning umumiy soniga nisbatan %) birlik - 18 115 207 % - 4,0 25,0 45,0 Issiq suv taʼminotini hisobga oluvchi kvartira ichki elektron asboblari (kvartiralarning umumiy soniga nisbatdan %) birlik - 403 3 019 6 038 % - 2,0 15,0 30,0 XI. Yashnobod tumani 1. Texnik koʻrsatkichlar 1. Issiqlik energiyasi sarfi ming Gkal 776,4 726,7 708,3 689,9 2. Texnologik yoʻqotishlar, shu jumladan: ming Gkal 364,7 340,9 318,6 296,1 % 47,0 46,9 45,0 42,9 issiqlik tarmoqlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 112,6 105,4 103,5 98,5 % 14,5 14,5 14,6 14,3 uylarning ichki tizimlarida (issiqlik energiyasi sarfiga nisbatan %) ming Gkal 252,1 235,5 215,1 197,6 % 32,5 32,4 30,4 28,6 3. Eskirgan issiqlik tarmoqlari, shu jumladan: km 165,5 161,5 158,9 156,0 % 68,9 67,2 66,2 65,0 magistral tarmoqlar (magistral issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 16,8 16,4 16,1 15,7 % 55,6 54,4 53,1 51,9 taqsimlovchi tarmoqlar (taqsimlovchi issiqlik tarmoqlarining umumiy uzunligiga nisbatan %) km 148,7 145,1 142,8 140,3 % 70,8 69,1 68,0 66,8 4. Issiqlik tarmoqlaridagi avariyalar marta/km/yil 2,5 2,4 2,3 2,2 5. Nasos stansiyalaridagi elektr energiyasi sarfi ming kVt/soat 968,8 914,5 868,8 825,3 2. Moliyaviy koʻrsatkichlar 6. Debitor qarzdorlik, shu jumladan: mln. soʻm 18 581,4 16 351,7 14 062,4 11 671,8 yuridik shaxslar boʻyicha mln. soʻm 4 616,6 4 062,6 3 493,8 2 899,9 jismoniy shaxslar boʻyicha mln. soʻm 13 964,9 12 289,1 10 568,6 8 771,9 7. Tegishli yilda amalda chiqarilgan issiqlik energiyasi uchun toʻlovlarni yigʻib olish darajasi % 67,0 73,0 78,0 83,0dan yuqori 3. Obyektlarning elektron hisobga oluvchi asboblar bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichlari 8. Issiqlik energiyasini hisobga oluvchi uyning umumiy elektron asboblari (koʻp kvartirali uylarning umumiy soniga nisbatan %) birlik - 36 223 401 % - 4,0 25,0 45,0 Issiq suv taʼminotini hisobga oluvchi kvartira ichki elektron asboblari (kvartiralarning umumiy soniga nisbatdan %) birlik - 909 6 818 13 637 % - 2,0 15,0 30,0
* Toshkent shahar hokimligi tomonidan har yili tegishli yilning 1-martiga qadar aniqlashtirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4543-son qaroriga 2-ILOVA
2019 ― 2021-yillarda Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi
T/r Chora-tadbirlarning nomi Amalga oshirish muddatlari Moliyalashtirish manbalari Masʼul ijrochilar I. Issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirishni rejalashtirish va uning samaradorligini oshirish 1. Ekspertlarni jalb qilgan holda Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimini kompleks rivojlantirish va toʻla miqyosda modernizatsiya qilish strategiyasi loyihasini,shu jumladan issiqlik taʼminoti sxemasi, issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish rejasi, mazkur strategiyani amalga oshirishni moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan holda ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Amalga oshirish shakli: strategiya loyihasi va tahliliy maʼlumotnoma 2020-yil 1-dekabr Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxoʻjayev), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), “Issiqlikelektrloyiha” AJ (kelishuv boʻyicha) 2. Energiya yoʻqotilishi manbalari va sabablarini aniqlash, shuningdek, energiya resurslaridan nooqilona foydalanishga barham berish maqsadida Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimini energetika tekshiruvidan (energiya auditi) oʻtkazish, shu jumladan: 2020-2021-yillar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi, Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari mablagʻlari Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxoʻjayev), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 2020-2021-yillarda issiqlik energiyasi manbalari kesimida issiqlik taʼminoti tizimini energiya auditidan oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish; 2020-yil 1-fevral issiqlik taʼminoti tizimini energiya auditidan oʻtkazish boʻyicha texnik talablarni ishlab chiqish; 2020-yil 1-aprel energiya auditi sohasida ixtisoslashgan tashkilotlarni belgilangan tartibda jalb qilish; 2020-yil 1-iyul energiya auditi yakunlariga koʻra energiya tejaydigan chora-tadbirlar boʻyicha takliflarni shakllantirish va ularni moliyalashtirish manbalarini belgilash. Amalga oshirish shakli: tashkiliy tadbirlar va kelgusida amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish energiya auditidan soʻng 20 kun ichida II. Issiqlik taʼminoti sohasida bozor mexanizmlarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish 3. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda Toshkent shahridaissiqlik taʼminoti sohasidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrish, shu jumladan: 2019-2020-yillar Tashabbuskorlar, talabgorlar va xususiy sheriklar mablagʻlari Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxoʻjayev), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), DXSHni rivojlantirish agentligi (Gʻ. Xoljigitov) loyihani amalga oshirish uchun issiqlik energiyasi manbalarining faoliyat hududini aniqlash, aniqlangan hudud boʻyicha ijtimoiy-iqtisodiy tahlil oʻtkazish; 2019-yil 10-dekabr loyiha tashabbusini ilgari surish, shu jumladan uning biznes-modelini ishlab chiqish va loyiha konsepsiyasini tasdiqlash; 2020-yil 1-fevral tenderni tashkil etish va oʻtkazish (ishtirokchilarning arizalarini baholash va gʻolibni aniqlash) yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tashabbuskor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish; 2020-yil 1-iyul gʻolib (tashabbuskor) bilan loyihani batafsil koʻrib chiqish, u bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzish va loyiha amalga oshirilishi boshlanishini taʼminlash. Amalga oshirish shakli: kompleks chora-tadbirlar 2020-yil 1-oktabr 4. