9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari
Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-585-son) · Sana: 02.12.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
volontyorlik faoliyati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
volontyorlik faoliyati sohasidagi davlat maqsadli dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini taʼminlaydi;
volontyorlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladi;
volontyorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishini yoʻnaltiradi va muvofiqlashtiradi;
volontyorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqadi;
volontyorlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga va tajriba almashishga koʻmaklashadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
