92-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-585-son) · Sana: 02.12.2019 · Amalda
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari:
volontyorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
volontyorlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etadi;
volontyorlik faoliyati sohasidagi davlat maqsadli dasturlarini oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek davlat organlari bilan volontyorlik faoliyati sohasida hamkorlik qiladi.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari volontyorlik faoliyati sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini berishi mumkin.