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va uni yagona issiqlik taʼminoti tizimiga yetkazib berishni tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini oʻrganish, natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritish. Amalga oshirish shakli:takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma 2020-yil 1-sentabr - Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxoʻjayev), DXSHni rivojlantirish agentligi (Gʻ. Xoljigitov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev) III. Issiqlik taʼminoti sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish 5. Billing platformasining markazlashtirilgan operatorini yaratish hamda Toshkent shahri boʻyicha Kommunal xizmatlarni boshqarish markazi va kommunal korxonalarning billing tizimlari bilan integratsiyalashtirilgan Kommunal xizmatlar yagona billing tizimining toʻliq ishlashini taʼminlash. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar 2020-yil 1-iyul Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi, tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxoʻjayev), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 6. “Toshissiqquvvati” DUKda issiqlik energiyasi va issiq suvni nazorat qilish hamda hisobga olishning integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar rejasi Ishlab chiqish: 2020-yil 1-yanvar Amalga oshirish: 2020-2021-yillar davomida “Toshissiqquvvati” DUKning oʻz mablagʻlari Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxoʻjayev), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev) 7. Toshkent shahrida bosqichma-bosqich: markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimiga ulangan koʻp kvartirali uylarda issiqlikni hisobga oluvchi uylarning umumiy elektron asboblari; Ishlab chiqish: 2020-yil 1-yanvar Amalga oshirish: 2020 — 2024-yillar davomida Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi huzuridagi Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi, Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari mablagʻlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxoʻjayev), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) hisoblash asboblaridagi maʼlumotlarni issiqlik energiyasi hamda issiq suvni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga real vaqt (onlayn) rejimida uzatishni taʼminlaydigan issiq suvni hisobga oluvchi radiomodulli kvartira ichki elektron asboblari (“aqlli hisoblagichlar”) oʻrnatilishini tashkil etish boʻyicha tadbirlar rejasi hamda grafigini ishlab chiqish va amalga oshirish. Amalga oshirish shakli: tadbirlar rejasi va grafik xalqaro moliya institutlarining grant va kreditlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar 8. Ilgʻor xorijiy amaliyotni oʻrganish asosida kommunal xizmatlar uchun kombinatsiyalangan hisobvaraqlarni joriy etish imkoniyatlari va mexanizmlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. Amalga oshirish shakli:takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma 2020-yil 1-aprel - Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxoʻjayev), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)
Izoh: issiqlik taʼminoti sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda Toshkent shahar hokimligi mazkur qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan tadbirlarning bajarilishini xususiy sherik ishtirokida taʼminlash choralarini koʻradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4543-son qaroriga 3-ILOVA
2019 — 2022-yillarda Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimini isloh qilishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI
Ramatov Achilbay Jumaniyazovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari Ortiqxoʻjayev Jahongir Obidovich — Toshkent shahar hokimi, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari lavozim boʻyicha — iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari Tursunov Yorqin Ergashevich — moliya vazirining oʻrinbosari Djamalov Gʻofir Oribjanovich — uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining oʻrinbosari Xodjayev Sherzod Hikmatullayevich — energetika vazirining oʻrinbosari Xidoyatov Sherzod Saidjanovich — qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari Vafayev Shuxrat Abdusharifovich — investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari Umarov Olimjon Muxamadjanovich — axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Rajabbayev Sharof Raximberdiyevich — innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari v.b. Xoljigitov Gʻolib Ablakulovich — Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori Rahmonqulov Baxtiyor Tuganbayevich — Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi boshligʻi, Ishchi guruh kotibi
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
